Psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   279
fayl 2074 20211106

moslashmaganlik 

-  bu  shaxsiy  ahamiyatli  bo’lgani  kabi  muhit 

talablarini qabul qilish va bajarishga shuningdek, o’z individualligini aniq ijtimoiy 

sharoitlarda  ro’yobga  chiqarishning  sust  layoqat  holati.  Moslashmaganlikning 

ijtimoiy  va  individual  ko’rinishlarini  ajratish  mumkin.  Moslashmaganlikning 

ijtimoiy ko’rinishlari quyidagilar hisoblanadi: 

-  past o’zlashtirish, o’z mehnati   bilan  mablag’ ishlab topishga layoqatsizlik; 

- hayotiy  muhim sohalarda surunkali yoki  yaqqol ifodalangan omadsizlik (oilada, 

ishda, shaxslararo munosabatlarda, sog’likda;) 

- qonun bilan nizolar; 

- yakkalanib qolish. 



14 

 

Moslashmaganlikning  individual  ko’ripishlari  sifatida  quyidagilarni  ko’rib 



chiqish mumkin: 

-  ijtimoiy  talablarga  munosabati  yuzasidan  salbiy  ichki  tartib  (ular  bilan 

kelishmaslik, tushunmaslik, norozilik, qarshi harakat); 

- o’zining mas’uliyatidan qochishga intilishida atrofdagilarga qat’iy e’tiroz bildirish, 

egosentrizm; 

- surunkali xissiy noqulaylik; 

- o’z-o’zini boshqarishning besamaraligi; 

- janjalkashlik va kommunikativ ko’nikmalarning zaifligi; 

- reallikni kognitiv buzib ko’rsatish. 

Odam  turlicha  tuyg’ularni  -  yengil  xavotir  va  o’ziga  ishonchsizlikdan  tortib, 

chidab bo’lmas darajadagi nochorlik, qo’rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan 

kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi 

o’rtasida bo’linishi yuzaga kelishi mumkin. 


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə