4-semestr (davomi)
Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya
1-Ma'ruza:O’smirlik davri (4 soat)
Reja:
1.О‘smirlik yoshidagi о‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari
2. О‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy
intim muloqotdir
3. О‘smirlarning intellektual rivojlanishi
4. О‘smirlik davrida shaxsnnng shakllanishi
5. О‘smirlik davrida shaxslararo munosabat
Tayanch so’z va iboralar(glossariy): O’smir, yetakchi faoliyat, muloqot,
psixologik yangilik,o’z-oziga baho berish,jinsiy etilish jarayoni,o’spirinlik
davriga o’tishdagi inqiroz.
1-Savol. О‘smirlik yoshidagi о‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari
О‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bо‘lgan
davrni tashkil
etadi. Hozirgi о‘smirlar о‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy
jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv
jarayoni, psixik о‘sish oldinroq namoyon bо‘lmokda. Aksariyat о‘quvchilarda
о‘smirlik yoshiga о‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi о‘smir bola
emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif о‘smirlik davrining muhim
xarakterini bildiradi.
О‘smirlik - bolalikdan kattalikka о‘tish davri bо‘lib
,
fiziologik va
psixologik jihatdan о‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichda bolalarning jismoniy va psixik
taraqqiyoti juda tezlashadi,
hayogdagi turli narsalarga qiziqishi, yanglikka intilish ortadi, xarakteri
shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. О‘smirlik
balog‘atga yetish davri bо‘lib,
yansh hislar, sezgilar va jinsiy hayotga
taalluqli chigal masalalarning paydo bо‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu yoshda
о‘smir rivojida keskin о‘zgarishlar rо‘y bera boshlaydi. Bu о‘zgarishlar
fiziologik hamda psixologik о‘zgarishlardir. Bо‘yga о‘sish bir tekis bormaydi:
qiz-bolalar 5-7 sm о‘ssalar, о‘g‘il bolalar 5-10 sm о‘sadilar. Bо‘yiga qarab о‘sish
paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi
hisobiga rо‘y beradi. Og‘iz bо‘shlig‘i va halqumdagi о‘zgarishlar oqibatida tovush
tembri ham о‘zgaradi. Bu о‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko’proq darajada
sodir bо‘ladi. О‘g‘il bolalarning tovushi vazminroq bо‘lib qoladi, dо‘rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan о‘ssa ham,
mustahkamlashsa ham,
lekin baribir oyoq va qо‘l suyaklarining о‘sish sur’ati orqada qoladi.
О‘smirlarda bu xususiyat ularning besо‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-
turishlaridagi qо‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bо‘ladi.Fiziologik
о‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi
barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va о‘sishi, hujayra va organizm
tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bо‘ladi.
Organizmdagi о‘zgarishlar bevosita о‘smir endokrin sistemasining о‘zgarishlari
bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan
biri gipofiz bezining
funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm tо‘qimalarining о‘sishi va
muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va
jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bо‘y о‘sishi tezlashadi, jinsiy
balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi
jinsiy bezlarning
paydo bо‘lishi) amalga oshadi. Kо‘krak qafasi ham gavdaning bо‘y о‘sishiga
nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim о‘smirlarning yelkasi,
kо‘krag‘i tor bо‘lib qoladi, bu esa о‘z navbatida kislorod yetishmasligiga,
nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga
putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham
yо‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi,
vegetativ nerv
sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va о‘smirda ba’zi qon
bosimining ortishi rо‘y beradi.Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati
kuchayadi. О‘smirda rо‘y beradigan biologik-jismoniy о‘zgarish natijasida
uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. О‘smirlik yoshida
ularning xulq- atvoriga xos bо‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning
boshlanishi bilan izohlab bо‘lmaydi. Jinsiy yetilish о‘smir
xulq-atvoriga asosiy
biologik omil sifatida ta’sir kо‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki kо‘proq
bilvositadir.
О‘smirlar о‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular о‘zlarining
layoqat,
qobiliyat
va
imkoniyatlarini
ma’lum
darajada
о‘rtoqlari
va
о‘qituvchilariga kо‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yо‘li bilan ham
osongina kо‘rish mumkin. О‘smirlik davri