Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


- savol. О‘smirlarning intellektual rivojlanishi



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

3- savol. О‘smirlarning intellektual rivojlanishi 
Endi о‘smirlar о‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda
kо‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish
jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi о‘smir bilish jarayonlarini 
rivojlanish yо‘nalishini sifat jihatidan о‘zgarishda asosiy omil bо‘lib xizmat 
qiladi. О‘qish о‘smirlar hayotida katta о‘rinni egallaydi. Ular uchun
mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan
о‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi,
о‘qituvchining о‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. О‘qish 
faoliyati asosida о‘smirning о‘z- о‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa
odamlar, atrof olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning 
yangi bosqichi boshlanadi. Bilim о‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik
bilan о‘quv fanlariga nisbatan qatiy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda 
о‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar о‘smirning, hayotiy 


rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bо‘lgan holda bilish jarayonlari 
rivojlanish xarakteriga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Aynan о‘smirlik davridan
boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida
ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida
hurmatga sazovor bо‘ladi. Bilim о‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi 
va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. Bilish jarayonlarining 
rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bо‘lishi bilan kuchli vosita 
hisoblanadi. Maktabdagi о‘quv jarayonlarining tо‘g‘ri tashkil etilishi va amalga 
oshirilishi bilan о‘smir nutqining tо‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Nutqni о‘zlashtirishga harakat bu о‘smirning muomala, bilish va ijodiy
faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. О‘smirlik davrida nutqning
rivojlanishi bir tomondan sо‘z boyligining oshishi hisobiga bо‘lsa, ikkinchi
tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-
mohiyatini anglashlari hisobiga bо‘ladi. Bu davrda о‘smir til yordamida atrof-
borliqni aks etgirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish 
mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan о‘smirlik davridan boshlab, inson nutq 
bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 
О‘smirni kо‘pincha muomalada sо‘zlarni ishlatish qoidalari - 

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə