Vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oʻrganish



Yüklə 1,17 Mb.
tarix24.05.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#112721
Vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oʻrganish

Mavzu:Vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oʻrganish

Reja:

Vegetativ nerv sistemasi

  • Vegetativ nerv sistemasi (lotincha: vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V.n.s.ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv sistemasi" deb atadi, chunki V.n.s.ning faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.

Vegetativ nerv sistemasi

  • Vegetativ nerv sistemasi:
  • Simpatik nerv sistemasi (qizil) va
  • Parasimpatik nerv sistemasi (ko'k)
  • V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi.

Animal nerv sistemas

  • Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi.
  • Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan, ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi.
  • Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin ishchi aʼzolarga tarqaladi

Simpatik va parasimpatik nerv

  • V.n.s. faoliyatiga koʻra simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga ajratiladi.
  • Simpatik nerv sistemasi adrenalinga oʻxshaydigan simpatii, parasimpatik nerv sistemasi esa atsetilxolin vositasi taʼsirida qoʻzgʻaladi. Bu moddalar qonga va limfa suyukligiga shimilib, ular orkali nervlar qoʻzgʻaladi.
  • Markaziy nerv sistemasi tashqi va ichki muhit taʼsirlariga V.n.s. orqali javob beradi va organizmni doim oʻzgarib turadigan muhitga moslashtiradi. Odatda simpatik nervlar funksiyasi jihatidan parasimpatik nervlarga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi.
  • Simpatik nervlar koʻz qorachigʻini kengaytiradi, soʻlak va b. ajralishini kamaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, meʼda va ichak harakati (peristaltika)ni susaytirib, ularning shira chiqarish faoliyatini pasaytiradi, oʻpka, bronxlarni kengaytiradi.

Parasimpatik nerv

  • Parasimpatik nervlar esa aksincha koʻz qorachigʻini siqib toraytiradi, sulak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak faoliyatini pasaytiradi, ichak harakatini tezlashtiradi, oʻpka, bronxlarni toraytiradi.
  • V.n.s. somatik nerv sistemasi bilan bir butun hamjihat boʻlib ishlaydi, uni markaziy nerv sistemasining oliy boʻlimlari, asosan bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi nazorat qilib turadi.
  • Masalan: organizmga sovuq taʼsir qilganda simpatik nervlar qoʻzgʻalib, qon tomirlar torayadi. Gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi, natijada bir

Nerv tizimi

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar

  • 1.O.T ALYAVIYA. FIZIOLOGIYA
  • 2. A. AHMEDOV. ODAM ANATOMIYASI
  • 3. ARXIV.UZ
  • 4. ZIYO.UZ. KUTUBXONASI

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə