“Pul va banklar” fani Mavzu: Tijorat banki va uning funksiyalari Ma'ruza rejasi



Yüklə 84,72 Kb.
səhifə4/6
tarix27.05.2023
ölçüsü84,72 Kb.
#113506
1   2   3   4   5   6
TB-funksiya (2)

Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o’tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi.

4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish.

Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi.

5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish.

Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.

6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz-matlarini ko’rsatish.

Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.


Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.

Banklarni qo‘shib yuborish deganda ikki yoki bir necha banklar faoliyati to‘xtatilib, ularning huquq va majburiyatlarini berish yo‘li bilan yangi bankning tashkil bo‘lishi tushuniladi. Banklar qo‘shib yuborilganda har bir bankning huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangi tashkil etilgan bankka o‘tadi.

  • Banklarni qo‘shib yuborish deganda ikki yoki bir necha banklar faoliyati to‘xtatilib, ularning huquq va majburiyatlarini berish yo‘li bilan yangi bankning tashkil bo‘lishi tushuniladi. Banklar qo‘shib yuborilganda har bir bankning huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangi tashkil etilgan bankka o‘tadi.

Yüklə 84,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə