Psixologiyasi


  Ijtimoiy  me`yor  va  ijtimoiy  og`ishish  hamda  og`ishgan  xulq



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   279
fayl 2074 20211106

5.  Ijtimoiy  me`yor  va  ijtimoiy  og`ishish  hamda  og`ishgan  xulq 

determinatsiyasi. 

Biz  uchun  muhim  bo’lgan  "shaxsning  og’ishgan  xulqi" 

tushunchasini  ta’riflashga  o’tishdan  oldin  biz  psixologik  ko’rinishlarni  baholash 

etalonini  berishimiz  lozim.  Ko’pgina  fanlarda  ko’rinishlarni  "me`yoriy"  va 

"anomal"ga bo’lish qabul qilingan. 



10 

 

J.Xodfruaning  haqqoniy  e’tirofi  bo’yicha  "Qanday  axloqni  me`yoriy  deb 



hisoblash  mumkin?"  degan  savol  inson  axloqini,  shu  jumladan,  oshgan  xulqni 

tushuntirish 

uchun 

markaziy 



hisoblanadi. 

"Normal", 

"anomal" 

axloq 


tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi chegara esa 

o’ta  noaniq.  Shunga  qaramay,  ilmda  va  kundalik  hayotda  ushbu  tushunchalardan 

birgalikda  foydalaniladi.  Bunda  normal  axloq  atamasi  ostida,  qoidadagidek, 

xafagarchshik  bilan  bog`liq  bo’lmagan,  shu  bilan  birgalikda,  ko’pchilik  odamlar 

uchun  xarakterli  bo’lgan  me`yoriy-ma’qullangan  axloq  tushuniladi.  Shunga 

o’xshash,  me`yoriy  axloqni  quyidagicha  bo’lish  mumkin:  me`yoriy-

ma’qullanmagan, patologik. 

"Me`yoriy"  deb  qatiy  mazmunda  ushbu  fanda  ayni  vaqtda  qabul  qilingan 

me`yor-etalonga  muvofiq  keluvchi  barcha  narsa  hisoblanadi.  Me`yorlarni  olish 

usullarini  ko’pincha  mezon  deb  ataydilar.  Eng  ko’p  tarqalgan  va  umumiy 

hisoblangan mezonlardan biri - populyatsiyada uchraydigan tez-tez takroralanishini 

hisoblash yordamida istalgan ko’rinish uchun me`yorni aniqlashga imkon beruvchi 

statistik  mezon  (usul)  hisoblanadi.  Matematik  statistaka  nuqtai  nazaridan  tez-tez, 

ya’ni  50%  foizdan  kam  bo’lmagan  holatlarda  uchraydigan  hamma  narsa 

me`yoriydir.  Me`yoriy  taqsimot  qonuniga  muvofiq  ravishda  2-3%  foiz  odamlar 

"me`yoriy"dan ikki tomon bo’yicha ko’pchilik muayyan bir sifat bo’yicha (intellekt, 

muloqotchanlik, hissiy turg’unlik) axloqning yaqqol buzilishiga, har ikki tomondan 

20 % foizi esa nisbatan katta bo’lmagan og’ishlarga ega.  

Shubhasiz, axloqning aniq shakli (masalan, chekish) me`yoriy qabul qilinishi 

mumkin,  qachonki  u  ko’pchilik  odamlarda  uchrasa.  Haqiqatan,  O`zbekistonda 

chekishni xulq og’ishishiga tegishli deyish o’rinsiz bo’lardi, sababi katta yoshli aholi 

o’rtasida chekuvchilar chekmaydiganlarga nisbatan ehtimol ko’proqdir. 

Statistik mezon ifodalanish va hayot uchun xatar darajasi bo’yicha axloqning 

sifat-miqdoriy  bahosi  bilan  uyg’unlashadi.  Masalan,  spirtli  ichimliklarni  iste’mol 

qilish aqlli chegaralarda (katta bo’lmagan doza va tezlikka) me`yoriy ko’rinish deb 

tan olinadi, biroq uni suiiste’mol qilish og’ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan 

odamning  o’zi  yoki  atrofdagilar  hayoti  uchun  to’g’ridan-to’g’ri  xavf  tug’diruvchi 



11 

 

axloq,  uning  tezligi,  ba’zan  esa  ifodalanganlik  darajasidan  qat`iy  nazar  og’ishish 



sifatida baholanadi, masalan, suitsid yoki jinoyat. 


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə