Mavzu: Xususiy dorixonani boshqarish usullari. Reja



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə1/3
tarix17.05.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#110846
  1   2   3
Xususiy dorixonani boshqarish usullari.


Mavzu: Xususiy dorixonani boshqarish usullari.
Reja:



  1. Dori vositalari bilan chakana savdo qilish qoidalari.




  1. O'zbekiston Respublikasida dorixonalarni ochisli tartibi.



  1. Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari.

O`zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini keng joriy etish va chuqurlashtirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika aholisini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida, yuqorida qayd etilganidek, Respublika “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasining viloyatlar, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida uning hududiy birlashmalari tashkil etildi. Dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi, asosan, mulkchilik shaklining aksioner, jamoa va xususiy dorixonalariga ruxsat etildi. Bu dorixonalarga dori vositalarini sotishda tegishli tartib - qoidalarga amal qilish, ular bilan savdo qilish qoidalarini ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan. Dori vositalarini sotish 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonun asosida dorixona muassasalari tomonidan olib boriladi va dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi. Dorixona ishi dorixona ainaliyoti uchun xos boigan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Dorixonalar ishini boshqarish shu qonunga asosan oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat etilishi ta’kidlangan. Dorixona dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ulaming sifatini nazorat qilish hamda davolash, kasallikning oldini olishga mo'ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolashkosmetika mahsulotlarini harid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ulaming shaxobchalari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dori vositalari sotishni tartibga solish to‘g‘risida’’gi 1994-yil 14-iyuldagi PF - 916 farmonini ijro etish hamda Respublika aholisini dori vositalari, vaksinalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-sonli qarori e’ion qilindi, bunga asosan Respublika dorixona muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlar sotish qoidalari, cheklangan chakana narxlarda sotiladigan va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bo'lgan eng zarur dori vositalari ro‘yxati tasdiqlangan.


O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi “Dori-darmon” AK dorixona muassasalariga, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) ga ega bo‘lgan boshqa dorixonalarga ruxsat etiladi. Dorixona muassasalarida dori vositalarini sotishga faqat maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning dorixona muassasalaridan tashqarida - bozorlarda, ko'chada, jamoat joylarida va uyda sotilishi qat’iyan taqiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyul 276-sonli qaroriga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilmagan va vakolatli laboratoriyada sifat bo'yicha nazoratdan o'tmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin emas. Dori vositalarini aholiga vrach retsepti bilan va retseptsiz berish shuningdek, davolash-profilaktika muassasalariga beriladigan dori vositalari ro'yxati va ularni berish qoidalari 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. SSV tomonidan vrachning retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalaridan tashqari, barcha dori vositalari dorixonalardan faqat belgilangan shakllardagi retseptlarga ko‘ra berilishi kerak. Tayyor dori vositalari, berish vitrinasiga vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning narxi ko'rsatilgan holda qo‘yiladi. Davolash-profilaktika muassasalari vrachlariga shifoxonada kerakli dori vositalari bo'lmaganda statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarga retsept yozib berishga ruxsat etiladi. Bunda dori naqd pulga sotib olinganligi haqidagi ma’lumot kasallik tarixiga yozib qo'yilishi shart. Maxsus ijtimoiy himoyaga muxtoj bemorlarga bepul retseptlar bo'yicha dori vositalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar. barcha dorixona muassasalaridan beriladi. Dorixona muassasalari tomonidan retseptlar bo'yicha bepul berilgan dori vositalari Vazirlar Mahkamasining “Davolashprofilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1997-yildagi 532-sonli qarorida ambulatoriyada davolashda dori vositalari bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Ularga haq to‘lash esa, sogMiqni saqlash muassasalari bilan tegishli tartibda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14- yanvardagi 19-sonli va 2000-yil 5-avgustdagi 307-sonli qarorlariga asoslanib, chakana dorixona tarmog‘ida dori vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilashning yagona tartibi joriy etildi. Shunga asoslanib dori vositalari va tibbiyot buyumlari 0 ‘zbekiston Respublikasiga import bo‘yicha yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qat’iy nazar, baza narxiga 20 foizdan ortiq bo‘lmagan, qolgan dori vositalari uchun ulgurji savdoda 20 foiz, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalari qoilanilgan holda shartnomaviy narxlar bo‘yicha ulgurji va chakana savdo tarmog’i orqali sotilishi belgilab qo‘yildi. Ana shu qarorga asoslanib mulkchilik shaklining hamma turidagi dorixonalarda, dorixona fdiallarida va qishloq vrachlik punktlari qoshidagi dorixonalarda dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan sanitariya va gigiena ashyolarini aholiga sotish ushbu belgilangan chakana narxlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə