Python dasturlash tili yaratilishi tarixi



Yüklə 304,04 Kb.
səhifə5/6
tarix31.03.2023
ölçüsü304,04 Kb.
#103778
1   2   3   4   5   6
Pythonda operatorlar va ular bilan ishlash

O`zgaruvchilar


Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.
O'zgaruvchilarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • O'zgaruvchining birinchi belgisi alifbo harfi (ASCII simvollari katta va kichik registrda ) yoki “_” (ostki chiziq) simvoli bo'lishi mumkin.

  • O'zgaruvchilarning qolgan qismi harflardan (ASCII simvollari katta va kichik registrda), “_" (ostki chiziq) simvoli va raqamlardan(0-9) tashkil topishi mumkin.

  • O'zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va myName bular boshqa-boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.

  • O'zgaruvchilarni to'g'ri nomlashga misollar: i, _my_name, name_23, a1b2_c3

  • O'zgaruvchilarni noto'g'ri nomlashga misollar: 2things, ' ', my-name, >a1b2_c3 va “o'zgaruvchi qo'shtirnoqda"


O`zgaruvchi va konstantalarni qo`llanishiga misol:




i = 5
print(i)




i = i + 1
print(i)
s = "'Bu ko'p qatorlik satr. Bu uning ikkinchi qatori."' print(s)
Natija:
5
6
Bu ko'p qatorlik satr.
Bu uning ikkinchi qatori.

Yuqoridagi misolda dastlab biz 5 konstanta qiymatini '=' operatori yordamida


i o'zgaruvchiga o'zlashtirib olamiz. i = 5
so'ng i o'zgaruvchi qiymatini print funksiyasi orqali ekranga chop etamiz.
print(i)
i o'zgaruvchining qiymatiga 1 qo'shamiz va o'zgaruvchining o'ziga saqlaymiz. So'ng i o'zgaruvchining qiymatini chop etamiz.
i = i + 1
print(i)
Yuqoridagi kabi satr konstanta qiymatini s o'zgaruvchiga biriktiramiz va shundan so'ng uni chop etamiz.
s = "'Bu ko'p qatorlik satr. Bu uning ikkinchi qatori."' print(s)
Eslatma: O'zgaruvchilar oddiy qiymat biriktirish bilan ishlatiladi. Hech qanday oldindan e'lon qilib qo'yish talab etilmaydi.

Yüklə 304,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə