Psixologiyasi


  Og`ishgan  xulqning  psixodinamik  jihatlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   279
fayl 2074 20211106

2.  Og`ishgan  xulqning  psixodinamik  jihatlari. 

Shaxsning  og’ishgan 

xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu 

xulqni  boshqa  fenomenlardan  farqlashda,  shuningdek,  aniq  bir  odamda  uning 

mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bersin. 

1.  Shaxsning  og’ishgan  xulqi  -  bu  umumqabul  qilingan  yoki  rasman 

o’rnatilgan ijtimoy me`yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu 

harakat  mavjud  qonunlar,  qoidalar,  ana’analar  va  ijtimoiy  buyruqlarga  mos 

tushmaydi. Deviant axloqni me`yordan og’ishgan axloq sifatida aniqlaganda shuni 

esda  tutish  kerakki,  ijtimoiy  me`yorlar  o’zgaradi.  Bu,  o’z  navbatida,  og’ishgan 

xulqqa tarixan o’tkinchi xarakterni beradi. Shubhasiz, deviant axloq - bu har qanday 



16 

 

me`yor  emas,  balki  ushbu  jamiyat  uchun  shu  vaqtda  bir  muncha  muxim  bo’lgan 



ijtimoiy me`yorning buzilishidir. 

2. Shaxs va deviant axloq, uning namoyon bo’lishi boshqa odamlar tomonidan 

salbiy baholanadi, salbiy  baho jamoatchilik muhokamasi yoki ijtimoiy sanksiya, shu 

jumladan,  jinoiy  jazo  shakliga  ega    bo’lishi    mumkin.    Dastavval,  sanksiyalar   

istalmagan   axloqning oldini  olish vazifasini bajaradi. Biroq boshqa tomondan ular 

shaxs  stigmatizatsiyasi  -unga    tamg’a  bosish  kabi  salbiy  ko’rinishga  olib  keladi. 

Masalan,  jazo  muddatini  o’tab,  "me`yoriy"  hayotga  qaytgan    odamning 

moslashuvdagi  qiyinchiliklari  yaxshi  ma’lum.  Insonning  yangi  hayot  boshlashga 

intilishi ko’pincha atrofdagi odamlarning ishonmasligi va ularni rad etish natijasida 

barbod bo’ladi.  Deviant  (giyohvand,  jinoyatchi, o’z  joniga  qasd qiluvchi va h.k.) 

tamg’asi  sekin-asta  deviant  barobarlikni  (o’z~o’zini  his  qilish)  shakllantiradi. 

Shunday  qilib,  axmoqona  shuhrat  xavfli  yakkalanishni  kuchaytiradi,  ijobiy 

o’zgarishlarga  to’sqinlik  qiladi  va  deviant  axloqning  takrorlanishini  keltirib 

chiqaradi. 

3.  Og’ishgan  xulqning  xususiyatlari  shaxsning  o’zi  yoki  atrofdagilarga 

ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. 

Bu mavjud tartibning noturg’unligi,  ma’naviy va  moddiy zarar keltirish, jismoniy 

zo’rlik  va  dard-alam  yetkazish,  sog’ligining  yomonlashishi  bo’lishi  mumkin. 

Deviant  axloq  o’zining  eng  keyingi  ko’rinishlarida  hayot  uchun  bevosita  xavf 

tug’diradi,  masalan,  suitsidal  axloq,  zo’ravonlik  jinoyatlari,  "og’ir"  giyohvand 

moddalar  iste’mol qilish. Zararning psixologik markeri o’sha odamning o’zi yoki 

uning atrofidagilarning aziyat chekishidir. Ushbu belgi shaklidan  - destruktiv yoki 

autodestruktiv  bo’lishidan  qat’i  nazar  og’ishgan  xulqning  parchalovchi  ekanini 

bildiradi. Bizning nazarimizda radikallik, kreativlik va orginallik kabi yaqin ijtimoiy 

ko’rinishlar og’ishgan xulq bo’la olmaydi va ushbu belgini qoniqtirmaydi. Garchi 

ular  ham  umumqabul  qilingan  me`yorlardan  cheklanib,  aholining  konservativ 

holatga mayli bo’lgan qismida g’ashlik uyg’otsa-da, bu fenomenlar jamiyat uchun 

xatardan  ko’ra  foydaliroqdir.  Xullas,  radikal  moyil  bo’lgan  shaxslar  jamiyatni 




17 

 

tubdan  yangilashni maqsad  qiladilar, bu esa  ularda  istiqbolli  o’zgarishlarga  sabab 



bo’ladi.  

 Kreatorlar nostandartligi bilan farqlanib, tadqiqotchilar va ilk kashfiyotchilar 

sifatida chiqadilar. Marganallar ijtimoiy  me`yorlarning chegaralarini kengaytirgan 

holda  o’zlarini  ko’pchilikka  qarshi  qo’yadilar.  Sanab  o’tilgan  fenomenlar 

uyg’unlashishi  mumkin.  Masalan,  ko’chada  o’smirlar  axloqi  barcha  uchta 

tendensiyani o’zida aks ettiradi. Pirsing, tatuirovka yoki hatto chandiq bilan tajriba 

o’tkazgan o’smirni, albatta, deviantlar guruhiga kiritish mumkin emas. Biroq geroin, 

psixotrop  dori  vositalarini  iste’mol  qiluvchi  o’smir  hayot  uchun  yuqori  xatarli 

og’ishgan  xulqni  yaqqol  namoyish  qiladi.  Shunday  qilib,  og’ishgan  xulq  o’z 

mohiyati bo’yicha destruktivdir. 

4. Ko’rib chiqilayotgan axloqni muhim takrorlanuvchi (ko’p marotaba yoki 

uzoq  muddatli)  deb  xarakterlash  mumkim.  Agar  etti  yoshli  bola  ota-onasidan 

so’ramay  shirinliklar  uchun  uncha  katta  bo’lmagan  mablag’ni    olgan  bo’lsa,   

kelgusida    ijtimoiy  tartibni  buzmasa,  ushbu  axloqni  og’ishgan  sifatada  ta’riflash 

odobdan bo’lmaydi. Aksincha, o’smir tomonidan sistemali tarzda anglangan holda 

pul o’g’irligi sodir etilsa - bu og’ishgan xulq shakllaridan biri hisoblanadi. Boshqa 

tarqalgan  misol:  hodisalar  qatorida  spirtli  ichimlik  iste’mol  qilish  to’liq  yo’l 

qo’yilgan yoki hatto foydali deb tan olinadi. Ushbu qoida istisnoga ega.  Masalan, 

hatto  bir  martalik  suitsidal  urinish  jiddiy  xavf  tug’diradi  va  shaxsning  og’ishgan 

xulqi sifatida baholanishi mumkin. 

5. Axloqni og’ishgan deb kvaliffikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy  

yo’nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati 

(masalan,  jarohatdan  keyingi  sindrom  doirasidagi  axloq),  krizisli  vaziyat  oqibati 

(masalan, yaqin odamining o’limi tufayli birinchi oy davomidagi qayg’u reaksiyasi) 

yoki  o’z-o’zini  muhofazalash  oqibati  (masalan,  hayot  uchun  real  xavfning 

mavjudligida) bo’lmasligi lozim. 

6.  Og’ishgan  xulqning  xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u  tibbiy 

me`yorlar  chegarasida  ko’rib  chiqshadi.  U  garchi  patologik  holat  bilan 

uyg’unlashsa-da,  psixik  kasalliklar  yoki  patologik  holat  bilan  tenglashtirilmasligi 



18 

 

darkor. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik axloqiga o’rin 



bor.  Patologik  axloq  tibbiy  me`yorlardan  og’ishadi,  birinchi  darajasi  tibbiy 

aralashuvni talab qiladi va psixiatriyada, masalan, psixik kasallarning deviant axloqi 

sifatada  o’rganiladi.  Patologik  axloq  kasallik  holati  ta’siri  ostida  shaxsning  o’z 

harakatlarini  anglash  va  nazorat  qilish  qobiliyati  ahamiyatli  tarzda  pasayishini 

nazarda  tutadi.  Ayni  damda  muayyan  sharoitlarda  og’ishgan  xulq  patologik 

kasallikka o’tishi mumkin. Masalan, muhtoj bo’lib qolgan axloq tizimli kasallikka 

o’sib o’tishi mumkin - piyonistalik, giyohvandlik. Shunday qilib, og’ishgan xulqli 

shaxs  "sog’liq  -  kasallik  oldi  -kasallik"  psixopatologik  o’g’ishida  istalgan  joyni 

egallashi mumkin. 

7.  Og’ishgan  xulqning  xususiyatlaridan  biri  u  ijtimoiy  moslashganlikning 

turlicha  ko’rinishlari  bilan  birga  boradi.  Ushbu  axloq  kasallik  yoki  o’limga  olib 

kelishi  shart  emas,  biroq  u  tabiiy  sur’atda  ijtimoiy  moslashmaganlik  holatani 

uyg’otadi yoki kuchaytiradi. Moslashmaganlik   holati,   o’z   navbatida, shaxsning 

og’ishgan xulqining sababi bo’lishi mumkin. 

8.    Og’ishgan  xulqning  oxirgi  belgisi  sifatida  uning  ifodalangan  individual    

va    yoshga xos xususiyatlarining  o’ziga  xosligini ta’kidlash mumkin.  Og’ishgan 

xulq    dastavval,    shaxsning  jamiyatda  tashqi  mavjudligini  aks  ettiradi.  U  "ichki" 

jihatdan o’ta turli-tuman bo’lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil 

odamlarda  turli  yoshda  turlicha  ko’zga  tashlanadi.  Odamlarning  individual 

farqlanishi axloq sabablari, ko’rinish, dinamika shakllari, ifodalanganlik tezligi va 

darajasiga daxl qiladi. Masalan, deviatsiya shakli va uning ifodalanganlik darajasi 

shaxsning og’ishgan xulqini bir  muncha  yaqqol  tavsiflash hisoblanadi.  Ular  to’la 

beozor ko’rinishdan shaxsning hayotiy faoliyatini total buzilishigacha o’zgartirishi 

mumkin. 


Boshqa muhim individual xususiyat odamning og’ishgan xulqni qanday- o’zi 

uchun begona, istalmagan xulq sifatidami, vaqtinchalik qoniqtiruvchi yoki oddiy va 

maftunkor xulq sifatida qarashiga taalluqli. Shaxsning og’ishgan xulqqa munosabati 

(shaxsiy nuqtai nazari) ko’p holda uning taqdirini belgilaydi. 




19 

 

Deviant axloqning yosh va jinsiy farqlanishi garchi asosiy mavzularni ko’rib 



chiqishda  inobatga  olinsa-da,  bizning  ta’limotimiz 


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə