Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


Shaxsiy erkinlikni u katta bо‘lish huquqi deb



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'smirlik davri 4 soat

. Shaxsiy erkinlikni u katta bо‘lish huquqi deb
anglaydi.
О‘smirning о‘z tengdoshlari bilan muloqotda bо‘lishi g‘oyat katta 
ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali о‘qituvchilar sinfda 
о‘quvchilarning ayrim kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni 
shakllantirishga katta e’tibor beradilar, о‘smirlarga ularning yaqin dо‘stlari 
orqali ta’sir kо‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim о‘quvchilarning (ayniqsa
о‘qishda о‘rqada qoladigan va
“tarbiyasi qiyin”
bо‘lgan о‘quvchilarning) sinf 
jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan “tushib qolishlariga” yо‘l 
qо‘ymaydilar. 
О‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri
ularning katta bо‘lganlik hissi asosida tuzilgan bо‘ladi. Kattalar tomonidan
qilinadigan о‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va
e’tirozlariga о‘zlari ham qattiq qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning 
qо‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat о‘smirga
kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. О‘smir о‘zida
bо‘layotgan о‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida
kattalar bilan bо‘lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi 


bо‘lib о‘zi boshlamaydi. О‘smir о‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan
muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi, о‘smirlar muloqoti nihoyatda
о‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.О‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi
bolaning shaxsan о‘ziga bо‘lgan munosabatini muayyan darajada о‘zgartiradi va 
har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri 
ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi. 
Shuning uchun о‘smir о‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi 
tо‘g‘risida kо‘p о‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish
yо‘llarini faollik bilan izlaydi.Bu shunday muhit bо‘lmog‘i kerakki, undagi 
munosabatlar endi о‘smirning katta kishi, mustaqil odam bо‘lib qolganligini
yaqqol namoyon bо‘lishini istaydi. Har bir о‘smir bilan muloqotda uning
shaxsidagi eng yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini
aniqlab olish hamda ularga tayangan holda о‘smirning о‘ziga bо‘lgan
ishonchini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda
tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. О‘smir о‘ziga
yaqin bо‘lgan kishilarning kо‘z о‘ngida о‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, 
о‘zligini bildirib, о‘z “men” ini anglatish maqsadida u yoki bu darajadagi
о‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qо‘l urishga va shu orqali о‘z shaxsining 
ta’sirini atrofdagi kishilarga о‘tkazishga harakat qilib kо‘rishga majbur bо‘ladi. 
Basharti, bola о‘zini ijobiy tomondan kо‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda
psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda о‘zini kо‘rsatishi, kamchiliklarini 
oshirib kо‘rsatishi, qilish mumkin bо‘lmagan ishlarni atayin qilishi, kо‘proq
о‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin.Ushbu 
yoshdagi bolalarning о‘z-о‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning 
shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda о‘qituvchi bolaning sinf va maktab
jamoasi oldidagi obrо‘sini kо‘tarish yо‘llarini izlashi turli sohalardagi
yutuqlarini kо‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yо‘qotishda 
donolik bilan harakat qilishi uning о‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishiga 
zamin yaratadi. Bu bilan о‘smirda shakllanib kelayotgan 

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə