Psixologiyasi


konstitutsional xususiyatlarga



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/279
tarix11.02.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#83668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279
fayl 2074 20211106

konstitutsional xususiyatlarga

 e'tiborni qaratdilar.  

 V - XIX asrda italyan  shifokor-psixiatri va kriminalist Chezare Lombrozo 

(1836-1909) insonning jinoiy axloqini uning anatomik qurilishi bilan bog’laydigan 

biosotsiologik nazariyani taklif qildilar. Quyidagilarga diqqat bilan qaragan e'tibor 

ob'yekti  bo`lib  hisoblanadi:  bosh  suyagi,  miya,  burun,  quloq,  sochning  rangi, 

tatuirovka,  xusnixat,  terining  ta'sirchanligi,  jinoyatchining  psixik  xususiyatlari. 

Antropometrik usuldan foydalanib, tadqiqotchi “tug’ma jinoiy tur”ning taxminan 37 

tavsifnomasini  ajratdi,  ularning  ichida:    juda  katta  pastki  jag’,  yalpaygan  burun, 

siyrak  soqol,  quloqning  o`sib  ketgan    solinchog’i    Ch.  Lombrozoning  nazariyasi 

garchi tarixga ilmiy fikr bo`lib kirgan bo`lsa-da, biroq keyinroq ilmiy  asossiz deb 

tan olindi.   

Ushbu  yo`nalishning  boshqa  yorqin  vakili  bo`lib,  temperament  (va  axloq) 

turlari, shuningdek, insonning somatik qurilishi tiplari orasidagi aloqani asoslagan  

amerikalik  shifokor  va    psixolog  Uilyam  Sheldon  (1898-1984)  chiqdi.  Tana 

tuzilishining  uchta  yetakchi  turi:  endomorfli,  mezomorfli,  ektomorfli  – 

temperamentning uchta tipi bilan korrelyatsiyalanadi: vistserstoniya, somatotoniya, 

serebrotoniya. Ularning uyg’unlashuvini aniq psixotip belgilarni beradi.  Masalan, 

somatotoniya  uchun  qoniqishga  ehtiyoj,  energiyalilik,  hukmronlik  va  hokimlikka 

intilish,  xatarga,  tajovuzkorlikka,  ta'sirlanmaslikka  moyillik  kabi  chiziqlar 

xarakterli.  Aksincha,  serebrotoniyada  vazminlik,  ta'sirchanlik,  sotsiofobiya, 

yolg’izlikka moyillik kuzatiladi. 

Biologik  nazariyalar  orasida  alohida  o`rinni  tabiiy  tanlov  va  naslchilik 

qonunlariga  asoslangan  bo’lib,  bu  Charlz  Darvin  tomonidan  taklif  qilingan 

evolyutsion  yondoshuvni  egallaydi.  Evolyutsion  yondoshuv  tarafdorlari  bu 

yondoshuv  tanqidchilari  hayvonlar  axloqining  qonunlarini  inson  psixologiyasiga 

o`tkazishni  asossiz  deb  hisoblagan.  Bir  vaqtda  insoniy  axloqning  turlicha 

aspektlarini nasliy dasturlarning turli ko`rinishlari sifatida  ko`rib chiqadilar.  




22 

 

Darvin g’oyalarini riojlantiruvchi Konrad Lorentsning (1903-1989) etologik 



yondoshuvi  inson  axloqining  turli  fenomenlarini,  masalan,  tajovuzkorlikni, 

avvalambor,  yashash  uchun  kurashning  tug’ma  instinkti  deb  tushuntiradi. 

«Ko`rinishi ko`pincha o`lim instinkti ko`rinishlari bilan o`xshash tajovuzkorlik – bu 

xuddi boshqa instinktlar kabi bo`lib, bu ham ular kabi hayot va turni saqlab qolishga 

xizmat  qiladi».  Ushbu  instinkt  evolyutsiya  davomida  biologik  jihatdan  maqsadga 

muvofiq sifatda rivojlandi.  

Tadqiqotchilarning  fikriga  ko`ra  tajovuzning  kuchi  tajovuzkor  axloqni 

uloqtirib  yuboruvchi  yiqilib  qolgan  tajovuzkor  energiya  va  kuchning  maxsus 

rag’bati miqdoriga bog’liq. Odamlarda hayvonlardan farqli ravishda o`z shaxsiy turi 

vakillariga nisbatan zo`ravonlik keng tarqalgan. 

 

Tajovuzkorlik barcha oliy mavjudotlar uchun instinktiv ravishda shartlangan 



tug’ma  xususiyat  hisoblanishini  tasdiqlab  va  ko`plab  ishonchli  misollarda  buni 

isbotlab K. Lorents quyidagi xulosaga keladi: «Bizda ichki tur tajovuzini insoniyatga 

madaniy-tarixiy va texnik rivojlanishning zamonaviy sharoitida bir muncha jiddiy 

xavf  deb  hisoblashga    jiddiy  asos  bor».  Inson  axloqi  biologik  determinantining 

zamonaviy  tadqiqotlari  bir  necha  sohalarda:  biologiya,  tibbiyot,  kriminologiya, 

fiziologiya va ayniqsa genetikada faol amalga oshirilmoqda. 

Psixogenetika  rivojlanishining  boshlanishi  XIX  asrning  mashhur  olimlari 

Frensis  Gal`ton  (1822-1911)  va  Gregor  Mendel  (1822-1884)  nomi  bilan  bog’liq. 

1865  yili  ular  psixogenetika  yoki  yevgenika  sohasida  dastlabki  tadqiqotlarining 

natijalarini nashr qildilar. Keyingi yillarda F.Galton egizakli va statistik usuldan ilk 

bor  foydalangan  holda  individual  farqlarni  tizimli  o`rganishni  olib  bordi.  Uning 

ishlari  aqlning  nasliy  determinanti  bo`yicha  ko`plab  tadqiqotlarni  boshlab  berdi. 

Shaxsiy tavsifnomalar va axloq hiyla kam darajada o`rganildi.  

Dunyoning  ko`pgina  davlatlarida  olib  borilgan  ekstraversiya  va  neyrotizm 

tadqiqotlari  ko`p  bo`lmagan  istisnolardan  biri  hisoblanadi.  Masalan,  Amerika, 

Avstraliya  va  Yevropada  (1992)  shved  olimi  Nensi  Peterson  tomonidan  qabul 

qilingan  ko`ndalang  kesim  usulida  15  ming  qarindosh  juftliklarni  o`rganish  ikki 

asosiy xulosaga kelish imkonini berdi: 




23 

 



 

neyrotizm  va  ekstraversiya  xususiyatlari  barcha  ontogenez  davomida 

genetik shartlanganlik bilan xarakterlanadi;  

 



yosh  kattalashish  bilan  nasllilik  ko`rsatkichi  pasayadi  (ayniqsa, 

neyrotizm holatida). 

Modomiki, neyrotizm va ekstraversiya inson axloqining turli ko`rinishlariga 

ta'sir  ko`rsatarkan,  demak  og`ishgan  xulqni  genetik  shartlangan  deb  hisoblash 

mumkin.  

 G.Ayzenk fikrlariga ko’ra, mahkumlarning individual-tipologik xususiyatlari 

bilan aloqani o`zganib, xulosa qildiki, ekstravertlar introvertlarga qaraganda jinoyat 

qilishga  moyildirlar,  uning  fikricha,  biologik  jihatdan  determinant.    Boshqa 

tadqiqotchilar  kimyoviy  bog’liqlik  va  yuqori  ta'sirchalik  va  stressni  boshdan 

kechirishga  pasaygan  qobiliyat  kabi  tavsifnomalar  o`rtasidagi  mustahkam  aloqani 

ta'kidlaydilar. 

Biokriminologiya  doirasida  deviant  (jinoiy)  axloq  va  odamning  nasliy 

xususiyatlari  o`rtasidagi  aloqani  o`rnatishga  bo`lgan  maqsadga  yo`naltirilgan 

urinishlar qilindi. Ushbu aloqaning isbotlaridan biri XX asr 60-yillarining o`rtalarida 

U.  Pirs  olib  borgan  genetik  tadqiqotlar  natijasi  hisoblanadi.  Uning  tadqiqotlari 

erkaklarda  ortiqcha  7-xromosomaning  mavjudligi  ularning  jinoiy  axloqqa 

(maxkumlar  orasida  bunday  anomaliya  odatdagidan  15  marta  ko`p  namoyon 

bo`ladi) moyilligi borligini aniqlaydi degan xulosaga olib keldi.  Bir vaqtning o`zida 

ushbu  yondoshuv  tanqidchilari  ortiqcha  7-xromosoma  tashuvchi  deviantlik 

xromosomalar anomaliyasining oqibati emas, balki u bilan bog’liq bo`lgan baland 

bo`y, tez yetilish, past intellekt kabi individual xususiyatlar bo`lishi ham mumkin. 

Axloqning  hali  aniqlanmagan  qandaydir  aniq  ko`rinishiga  javob  beruvchi 

genga  qaramay,  nasliylik  va  axloq  o`rtasidagi  korrelyatsiyani  ko`pchilik 

mutaxassislar  tan  olmoqdalar.  Og`ishgan  xulqning  boshqa  biologik  determinanti 

orasida garmonlar ta'siri (shu jumladan,  testosteron) ni aytishadi.  

Dabbs va Morris (1990) 4 ming nafar urush veteranlari misolida testosteron 

darajasi  va  jamiyatga  qarshi  axloqqa  moyillik  o`rtasida  aloqaning  mavjudligi 

haqidagi xulosaga kelishdi. 




24 

 

Deviant  axloqning  boshqa  biologik  omillari  quyidagilar  bo`lishi  mumkin. 



Bosh miyaning lat yeyishi (ayniqsa, peshona qismi), miyaning organik kasalliklari, 

asab  tizimining  muayyan  xususiyatlari,  ma'lumki,  asab  tizimlari  xususiyati  inson 

temperamenti  uning  psixik  hayotini  dinamik  tashkil  etuvchilarni  aniqlaydi.  Nyu-

York longityud tadqiqoti  shuni ma’lium qiladiki, bolalar hayotining birinchi yilini 

hayotning  birinchi  oylarida  yetakchi  rolni  prenatal  sharoit  va  tug’ilishning 

xususiyatlari kabi omillar muhim degan xulosa qilishga imkon berdi.  

Dinamik  tavsifnomalar  (ya'ni  temperament)  muhitida  genetik  berilgan 

individuallik  taxminan  9-oydan  boshlab  namoyon  bo`ladi.  Bola  axloqining 

dinamikasini  ifodalovchi  9  ta  komponentga  ajratildi:  faollik;  fiziologik 

reaktsiyalarning ritmliligi; paydo bo`lgan raqobatlarga javob tariqasida yaqinlashish 

yoki  uzoqlashish  reaktsiyasi;  yangi  vaziyatga  moslashuv;  har  qanday  belgining 

hissiy  reaktsiyaga  jadalligi;  reaktivlik  ostonasi;  ustunlik  qiluvchi  kayfiyat; 

chalg’iganlik;  e'tiborni  saqlashda  qat'iylik  va  davomlilik.  “Og’ir  temperament 

sindromi”  ajratildi.  Uning  belgilari  quyidagilar  hisoblanadi:  past  ritmlilik,  salbiy 

kayfiyatga ega bo`lish, zaif reaktsiya, yomon moslashuv va reaktsiyalarning yuqori 

jadalligi. Bu sindrom hayotning birinchi yillarida mustahkam ekan. 

A.Torgersenning  egizakli  tadqiqoti  ma'lumotlari  bo`yicha  6  yoshda  og’ir 

temperamentning beshta komponentlaridan uchtasi yuqori genetik tashkil etuvchiga 

ega: 



 



zaif reaktsiya,  

 



reaktsiyalarning yuqori jadalligi, 

 



past ritmlilik.  

Bir  vaqtda  yomon  moslashuv,  ayniqsa,  umumoilaviy  muhitda  belgilanadi, 

salbiy  kayfiyat  esa  –  individual  muhitda  (garchi  nasllilik  ham  qayd  qilinsa-da) 

yuzaga keladi.   

Umuman olganda zamonaviy bilimlarda aytilishicha, og`ishgan xulqning aniq 

shakli  emas,  deviantlikning  shakllanish  ehtiromini  kuchaytiruvchi  muayyan 

individual-tipologik  xususiyatlar,  masalan,  impulsivlik  yoki  sardorlikka  intilish 



25 

 

nasldan naslga o`tadi.  Faqat biologik omillar nuqtai nazaridan axloqiy deviatsiyani 



tushuntirishga urinish ko`pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 

 K.Lyuis  hamkasabalari  bilan  bolalarning  xavfli  axloqi  omillarini  o`rganib, 

garchi asab tizimlarining buzilishi yetarlicha tez-tez uchrasa-da, bolaning zo`ravon 

axloqi  ota  tomonidan  onaga  nisbatan  zo`ravonlik  harakati  yoki  onaning  psixik 

kasalligi  kabi  mikroijtimoiy  sharoitlar  bilan  ancha  zich  bog’liq  ekani  haqidagi 

xulosaga keldilar. Qandaydir biologik shaxsiy tavsifnomalarning mavjudligi istisno 

emas, masalan, ko`tarinki hissiy raqobatlantirish yoki deviant axloqqa  moyillik va 

biologik bog’liqlik o`rtasidagi zich aloqa ko`rinishini yaratuvchi ustunlikka intilish. 

Ichki  biologik  jarayonlar  og`ishgan  xulqning  shakllanishida  ma'lum  bir  rol` 

o`ynaydi.  Ular  har  qanday  muhitli  ta'sirda  bizning  reaktsiyalarimiz  kuchi  va 

xarakterini  belgilaydi.  Og`ishgan  xulqning  biologik  asosini  tasdiqlovchi  dalillar 

mavjudligiga qaramay, ular faqat muayyan ijtimoiy muhit kontekstiga ta'sir qiladi. 

Shu  bilan  birga,  ijtimoiy  sharoitlar  o`z-o`zidan  organizmda,  masalan,  asab  tizimi 

reaktivligi yoki gormonal fonni aniqlagancha to`liq biologik o`zgarishni uyg’otishi 

mumkin.  

Umuman  olganda  shaxsning  og`ishgan  xulqi  shaxslar  munosabati  tizimi 

orqali sinuvchi ijtimoiy va biologik omillarning murakkab o`zaro harakati natijasi 

hisoblanadi.  Ushbu  yo‘nalish  asoschilari  R.Mey  va  I.Yalom  hisoblanadi.  Bu 

nazariya  dinamik  xarakterda  bo’lib,  unda  terapiya  mijozning  universal 

ekzistensial  notinchligiga  qarama-qarshi  ravishda  olib  boriladi.  Bu  terapevtik 

yo‘nalishning  asosiy  mohiyati  “inson  sub’ektivligi  uning  hayotiy  tajribasi 

natijasidir”  degan  fikrga  tayanadi.  Bu  yo‘nalishning  asosiy  vazifasi  -  insonga 

hayotning fundamental savollariga javob topishga ko‘maklashishdan iborat. 

 D.Bujental  ekzistensial  yondashuvning  nazariyotchisi  sifatida  quyidagi 

fikrlarni bildiradi: 

1)

 



inson qismlarning birlashmasi emas, balki yaxlitlikdir; 

2)

 



shaxs - odam sifatida shaxsiy insoniy muammolarni mujassam etadi; 

3)

 



inson anglashga va aqlan biror xatti-harakatni amalga oshirishga qodirdir; 

4)

 



inson doimo tanlash imkoniyatiga ega; 


26 

 

5)



 

inson xulq-atvori doimo intensionaldir, ya’ni sababga ega va u doimo ongli 

ravishda qaror qabul qila oladi. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  ekzistensial  terapiyaning  asosiy 

negizini quyidagilar deb hisoblash mumkin: 

A.

 



Psixoterapevtik jarayonda to’liq ishtirok etishni ta’minlash. Bunda 

mijoz  bu  jarayonga  qiziqishi,  chuqur  kirishishi,  o‘zi  va  o‘z  hayotiga  e’tiborli 

bo‘lishi lozim. Shunda sub’ektivlikning chuqur mohiyati namoyon bo’ladi. 

B.

 



Mijozni  o‘ziga  nisbatan  mavjud  bo’lgan  chuqur  qiziqishlariga 

yo‘naltirish.  Ba’zan  bunday  qiziqish  susaygan  bo‘lib,  shu  tufayli  mijoz 

terapiyaga muhtojlik sezadi. 

V. Mijozning o‘z qiziqishini izohlashi sub’ektiv kechinmalarga diqqatining 

qaratilishida  muammoni  hal  yetish  imkoniyatini  kengaytiradi.  Bu  jarayonda 

o‘ziga  to‘liq  e’tibor  qaratiladi,  ayniqsa,  tana  sezgilari,  emotsiyalar,  fikrlar 

alohida e’tiborga olinadi. 

G. Qarshilikning paydo bo‘lish ehtimoli. Bu vaziyat inson “Men va tashqi 

olam”  tuzilmasini  shakllantirgani  tufayli  o‘z  ichki  imkoniyatlariga  kirib 

borishining chegaralanganligida aks etadi. 

D.

 

Ekzistensial psixoterapiya jarayoni “Men va tashqi olam” tizimini, 



idrokning  shaxsiy  tuzilmasini  o‘zgartiruvchi  ichki  o‘zini  o‘zi  anglash 

jarayonidan tashkil topadi; 

E.

 

Psixoterapiyaning samarasi shaxs hayotiy hislarining kengaygani va 



yashash qobiliyatining oshganligida aks etadi. 


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə