Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

Psixik
rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin
bо‘lgan о‘smir
da juda kо‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bо‘ladi va 
ular о‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi Bu krizis о‘smirning
ma’naviy о‘sishi, shuningdek psixikasidagi о‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir.
Bu davrda bolaning ijtymoiy mavqei о‘zgaradi, о‘zining yaqinlari, dо‘stlari,
tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta о‘zgarish
uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Kо‘pgina о‘smirlarda о‘zidan
qoniqmaslik holati kuzatiladi.
Shuningdek, о‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir 
bо‘layotgan о‘zgarishlarga tо‘g‘ri kelmayotganligi о‘smirni asabiyla- shishiga
olib keladi. Bu esa о‘smirda о‘zi haqida salbiy fikr va qо‘rquvni yuzaga
keltirishi mumkin. Ba’zi о‘smirlarny nima uchun atrofdagilar, kattalar, 
shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi
tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bо‘ladi va
о‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik,
yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, о‘jarlik, qaysarlik, agressivlik,
hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bо‘ladi. Bunday paytlarda u
о‘zi singari katta fiziologik, psixologik о‘zgarishlar kechayotgan о‘rtog‘i bilan 
muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Dо‘sti о‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi
yoki uni yо‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy 
qiyofasi bilan bog‘liq.О‘rtoqlarining ta’siri ostida о‘smir о‘zining ehtiyojlari va 
istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta 
mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki 
qiliqlarga nisbatan bо‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan
keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yо‘l bilan 
о‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, 
slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,
ammo о‘quvchilar xuddi shunday yо‘l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va 
boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham о‘rganib qolishlarn mumkin. О‘smirlik
davridagi barcha nomunosib harakatlar bir onda о‘tib ketadigan xohishlarning 
kо‘pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda kо‘ra bilishlikdan 
kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan
amalga oshiriladigandek bо‘lib kо‘rinadigan kо‘ngil ochish tarzidagi ishlardan 
boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga о‘smirlarning
imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir
qiladi.

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə