Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

J.Piajening 
ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun,qoidalar
asosida shakllantiriladi».
Bu borada о‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar о‘z-
о‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.11-12 yoshdan boshlab
о‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. О‘smir bu yoshda xuddi
kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni о‘rgana boshlaydi. О‘smir
tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez kо‘tarila olishi, о‘quv
materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini 
belgilab beradi. О‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan
farqlanadi. Bu faollik о‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga о‘z
layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish
ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. О‘smirning kattalarga beradigan
savollari mazmunli, mulohazali va aynan о‘sha masala doirasida bо‘ladi. Bu 
yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib,


tadqiqot о‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bо‘yicha muqobil
variantlarni taqqoslay oladilar. О‘smir tafakkuri kо‘pincha umumlashtirishga
moyil bо‘ladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga о‘tishida
kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur
tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik,
yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar
mavjud bо‘lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash
mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.О‘smirlik 
davrida ishbilarmonlik sifatini о‘quvchilarning о‘z-о‘zini boshqarishini yо‘lga
qо‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali
rivojlantirish mumkin. Bu borada о‘quvchi ijrochi rolida emas, balki
boshqaruvchi, mustaqil yо‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida о‘zi
ishtirokchi bо‘lgan takdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu
yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda kо‘proq mustaqillikning berilishi о‘smir 
amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘smir yoshdagi bolalarda 
tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi,
buni kо‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob
qilib borishga yо‘llash orqali amalga oshirish mumkin, о‘smirlarda yuzaga
kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish 
birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham
bog‘liq. Barcha о‘smirlarni ham tez yо‘llab, tez harakat qilishga о‘rgatish
mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, 
zudlik bilan muammoni yechishning umumiy qoidalariga о‘rgatib borish 
mumkin. О‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bо‘lishi 
qimmatli va obrо‘li hisoblanadi. О‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi
о‘zgarishlar о‘zaro bog‘liq bо‘ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi
о‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, о‘zining
shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi
tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.


Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə