Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


“katta bо‘lib qolganlik tuyg‘usi”



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'smirlik davri 4 soat

“katta bо‘lib qolganlik tuyg‘usi”
shaxsning о‘smirlik yoshidagi eng asosiy 
yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar о‘smirlarni bilib-bilmay
qо‘yayotgan kamchilik va xatolarini kо‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib,


qoralab emas, balki psixologik yо‘l bilan yondashgan holda yordam berish
uni "katta bо‘lib qolganlik”' tuyg‘usini sо‘ndirib emas, balsi katta odam
qanday bо‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishy zarur.
Demak, bu о‘smirni tо‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan hayotiy
bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik
tabiatini tо‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni о‘zlarini katta tutishlariga tо‘sqinlik
qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga
intilishi kerak. О‘smirlarni о‘z tengdoshlari bilan muloqotda bо‘lishi g‘oyat 
katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u
bermagan holda о‘zi xohlagan kishisi bilan dо‘st bо‘lish huquqini talab etadi. 
О‘smirlar orasida sodiqlik va tо‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, 
sotqinlik о‘z sо‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq 
jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va 
uni yolg‘izlatib qо‘yish shaklida bо‘lishi mumkin. О‘smirlar о‘zini hurmat
qilishshini, о‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga 
juda past baho beradilar. 
О‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bо‘lishi 
О‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi.
Bu yillarda о‘smirlar uchun hayot davomida kerak bо‘ladigan asosiy shaxsiy
va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq kо‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira
darajasidan mantiqiy xotira darajasiga kо‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va 
boy tafakkur esa о‘zining barcha kо‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy
darajasida rivojlanadi. О‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga
о‘rgatish mumkin, Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar
shakllanadi va rivojlanadi.О‘smirlik davriga juda kо‘p ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklar xos. Maktab dasturini о‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog‘liq
turli masalalarni yechishda kо‘zga tashlanadigan о‘smirlarning intellektual 
rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bо‘yicha fikrlashga
undaydi, о‘smirlarning о‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan
esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, о‘z majburiyatlariga mas’ullik
kabi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jismoniy va 
psixoloshk holat)ni kuzatish mumkin. 5-6 sinf о‘quvchilariga sinfdagi о‘zi 
egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan
boshlab, о‘quvchilar о‘z tashqi kо‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi
jinsdagi bolalar va ular bilan о‘zaro munosabatlariga e’tibor bera bopshaydilar.7 
-sinf о‘quvchilarida esa о‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga
keladi. 8 -sinf о‘quvchilari esa mustaqillik, о‘ziga xoslik, dо‘stlik va о‘rtoqlik
bilan bog‘liq bо‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. О‘smirlarning
ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol 
ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi
mumkin. 
О‘smirlik davrida о‘quv fanlarini turli о‘qituvchilar о‘qitishlari bilan
kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana
boshlaydi. О‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, о‘quv materialiki
qiziqarli va tushunarli yо‘l bilan yetkaza oladigan, о‘quvchilarni


ajratmaydigan, о‘qituvchilarni kо‘proq hurmat qiladilar va yaxshi kо‘radilar.
Ular о‘qituvchi bilan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham о‘zgarishlar amalga 
oshadi. Ilk о‘smirlik davrida kо‘pchilik о‘smirlar о‘zlariga salbiy shaxsiy 
xarakteristika beradilar. Katta bо‘lgan sari о‘smirning о‘z-о‘ziga bergan 
bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda о‘zini tutishga va 
ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bо‘la boshlaydi. О‘smirlik yoshidagi 
о‘quvchilarning emotsioial xususiyatlari О‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 
yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta о‘zgarishlar boshlanadi.
Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy
tafakkur ancha о‘sadi. О‘smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq bо‘lgan 
masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va yoshlar ittifoqi
tashkilotlarida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlarning о‘sishiga kо‘p
jixatdan yordam beradi.Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va
axloqiy hislarni о‘sishi uchun manba bо‘lib qoladi. О‘smirlarda xayol kuchli
ravishda о‘sadi. Hislarning о‘zi xayolning о‘sishiga yordam beradi. va xayolning 
о‘zi xam xilma- xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bо‘lib qoladi.
Kelajak tо‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularning hammasi 
emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu yoshda о‘z-о‘ziga baho berish hissi 
kuchli ravishda о‘sadi. О‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi
va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish о‘sishi tufayli axloqiy hislar 
о‘smirlarhayotida katta о‘rin oladigan bо‘lib qoladi , ularda vatanparvarlik hissi
yorqin namoyon bо‘ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik о‘zgarishlar sodir
bо‘lishi sababli emotsional qо‘zg‘alishlarning xarakterida ham о‘zgarish rо‘y
beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bо‘laveradi, lekin kо‘pincha bu hislar
barqaror bо‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda о‘smirlarda injiqlik 
va arazlash kо‘p bо‘ladi. 

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə