Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


- savol.О‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

2- savol.О‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir. 
О‘rtoqlarining ta’siri ostida о‘smir о‘zining extiyojlari va istaklarini
qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik
bag‘ishlasa, bunday hollarda unnng ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan
bо‘lgan tasodifiy qiziqg‘shlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin extiros yoki
odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yо‘l bilan о‘quvchilarda, masalan,
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir 


boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo о‘quvchilar xuddi
shunday yо‘l bilan yolg’onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz hatti-
harakatlarga ham о‘rganib qolishlari mumkin. О‘smirlar kattalarning ularga
bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar.
Kattalarning о‘smir yoshda 
ularga ta’sir kо‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit - bu
umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. 
Agar kichik yoshdagi bolalar
yordamchi bо‘lish rollaridan qoniqsalar, о‘smirlar, ayniqsa katta о‘smirlar 
kattalar bilan teng ravishda faoliyat kо‘rsatayotganlaridan, lozim bо‘lganda 
ularning о‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar о‘smirlar
bilan dо‘stona, uni tо‘la tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar,
bunga о‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi 
ustunligida kechsa, unday holda ular tо‘la qarshilik kо‘rsatadilar. Bu qarshilik
kо‘pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi
mumkin.
Bu holat kо‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bо‘luvchi 
о‘smirlarning oilalarida uchraydi.
Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan о‘smirlar
hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, о‘z rejalarini amalga oshirishlari,
qiyin mas’uliyatni о‘z zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.Ular
kо‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan
yengadilar. О‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish 
yuzasidan bо‘ladigan munosabatlaridagi mavqei о‘zgaradi. Endi о‘smirlar о‘yin
hamda dam olishga kamroq vaqtlarini ajratgan holda kо‘proq jiddiy ishlar bilan 
shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.
О‘qish о‘smirlar hayotida katta о‘rinni egallaydi. Ularga mashg‘ulotlarning
mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan о‘smirlarning
fanlarni muvaffaqiyatli о‘zlapggirishlari, qiziqishlarining ortishi, о‘qituvchining
о‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim о‘rganish 
ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan о‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy
munosabat shakllanadi. Bu davrda о‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu 
motivlar о‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq
bо‘ladi. Aynan о‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy
bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar.
Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bо‘ladi. Bilim о‘smirlarga 
alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini
rivojlantiradi. Bu davrda о‘quvchilarga beriladigan o’quv materialining hajmi
katta bо‘lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash
yо‘li bilan о‘zlashtirishi qiyin. Buning uchun о‘quvchi о‘quv materialining 
mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda
bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish 
bolaning о‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga
bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu 
о‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bо‘ladi. О‘smirlik davrida о‘z-о‘zini 
anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari
chukurlashadi. О‘yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga
kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. О‘smirlik
davrida о‘z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va о‘zini-о‘zi


boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir sо‘z bilan aytganda, о‘smirlik davri
psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi. Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar 
va intilishlar har bir yoshda, jumladan, ma’lum darajada yо‘ldan ozgan о‘smirda
ham bо‘ladi. О‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Kо‘pchilik
о‘smirlar boshqalardan yomonroq bо‘lishni xohlamaydilar va о‘z muhitida
kо‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga 
intiladilar. О‘smirlarning hammasi g‘ayratli va faoldirlar, biroq, о‘zlarining
kuch-quvvatlarini qayoqqa yо‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. 
Binobarin, ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foydali
va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. О‘smirlar, garchi hamma vaqt ham 
bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka iitiladilar. Ammo 
kо‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bо‘lmaydi. 
Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil 
ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar 
bilan ta’minlash qerak. О‘z-о‘zidan kо‘rinib turibdiki, о‘smirlar psixikasida
ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy tomonlardan foydalanib
va ularni rivojlantyrish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni 
yо‘qotish kerak.Katta о‘smirlar asta sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti- 
harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan kо‘ra boshlaydilar. 
Ularda о‘z-о‘zini tuta bilish, matonat paydo bо‘ladi, qarorlari birmuncha qat’iy
bо‘la boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular о‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va
istaklardan kо‘ra kо‘proq sog‘lom fikrga asoslanadigan bо‘ladilar. Ularning
ichki kechinmalari va xayajonlari endi irodaviy nazoratga bо‘ysundirilgan
bо‘ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki
kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq bо‘ladi. Kattalarga nisbatan 
qо‘pol munosabatning paydo bо‘lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, о‘smir
yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi
mavqei, kattalar bylan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni
о‘zgartirish yо‘li bilan о‘smirlarning xulq-atvoriga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir
kо‘rsatish mumkin.


Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə