Psixologiyasi


Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   279
fayl 2074 20211106

1.Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha.

 

Psixologiyada  axloq  atamasidan  tur  va  inson  faolligi  darajasi,  uning  faoliyati, 



mushohadasi,  tafakkuri,  muloqoti  kabi  ko’rinishlari  bilan  bir  qatorda  belgilash 

uchun keng foydalaniladi, Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar XX asrning 

boshlarida  bioxevioristlar  uni  psixologiya  fanining  predmeti    deb  e’lon  qilgan 

vaqtdan boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. 

 Dastlab  axloq  tushunchasi  ostida  shaxsning  istalgan  tashqi  kuzatiluvchi, 

"rag’bat— reaksiya" sxemasi bo’yicha ishlaydigan reakqiyasini (harakatlanuvchan,   

vegetativ,  nutqiy)  tushundilar.  Empirik  ma’lumotlarning  to’planish  darajasi 

bo’yicha  asnosida  inson  axloqining  tabiati  yanada  chuqurlashdi.  1931  yilda  esa 

axloq psixologiyasining asoschilaridan biri Djon Uoxon axloq to’g’risida "tuxumni 

mahsuldor qilish lahzasida dunyoga keluvchi va organizmning rivojlanishi darajasi 

bo’yicha  yanada  murakkablashib  boruvchi  faollikning  uzluksiz  oqimi"  haqida 

gapirgan edi. 

Axloqning  zamonaviy  tushunchasi  tashqi  rag’batga  reaksiyalar  to’plami 

doirasidan ancha chetga chiqadi. Shunday qilib, psixologik lug’atda ko’rsatilishiga 

axloq "tirik mavjudotga xos bo’lgan, ularning ichki va tashqi faolligi vositasidagi 

atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirdir". 




 

  



Odamning tashqi faolligi ostida har qanday tashqi ko’rinish: harakat, faoliyat, 

muomala, mulohaza, vegetativ reaksiyalar tushuniladi. Quyidagilar axloqning ichki 

tarkibi bo’lib hisoblanadi:  motivatsiya va maqsad qo’yish, kognitiv ishlov berish, 

hissiy reaksiyalar, o’z-o’zini boshqarish jarayonlari. Kelgusi muhokamalarda axloq 

tushunchasi  ostida  biz  shaxsning  individual  xususiyatlari  va  shaxsning  tashqi 

harakat  hamda  muomalasi  shaklida  ifodalanuvchi  ichki  faolligi  bilan  bog`liq 

muhitdan  kelib  chiqqan  o’zaro  harakati  jarayoqatni  tushunamiz.  Ta’rifga  ega 

bo’lgach, o’rganilayotgan reallikning asosiy belgilarini ajratishga urinamiz. Inson 

axloqining bir muncha muhim xususiyatlaridan biri - bu uning o’z mohiyatiga ko’ra 

ijtimoiylashishi va u jamiyatda shakllanadi va amalga oshadi. 

 Inson axloqining boshqa muhim xususiyati - bu uning nutqiy boshqaruv va 

maqsad  qo’yishi  bilan  mustahkam  aloqasi  hisoblanadi.  Yaxlit  olganda  insonning 

axloqi  uning  ijtimoiylashuvi  jarayonini  -  jamiyatga  integratsiyasini  aks  ettiradi. 

Ijtimoiylashuv, o’z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy 

muhitga moslashishni ko’zda tutadi.  

Moslashuv  -  individuallashuv  jarayonlarining  nisbati  bo’yicha,  shuningdek, 

jamiyatda  shaxs  mavqei  yuzasidan  ijtimoiy  moslashuvning  quyidagi  variantlarini 

ajratish mumkin: 

 

radikal moslashuv  shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o’zgarishi orqali o’z-



o’zini ro’yobga chiqarishi

 



gipermoslashuv  -  shaxsning  o’z  oliy  yutuqlari  vositasida  ijtimoiy  hayotga 

ta’siri orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi; 

 

uyg’unlashgan moslashuv - shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga yo’nalishi 



vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarshi; 

 



konformistik  moslashuv  -  individuallikni  bostirish,  o’z-o’zini  ro’yobga 

chiqarishni birlashishi hisobiga; 

 

deviant  moslashuv  -  mavjud  bo’lgan  ijtimoiy  talab  (me`yor)  lardan  chetga 



chiqish vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarish

 



ijtimoiy-psixologik  moslashmaganlik  -  o’z-o’zini  ro’yobga  chiqarish  va 

moslashish jarayonlarini to’sish holati. 




 

Muayyan  inson  axloqida  ijtimoiylashuvning  istalgan  variantida  axloqning 



umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin: 

 



asoslanganlik  -  shaxsning  ehtiyojlari  va  maqsadlariga  yo’naltirilgan 

harakatlanishga ichki tayyorlik

 

o’xshashlik - aniq vaziyat bilan kelishish; 



 

moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqlik;  



 

haqqoniylik  -  individuallik  axloqining  mosligi,  uning  ushbu  shaxs  uchun 



tabiiy ekanligi; 

 



mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga oshirish.  

Shaxs  xulqining  shunday  belgalari  borki,  ular  anchagina  xususiy,  biroq  kam 

bo’lmagan ahamiyatga egadir: 

-

 



faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik); 

-hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlarning kuchi va xarakteri); 

-

 

jo’shqinlik; 



-turg’unlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko’rinishlarning doimiyligi); 

-

 



onglilik (o’z axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati); 

-

 



ixtiyoriylik (o’z-o’zini nazorat); 

-

 



egiluvchanlik (muxitaing o’zgarishiga javoban axloqni o’zgartirish). 


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə