Psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   279
fayl 2074 20211106

3.

 

 Individual-psixologik  mezon

  har  bir  shaxs,  uning  individualligini, 

o’sib boruvchi barcha qadriyatlarini aks ettiradi. Ushbu mezonga muvofiq, insonga 

qo’shilgan zamonaviy talablar uning ijtimoiy farmoyishlarni bajarishga qobiliyatini 

cheklamaydi,  biroq  shaxsning  o’z-o’zini  anglashi  va  o’ziga  xosligini  ham  ko’zda 

tutadi. Shu bilan bog’liq ravishda bizning zamonda shaxsning eng muhim sifatlari 

deb  quyidagilarni  aytish  mumkin:  tashqi  olam  va  o’ziga  nisbatan  uning  ichki 

pozitsiyasi,  qaror  qabul  qilish  va  tanlash  layoqati,  shuningdek,  shaxsiy  axloqiga 

ma’suliyti, ijtimoiy borliqda o’z o’rnini topishi va shaxsiy potensialning o’z-o’zini 

ro’yobga  chiqarishi  undagi  individual  rivojlanishning  yetakchi  vazifasi  deb  tan 

olinadi.  Bizning  ta’limotimiz  predmeti  shaxsning  shunday  axloqiy  aspektiki,  uni 

og’ishgan  xulq  sifatida  tasniflash  mumkin.  Og’ishgan  xulq  psixik  fenomenlar 

qatorida  o’zining  shaxsiy  o’rnini  egallaydi.  U  psixik  kasalliklar,  patologik  holat, 

nevrozlar, psixosomatik parokandalik va boshqa kabi ko’rinishlar qatorida mavjud. 

Ushbu  fenomenlar  tibbiy  me`yorlar  nuqtai  nazaridan  "sog’liq  -  kasallik  oldi  — 

kasallik" o’zida ko’rib chiqiladi. Shaxsning og’ishgan xulqini, bizning nazarimizda, 

psixopatologiya  nuqtai  nazaridan  ko’rib  chiqish  ma’nosizdir.  Og’ishgan  xulq 



15 

 

"ijtimoiylashuv  ~  moslashmaganlik  -  yakkalanish"  o’zida  shaxsning  ijtimoiy-



psixologik maqomini aks ettiradi. 

Ma’lumki, maxsus adabiyotlarda "og’ishgan xulq" atamasi ko’pincha deviant 

axloq (yechgalo - lotin tilida og’ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi. Kelgusida biz 

o’zaro  bir-birining  o’rnini  to’ldiruvchi  sifatida  har  ikkala  atamani  qo’llaymiz  - 

"og’ishgan", "deviant", bunda birinchi atama aniq va o’rganilgan bo’lgani sababli 

afzal ko’riladi. 

O’rganilayotgan  tushunchaning  yaqqol  ko’rinib  turgan  murakkabligiga 

hammadan avvalo, uning fanlararo xarakteri sababdir. Hozirgi vaqtda atamadan ikki 

asosiy mazmunda foydalaniladi. Deviant axloq "rasman o’rnatilgan yoki haqiqatda 

ushbu  jamiyatda  yuzaga  kelgan  me`yorlarga  mos  kelmaydigan  muomala,  inson 

harakati"  ma’nosida  psixologiya,  pedagogika  va  psixiatriyaning  predmeti  sifatida 

yuzaga chiqadi.  "Inson faoliyatining ommaviy va mustahkam shakllariga nisbatan 

ifodalanuvchi  va  rasman  o’rnatilgan  yoki  ushbu  jamiyatda  haqiqatda  mavjud 

bo’lgan  me`yorlar  va  umidlarga  mos  tushuvchi  ijtimoiy  ko’riniish  ma’nosida  u 

sotsiologiya, huquq, ijtimoiy psixologiyaning predmeti hisoblanadi. Ushbu ishda biz 

og’ishgan xulqni birinchi aspektdagi afzalligida - individual faollikning ko’rinishi 

sifatida  ko’rib  chiqamiz.  Tushunchani  ta’riflash  ko’rinishning  muhim  belgilarini 

ajratishni ko’zda tutadi.  




Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə