Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


”Oltinchi sinf muammolari”



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

”Oltinchi sinf muammolari”
ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi 
bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bо‘yicha о‘zlashtirishning
pasayishi bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarning о‘sib borishi quyidagicha
namoyon bо‘lgan: Oltinchi sinf о‘quvchilari tо‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta
kо‘proq qaysarlik qilishlari, 10 marta kо‘proq о‘qituvchilarga qarshilik 
kо‘rsatishlari, 7 marta kо‘proq boshqalar irodasiga tо‘sqinlik qilishlari, 9 marta
kо‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor berishlari, 5 marta kо‘proq faqat о‘z
xohish-istaklariga bо‘ysunishlari va nihoyat 42 marta kо‘proq о‘z xatti-
xarakatlari motivlariga ega bо‘lmasliklari aniqlangan. ( Krakovskiy A.P. 1970) 
О‘smirlik davriga kо‘pincha sо‘zga kirmaslik, о‘jarlik, tajanglik, о‘z 
kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir.
О‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari xam 
mumkin. О‘smir katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi 
rollarda о‘zini noqulay his qiladi.Kо‘pgina о‘smirlarda о‘zidan qoniqmaslik
holati kuzatiladi. Shuningdek, о‘zi haqidagi mavjud fikrlarinshg bugun unda
sodir bо‘layotgan о‘zgarishlarga tо‘g‘ri kelmayotganligi о‘smirni
asabiylashishiga olib keladi, unda juda kо‘p noqulay va va tashvishga
tushuvchi holatlar bо‘ladi. Bu esa о‘smirda о‘zi haqida salbiy fikr va qо‘rquvni 
yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi о‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar,
shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi
tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bо‘ladi va
о‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik
yolg’izlikka intilish, passivlik yoki aksi, о‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga 
salbiy munosabatlarning yuzaga kelishi sifatida namoyon bо‘ladi. Bu krizis
о‘smirning ma’naviy о‘sishi, shuningdek, psixikasidagi о‘zgarig shar bilan
ham bog‘liqdir. Bunday paytlarda u о‘zi singari katta fiziologik, psixologik
о‘zgarishlar kechayotgan о‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. 
Dо‘sti о‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yо‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi 
— bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə