Mavzu: akmeolog akmeologik xizmatda faoliyat sub’ekti sifatida



Yüklə 0,79 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#147986
AKMEOLOG AKMEOLOGIK XIZMATDA FAOLIYAT SUB’EKTI SIFATIDA

MAVZU: AKMEOLOG AKMEOLOGIK XIZMATDA FAOLIYAT SUB’EKTI SIFATIDA


Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs – akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi.
Rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro dialektik munosabatlarini shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlari o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmov-chiliklarni keltirib chiqardi.
Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xususiyatlarini aniqlash hamda uning u yoki bu sohaga qiziqishini alohida organishga qaratilgan. Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning еtuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini o‘rganishi, y a’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo‘yib, bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir. Shu bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini kompleks tarzda o‘rganish y o‘lida еtarli emasligini alohida qayd etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Umuman olganda, hozifgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la o‘rganilmagan. «Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, inson-shunoslikdagi barcha tajribalardan o‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o‘quv jarayonining sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a’lo darajada bo‘lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi. Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi.
Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ta’limlashda sog‘lom ijtimoiy-axioqiy muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, ahloqan pok, intellektua еtuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlarni tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida acme shaxs qiyofasiga ahloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Demak, O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqliy, ma’naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarning faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib еtishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal davom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmohi lozim.
Umuman olganda, B.G.Ananevning fikriga ko‘ra, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bolishi mumkin». Va bularning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim.
Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixolog N.A.Ribnikov tomonidan ilk bor ilmiy muomalaga kintilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida rivojlanib boradigan, еtuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va sub’ektiv taraqqiyotida ko‘tarilib boradigan cho‘qqini ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar. Insoniyat tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish davrining akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z -o‘zini anglash tizimi va uning darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalarning turli-tumanligidadir. Bir soha akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar – astronomiya, matematika, meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog‘lanib ketdi. Ayrim manbalarda akmeologiya B.G.Ananev, V.M.Bexterev, V.N.Myasishev, E.S.Kuzmin, N.V.Kuzmina, N.A.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi fan, degan qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylaymiz. Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy - falsafly davrlar silsilasi bilan bog‘liq.
Ya’ni, akmeologik dunyoqarash qadimgi Yunoniston mutafakkirlari va zardushtiylik ta’limotining kitobi «Avesto», islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme» so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan, Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yolida ilm-bilim egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. «Barcha donish va hunarimng sarmoyasi – deydi Kaykovus, «adab, tavoze, hayo, pokdillik, beozorlik, sabr va matonatdir. Fazl egasi bo‘lay desang, so‘zlash va so‘zlashish san’atini egalla, chunki aql, idrok bilan aytilgan so‘z yoki harakat aql va hikmat ko‘zining surmasi va do‘sti yog‘idur». Bizningcha, ilm-bilim va hunar egallash eng zaruriy jihat bo‘lsa, ikkinchi muhim jihat – kishilar bilan doimiy muloqotda, munosabatda bolish har bir yoshdan ma’naviy, ahloqiy madaniyatni chuqur egallashni talab qiladi. Inson yoshi, vazifasi, faoliyatidan qa t’i nazar doimo insonlar orasida yashaydi, o‘qiydi va o‘z faoliyatini namoyon etadi. Chunki har kim ilm-hilim egasi bo‘Isa ham, o‘z. muomala, xattiharakati va odobida xato qilsa, saodatdan, boshqalar hurmatizzati, obro‘si va qadrlashdan mahrum bo iadi. Zero, mustaqil yurtimiz yoshlari yanada aqlli, dono, bilimdon, odobli, ijodiy va intellektual salohiyatga ega еtuk va mukammal shaxs bo‘lib еtishlihlari uchun, eng avvalo, o‘zlarida insoniy sifatlarni jo etmoqilari muhim.

Elektron ta’lim resurslari.


1.www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.edu.uz
4. www.ziyo.edu.uz
5. www.gov.uz
6. www.ziyonet.uz
7. www.istedod.uz
Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə