Psixologiyasi


ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom



Yüklə 53,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü53,97 Kb.
#158764
1   2   3   4   5   6   7
xrpt 5rvj0v2xtbmhggh7p6jllz688irybcs7uefu27hj8vse31bhvlt9ao69ymv1pevaj3vay4kvn42 (1)

ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom 
bo‘lishi uchun doim qayg‘urishimiz lozim.
I.Karimov
O‘zbekistonni butun jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni 
to‘g‘ri tarbiyalash muhim omillardan biri hisoblanadi.
“Kelajakda qanday yoshlar kerak?”, “Ularni qanday tarbiyalash 
lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar pedagogni tash-
vishga solib kelmoqda. Demak, ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyati eng 
avvalo pedagog shaxsi va uning mahoratiga bog‘liq. Kadrlar tayyor-
lash milliy dasturida belgilangan vazifani jamiyatda o‘qituvchi shaxsi 
va tarbiyachilik kasbining ijtimoiy mohiyatini keskin oshirib, peda-
gogika oldiga kasbiy pedagogik ishlab chiqarishni dolzarb muammo 
qilib qo‘ydi.
Hayotning hamma sohalari juda tez yuksalayotgan, fan va texnika 
misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda psi-
xologiya fanining taraqqiyot yo‘llari ila kelgusidagi rejalari haqidagi
masalalar kelib chiqishi tabiiy. Psixologiya o‘quv fan sifatida o‘qitish 
shakli va usullarining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya fa-
nining oldida turgan asosiy maqsad o‘quvchilarni o‘rta maxsus ta’limda 
hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek 
turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakl-
lantirish qonuniyatlari bilan, kasbiy malakalarni egallash xususiyat-
lari bilan tanishtirishdir. O‘quv fanini olib borishda vaqt cheklangan 
bo‘lib, bunda o‘quvchilar ortiqcha ma’lumotlar bilan band etilmay,
mustahkam ilmiy asosdagi bilimlar va muammolar bilan tanishtiriladi. 
O‘quv fanida bilimlar tuzilishi va ularni bayon etish shakllari boshqa-
cha bo‘lib, bu haqda Ushunskiy quyidagi 
fi
krni ilgari suradi: “Fanni 
ilmiy va pedagogik bayon etish – bu ikkita turli masalalar. Butun dun-
yoda pedagoglar ilmiy tizimlarni, pedagogika faniga qayta ishlash 
ustida faoliyat olib bormoqdalar”. O‘qish faoliyati bu – o‘quvchining 
nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan va 
fi
krlashning o‘sishini 
ta’minlaydigan faoliyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi.


4
Shunday ekan ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarida peda-
gogika yo‘nalishidagi mutaxassislar tayyorlash uchun tavsiya etildi. 
O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi 
bo‘limlaridan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim bo‘yicha ma’ruzalar, peda-
gogik texnologiyalar jadvallar asosida, amaliy va mustaqil topshiriqlar 
to‘liq ochib berilgan. Bundan tashqari o‘quvchilar bilimini tekshirish
uchun testlar variantlari ham berilgan.


5

Yüklə 53,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə