Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

«xohlayman»
larini amalga 
oshirishga intiladi; katta yoshli odamlar ega bо‘lgan hamma narsalardan 
foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bо‘lishga intiladi. Tevarak- atrofdagi 
odamlarga о‘zining ahamiyatga ega ekanini kо‘rsatish uchun u kuchli, kо‘rqmas 
va epchil bо‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham о‘z tarbiyalanuvchilari xuddi 
shunday bо‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat
«kerakligi» uchun shunday bо‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va
«kerak» о‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin
ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman»
fakat «kerak» ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar о‘smir bola
tushunishga o’rgatilmagan bо‘lsa va «kerak» bо‘lgan narsani bajarishga 
odatlanmagan 
bо‘lsa, 

о‘zboshimchaligini 
namoyon 
qilish 
orqali 
tarbiyachilarning 
talablariga 
qarshilik 
qiladi 
hamda 
о‘zining 
shaxsiy
asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. О‘smirning yangi huquqlarga 
da’vosi, avvalo, kattalar bilan о‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid 
bо‘ladi. О‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik kо‘rsata 
boshlaydi: 
uning 
mustaqilligini 
cheklashganda, 
vasiylik 
qilishganda,
yо‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, 
jazolashganda, 
uning 
qiziqishlari, 
munosabatlari 
va 
fikrlari 
bilan
hisoblashishmaganda u juda xafa bо‘ladi va norozilik bildiradi. О‘smirda о‘z
qadrini bilish hissi paydo bо‘ladi va u о‘zini kamsitish, mustaqillik 
huquqidan mahrum qilish mumkin bо‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi 
kattalar bilan bо‘lgan munosabat haqidagi fikrlari о‘zgaradi va uning о‘z
kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar
huquqini cheklaydi, о‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning о‘z shaxsi va
insoniylik qadrini xurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon 


etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning
shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. 
О‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir.
Kо‘pincha ular о‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti- harakatlariga 
imitatsiya, taqlid qiladilar.О‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli
ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. О‘smir katta odam, shuningdek,
chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda о‘zini noqulay his qiladi.

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə