Pul va uning vazifalari


I BOB. Milliy boylik tushunchasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/18
tarix24.02.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#84078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
abbosxon

I BOB. Milliy boylik tushunchasi.

1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati.

Pul juda qadim zamonlarda paydo bo`lgan va uning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo`lgan: 1-sabab. Qadimgi qabilalarda vaqti-vaqti bilan o`z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlar paydo bo`lgan va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish imkoniyati tug`ilgan. Masalan, daryo bo`yida yashovchi kishilarning ovi baroridan kelib, juda ko`p baliq ovlangan. Ular ortiqcha baliqni qo`shni jamoaga don, tuz yoki boshqa mahsulotlarga almashtirganlar. Yoki boshqa misol, o`rmonda yashovchi va ovchilik bilan shug`ullanuvchi jamoa o`zidagi ortiqcha hayvonlarni yoki go`shtni boshqa jamoalarga kiyim-kechak yoki baliqqa almashtirganlar. Dastlabki davrlarda mahsulotlar bir - biriga bevosita almashtirilgan va tasodifiy hollarda ro`y bergan. Shunday qilib, kishilarning o`z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlarni o`zaro ayirboshlashlari pulning vujudga kelishiga dastlabki turtki, ya`ni sabab bo`lgan. 2- sabab. Asta - sekinlik bilan jamiyatda kishilarning bir qismi chorvachilik, boshqalari esa dexqonchilik, so`ngra hunarmandchilik bilan shug`ullana boshlaganlar. Ular endi faqat o`z ehtiyojlarini qondirish uchungina emas, balki o`z mahsulotlarini ayirboshlash, ya`ni sotish uchun ham yetishtira boshlaganlar. Boshqacha qilib aytganda, ular «natural xo`jalik» yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o`ta boshlaganlar. Agar kishilar o`z ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan barcha mahsulotlarni o`zlari yetishtirsalar, ya`ni hech narsa sotib olmasalar va sotmasalar, bunday xo`jalik yuritish natural xo`jalik yuritish deyiladi.

Sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot tovar deyiladi. Tovar kishilarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradi. Har qanday tovar mehnat sarfi natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat tovarning qiymati deyiladi. Tovarni yaratishda qanchalik ko`p mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha yuqori va aksincha, tovarga qanchalik kam mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha past bo`ladi. Shunday qilib, pulning paydo bo`lishiga asosiy sabab bo`lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash hisoblanadi.

Asta - sekinlik bilan tovarlar orasidan barcha tovarlarga ayirboshlana oladigan va hamma tovarlar qiymatini o`zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqqan. Bu tovar har bir mamlakat yoki hududda iste`mol uchun eng zarur tovar bo`lgan va barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylangan, ya`ni:

Umumiy ekvivalent vazifasini turli mamlakatlarda turli tovarlar - qoramol, tuz, don, mo`yna va boshqalar bajarganlar. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar hamda mamlakatlar o`rtasida savdosotiq va tovar ayirboshlash zaruratini yuzaga keltirgan. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblanganligi esa bu jarayonga to`sqinlik qila boshlagan. Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovar ajralib chiqqanki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvivalent sifatida qo`llanila boshlagan. Bu vazifani qimmatbaho metallar, avval mis va kumush, keyinchalik esa oltin bajaradigan bo`lgan. Ana shunday qilib, pul tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir. Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat qiladi. Pul bozor iqtisodiyotining eng muhim omillaridan biri bo`lib, iqtisodiyotning «qoni» dir. Iqtisodiyot pul bilan tirik. Pul bo`lmagan joyda bozor iqtisodi bo`lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan tortib, to iste`molchiga yetkazib berishgacha pul vositasida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar hamda ishchi kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan tovarlar yana pulga sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Masalan, non ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini ko`rib chiqamiz. Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar faqat pulda ifodalanadi. Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida fuqarolar faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini tashkil etish, pul ayriboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo`sh pulni qarzga berish, pul vositasida moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi iqtisodiy munosabatlar yanada kuchayib, murakkablashib boradi.

Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi. 

Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə