Pythonga kiriish



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə4/12
tarix25.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#90081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pythonga kiriish

Rasmni qayta ishlash
OpenCV kutubxonasi odatda yuzni va imo-ishoralarni aniqlash uchun ishlatiladi. OpenCV bu C++ kutubxonasidir, ammo Piton-ga o'tkazilgan. Ushbu xususiyatning jadal rivojlanishi tufayli Piton rasmni qayta ishlash uchun eng mashhur tanlov bo'ldi.

Game Development
Piton o'yin ishlab chiqaruvchilar uchun eng yaxshi tanlovdir. PyGame kutubxonasi kompyuterlar, shuningdek mobil platformalar uchun o'yinlarni yaratishda keng qo'llaniladi. PyGame dasturlarini Android-ga ham o'rnatish mumkin.

Atamalarning ma'nolari:
backward-compatible - bir xil mahsulotning talqinlari yoki modellari undan avvalgilari bilan mos kelishiga aytiladi. Dasturning yangi talqini, agar u o'sha dasturning eski talqinida yaratilgan ma'lumotlar va fayllardan foydalanolsa u backward-compatible deb ataladi.
strongly-typed - ishga tushirishdan(runtime) oldin ma'lumot turlari tekshiriladi.
dynamic-typed - bajarilish vaqtida turlar tekshiriladi.

Piton muhitini o'rnatish

Python - Windows, Linux, Mac OS da shuningdek, IBMS AS/400, iOS, Solaris va boshqa bir qator platformalarda ishlatish mumkin.

Python-ni mahalliy mashinangizga o'rnatish uchun, operatsion tizimingiz, texnik ta'minot(hardware) arxitekturasi va lokal mashinangizni talqiniga to'g'ri keladigan Python dasturini standart distributivini https://www.python.org/downloads -dan yuklab olishingiz mumkin.

Pitonni Windowsga yuklash
Pythonni Windows platformasiga o'rnatish uchun, siz o'rnatuvchi(installer) ni yuklab olishingiz kerak. Windows-da veb-ga asoslangan o'rnatuvchi, to'g'ridan-to'g'ri dastur orqali o'rnatuvchi, zip-fayl orqali o'rnatuvchi imkoniyati mavjud. Windowsga o'rnatish uchun ushbu sahifaga tashrif buyuring: https://www.python.org/downloads/windows va lokal mashinangizni texnik ta'minoti arxitekturasiga to'g'ri keladigan installer-ni yuklab oling.

Veb-asoslangan o'rnatuvchiga faol internet aloqasi kerak bo'ladi. Shunday qilib, mustaqil o'rnatishni amalga oshiruvchini yuklab olishingiz ham mumkin. Buning uchun https://www.python.org/downloads .ga o'ting va Download 3.7.0 quyidagi tugmani bosing. (3.7.0 bu biz o'rganayotgan versiya, eng oxirgi versiyani yuklab olishingiz ham mumkin).


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə