Psixologiyasi


 Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   279
fayl 2074 20211106

1. Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv.  

Gumanitar fanlar 

statistik  bilan  bir  qatorda  shaxs  axloqining  me`yoriyligi  nome`yoriyligini 

baholashning  maxsus  mezonlaridan  ham  foydalaniladi  ammo  ularni  quyidagicha 

taxlil qilamiz: psixopatologik, ijtimoiy-me`yoriy va individual-psixologik. 

1.Psixopatologik  mezon

lardan  tibbiyotda  foydalaniladi.  Uni  shaxsning 

og’ishgan  xulqi  va  boshqa  sohalarda  qo’llashga  qiziqtiradigan  narsa  mavjud. 

Ehtimol, bu deviant xulq tadqiqotlarining an’anaviy ravishda klinik sharoitlarda olib 

borilishi  bilan  bog’liqdir,  medikamentoz  terapiya  esa  bunday  holatlarda  keng 

tarqalgan edi. Psixopatologik mezon nuqtai nazaridan barcha axloqiy ko’rinishlarni 

ikkiga: "sog’lik — kasallik" ma’nosida me`yoriy va patologiyaga ajratish mumkin. 



12 

 

Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nizomida sog`lik "kasallik va jismoniy 



nuqsonlarning yo’qligi sifatidagina emas, balki to’liq jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy 

farovonlik holati" sifatida ta’riflanadi.  

Kasallik  -  "organizmning  tuzilmasi  va  funksiyasidagi  zararlar  uning 

to’ldiruvchi-moslashuvchi  mexanizmlarida  sifatli-o’ziga  xos  shaklida  reaktiv 

mobillashuv  davrida  ichki  va  tashqi  omillar  ta’siri  ostida  o’z  oqimida  buzilgan 

hayot;  kasallik  ko’pincha  bemor  hayotiy  faoliyatida  ozodlikning  cheklanishi  va 

muhitga  moslashuvning  umuman  yoki  qisman  susayishi  bilan  xarakterlanadi". 

Bunda patologiya - tibbiy me`yorlar mazmunida "me`yordan har qanday og’ishdir". 

Yoki  boshqacha  aytganda  "bu  aniq  nozologik  birliklarning  umumiy  nomi",  ya’ni 

kasallik va uning belgilari tasnifida sanab o’tishgan holatlardan biriga mos tushadi. 

Kasalliklar  tasnifida  og’ishgan  xulq  alohida  fiziologik  birlik  sifatida 

ajratalmagan,  shubhasiz,  u  na  patologiyaning  shakli,  na  qat’iy  belgilangan  tibbiy 

tushuncha  hisoblanadi.  Ayni  damda  og’ishgan  xulq  me`yor  va  xarakter 

aksentuatsiyasi,  vaziyatli  reaktsiya,  rivojlanishning  buzilishi,  kasallik  oldi  kabi 

patologiya  o’rtasida  yotuvchi  ko’rinishlar  qatorida  keng  ko’rib  chiqiladi.  Sanab 

o’tilgan  shakllar  muammoning  xarakteri  bilan  uyg’unlashgan  murakkabliklar  va 

tashxisiy  belgilarning  noaniqligi  bilan  xarakterlanadi.  Masalan,  "xarakter 

aksentuatsiyasi - bu uning me`yorida boshqalarga nisbatan yaxshi va hatto ko’tarinki 

mustahkamlikda  psixogen  ta’sirlarning  muayyan  turiga  munosabatda  tanlangan 

zaiflik  ma’lum  bo’ladigan  alohida  chiziqlari  o’ta  kuchaytirilgan  oxirgi  variant.  

Ma’lumki,  qator  holatlarda  aksentuatsiya  qonunga  qarshi  harakat,  suisidal  axloq, 

giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi og’ishgan xulq bilan uyg’unlashadi. Ayni 

damda  aksentuatsiyalangan  xarakterli  ko’pchilik  odamlarning  axloqi  og’ishgan 

hisoblanmaydi.  

K.Leongardning fikriga ko’ra rivojlangan davlatlarda aholining 50 % foiziga 

aksentuatsiya xosdir. Bunda ularning ko’pchilik qismi me`yoriy axloqni namoyish 

qiladi  va  hatto  jamiyat  oldida  alohida  xizmatlarga  ega.  Shunga  o’xshash  psixik 

patologiya  (psixopatiya,  nevrozlar,  psixozlar  va  h.k.)  sohasidagi  istalgan  izdan 

chiqish  har  doim  ham  og’ishgan  xulq  bilan  bog’liq  emas.  Ba’zi  holatlarda  psixik 



13 

 

kasalliklar patogen moslashmaslikni keltirib chiqargan holatda axloqiy buzilishlar 



bilan  birga  borishi  mumkin.  Psixik  parokandalikning  boshqa  holatlarida    axloqiy 

og’ish bo’lmaydi. 




Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə