Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


-Savol:О‘smirlik davrida shaxsnnng shakllanishi



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'smirlik davri 4 soat

4-Savol:О‘smirlik davrida shaxsnnng shakllanishi 
О‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tikod, prinsip, о‘zligini anglash, 
baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. О‘smir 
ulg‘aygan sari unda 
“Ideal Men”, “ Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men”
singari 
shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi о‘zi 
tо‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bо‘lib qoladi.О‘smir о‘z
faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai-nazari asosida tashkil 
qila boshlaydi.О‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy 
hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar
о‘tkazgan tadqiqotlardan kо‘rinadiki, о‘smirlarning kо‘pchiligi qat’iyatlilik,
kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy
tushunchalarni tо‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini
egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi,
shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. 
Ma’lumki, о‘smirlik davrida о‘smirning «men»i qaytadan shakllana 
boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, о‘z-о‘ziga bо‘lgan munosabati, 


qiziqishlari, qadriyatlari yо‘nalishi keskin о‘zgaradi.О‘smir yoshdagi bolani
birinchi galdagi intilishi, u о‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bо‘lib
qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga 
uringan о‘smir shunday qilishga xaqqi borligiga о‘zini-о‘zi ishontiradi, chunki
men endi
“katta bо‘lib qoldim”
deb о‘ylaydi. Shuning uchun xam
psixologlar “katta bо‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning о‘smirlik yoshidagi
eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.О‘smirlik yoshida psixologik jihatdan 
eng muhim hislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bо‘lishi alohida
ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, 
qiziqishda, munosabatda, kо‘ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi
shakllarida о‘z ifodasini topadi. О‘smirlik yoshiga xos bо‘lgan psixologik 
xususiyatlarni о‘rgana turib, о‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga 
erishish yо‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning
bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy yetilish о‘smirning bu yoshdagi
xulq- atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir о‘tkazadi. Lekin bu 
bevosita ta’sirdir. Kichik о‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda 
quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bо‘lishi va ularning
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bо‘lgan jinsiy
yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik 
imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning о‘zlarini kattalardek his etish, mustaqil
bо‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart- sharoitlarni olib keladi. Biroq, 
psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hapi mustaqil harakat qilishga
tо‘la tayyor bо‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab 
yoshidan о‘rta maktabga о‘tish, ya’ni yakka о‘qituvchi rahbarligidan kо‘pchilik
о‘qituvchilar tasarrufiga о‘tish va muloqotdagi о‘zgarishlar ijtimoiy foydali
ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni kо‘proq bajarish, shu
bilan birga bolaning oiladagi о‘rnining ham о‘zgarishidir. 


Katta о‘smirlarga nisbatan kichik о‘smirlarda paydo bо‘ladigan kelisha 
olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar
oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-kо‘y, ya’ni ijtimoiy 
sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur.Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi
psixologik iqlimni о‘zgartirish yо‘li bilan о‘smirlarning xulq-atvoriga tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatish, yomon xulq-atvor, о‘jarlik, kamchiliklarini tan
olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda о‘smir
baxtli bolalyk bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali о‘z о‘rnini topa 
olmagan holatda bо‘ladi. О‘smir о‘zining qobiliyati va kuchini tо‘g‘ri 
baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr 
yuritish qobiliyati yuzaki bо‘lganligi sababli kundalik hayotida qator 
kamchiliklarga yо‘l kо‘yadi. Lekin u о‘z xatosini tan olishdan kо‘ra kattalar 
bilan bahslashishni afzal kо‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir
tanqid gо‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bо‘lib
kо‘rinadi. U mustaqil, о‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning
maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim о‘smirlar о‘zining kattalar safiga
qо‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga о‘rgana
boshlaydilar. О‘smir xulqidagi bunday о‘zgarishlar о‘qituvchi va ota-onalarni 


qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga о‘zgartirish uchun esa kattalardan
psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar о‘smirlarni bilib-
bilmay qо‘yayotgan kamchilik va xatolarini kо‘pchilik ichida uyaltirib,
kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yо‘l bilan yondashgan holda yordam
berish uni "katta bо‘lib qolganlik' tuyg‘usini sо‘ndirib emas, balki katta odam
qanday bо‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi 
zarur.О‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan о‘zaro 
munosabatlarning butun muhitiga oid bо‘ladi. О‘smir avval bajonidil 
bajaradigan talablarga endi qarshilik kо‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini
cheklashganda, vasiylik qilishganda, yо‘naltirishganda, nazorat qilishganda, 
quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari
va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bо‘ladi va norozilik
bildiradi. О‘smirda о‘z qadrini bilish hissi paydo bо‘ladi va u о‘zini
kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bо‘lmagan inson deb
biladi. Ota-onalar va pedagoglar о‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning
kо‘nglini topishi va xatti - harakatlarini о‘z vaqtida tо‘g‘ri yо‘lga solishlari 
lozim. Ba’zi о‘qituvchilar kichik о‘smirdagi bu о‘zgarishlar - salbiy alomatlar,
urushqoqlik, о‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan 
bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, notо‘g‘ri tashxis va
xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin.
Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri о‘smirning о‘z 
mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. О‘z imkoniyatlarini
ortiqcha baholash bilan kichik о‘smirning psixik imkoniyatlari о‘rtasida
tafovut paydo bо‘ladi. Kattalarning irodasiga bо‘ysinmaslik, maktab, sinf
faollari va boshqalarking qarorlarini bajarmaslik- bu mazkur sharoitga yetarli 
darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bо‘libgina qolmay, shu bilan
birga bu о‘smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan о‘zini boshqalarga tanitish yо‘li
sifatida ham xizmat qiladi. Bu yо‘l orqali bola о‘z shaxsining ahamiyatini,
uning ta’sirchanligini hamda tevarak -atrofdagi kishilarga qarshilik kо‘rsata
olish qobiliyatini ham ta’kidlab kо‘rsatishga erishmoqchi bо‘ladi Demak, bu
о‘smirni tо‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan hayotiy bir hislat 
ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini tо‘g‘ri 
tushunmog‘i va bolalarni о‘zlarini katta tutishlariga tо‘sqinlik qilmaslik,
aksincha ularning bunday hatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi 
kerak.О‘smirlarni о‘z shaxslari haqidagi fikrlar kо‘proq qiziqtiradi, ular о‘zlarini
bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar
huquqini cheklaydi, о‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning о‘z shaxsi va
insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon 
etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning
shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.О‘smirlik davriga
kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Kо‘pincha ular о‘zlariga
tanish va yoqadigan kattalarning hatti- harakatlariga imitatsiya, taqlid
qiladilar.О‘smirlik davrida ichki erkinlikning о‘sishida, о‘z-о‘zini anglash 
layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat о‘zgarishlari yuz beradi.
Bunday о‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda 


oliy psixik funksiya sifatida о‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek,
shaxsi rivojining magistral chizig‘i bо‘lib hisoblanadi.О‘z-о‘zini anglash hissini 
tarkib topishi, о‘ziga nisbatan gо‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi 
munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan
tepmerament tipidagi о‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. О‘smir о‘g‘il-
qizlar shaxsining kamol topishida, о‘zini anglash jarayonida о‘ziga baho berish 
mayli va istagi о‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, о‘ziga bino qо‘yish
ehtiyoji paydo bо‘ladi. Bular esa о‘smirning psixik dunyosiga aqliy
faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk
о‘smirlik davrida kо‘pchilik о‘smirlar о‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bо‘lgan sari о‘smirning о‘z-о‘ziga bergan bahosi differensial 
xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda о‘zini tutishga va ayrim xatti- 
harakatlari)da namoyon bо‘la boshlaydi. О‘g‘il bolalar va qiz bolalarning 
ijtimoiy rollari turlicha bо‘lishi tо‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar 
bilan bolalar tomonidan о‘zlashtirilgan tasavvurlar о‘smir yoshidagi shaxsning 
shakllanish yо‘llarini belgilab beradi. О‘smir о‘z kuchi va quvvati,
chidamliligi 
ortayotganini, 
bilim 
saviyasi 
kengayayotganini 
anglay 
boshlaydi.О‘smirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega bо‘lib, 
uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon
bо‘ladi. Uning asosiy vazifalari - 1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy
xarakterini belgilab beradi. 2 ) о‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi 
faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi. 
О‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, о‘g‘il 
va qizlarning bu yoshda о‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari
jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bо‘ladi. Ushbu о‘zgarishlar
ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini о‘sib borish munosabati
bilan о‘zlariga kо‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar 
muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.Aslida о‘smir yoshidagi
bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga 
olish, psixik muammolarini erkin va tо‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish,
ularga psixologik yondashish zarur. Kichik о‘smir yoshdagilar bilan
ishlayotganda о‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning о‘z
psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu "madaniyatsiz", "zararli",
"tushunib bо‘lmaydigan” deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday
baholanadi, lekin bu xatti- harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi 
uchun xos xususiyatdir. Kichik о‘smirda о‘z-о‘zini xurmat qilish va о‘zini
anglashni shakllantirishning bir qancha yо‘llari mavjud. Masalan: bu davrda 
kattalarga taqlid qilish yoki oilada о‘z hurmatini talab qilish, о‘z sо‘zini 
о‘tkazish, о‘zini xurmatli, obrо‘li katta yoshli kishini obraziga о‘xsh’tib
rivojlantirish kuchli bо‘ladi. Ularga biror sо‘z yoki tanbex, bilan murojaat
qilsangiz, u о‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan
chiqa oladigandek kо‘rsatadi. Vaholanki, hali о‘smirni psixologik
imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan bо‘lishi mumkin. Kattalar,
о‘qituvchilar о‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay
olishlari, unga soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unga о‘z imkoniyatlarini 


о‘stirishga о‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini tо‘g‘ri rivojlantirishga
yо‘naltirishlari muhim xisoblanadi. О‘smirlar uchun о‘z tengdoshlari bilan 
muloqotda bо‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy 
tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda о‘zi xohlagan kishisi bilan dо‘st 
bо‘lish huquqini talab etadi. О‘smirlar orasida sodiqlik va tо‘g‘rilik kabi
xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik о‘z sо‘ziga bevafolik, egoizm, 
qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan
urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib 
qо‘yish shaklida bо‘lishi mumkin. О‘smirlar о‘zini xurmat qilishini, о‘z 
fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho 
beradilar. 
5-6-sinf о‘quvchilariga sinfdagi о‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor 
berish xususiyati xos. Ayniqsa,

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə