35
Rezyume qanday yoziladi?
QOLIP GAPLAR QOPQONIGA TUSHIB
QOLMANG
Odatda, nomzodlar
internetdagi rezyume
namunalaridan “uxlatilgan” qolip gaplardan
foydalanishni yaxshi ko’rishadi� “Moslashuvchan
xarakter”, “jamoada ishlash layoqati”, “kirishimli
fe’l atvor” va hokazo xususiyatlarni hujjatda
ko’rsatishingiz shart emas� Ish beruvchilar
internetdagi ochiq
manbalarda qanday namunaviy
rezyume fayllar borligini yaxshi bilishadi� Ulardagi
qolip gaplarni “ctrl+c” qilib, o’z hujjatingizga
yopishtirib olishingiz ish beruvchida ijobiy tasavvurni
uyg’otmaydi, aksincha, ensasini qotiradi�
Bundan
tashqari, sizning shaxs sifatidagi
xususiyatlaringiz qog’ozda emas, balki jonli suhbatda
ayon bo’ladi� Shunday ekan, befoyda ishga ortiqcha
vaqt sarflab o’tirmang�
36
Rezyume qanday yoziladi?
HTML NI 92% BILASIZMI?
Zamonaviy
kasb egalari, ayniqsa, dasturchilarda
ko’nikmalarni bilish darajasini foizlarda ko’rsatish
holati ko’p uchraydi� Va aynan shu ish beruvchilar
ko’raverib zada bo’lib ketgan holat hisoblanadi�
Siz qaysidir layoqatni 55, 64 yoki 90 foiz darajada
bilishingizni asosli ko’rinishda
hech qanaqasiga
hisoblay olmaysiz� Bu faqatgina amaliy ish jarayonida
ma’lum bo’ladi� Layoqatingiz darajasi rezyumedagi
foizlarda emas, portfoliodagi ishlaringiz,
avvalgi
ish beruvchilarning tavsiyanomalari va sinov
topshirig’idagi natijalaringizda ko’rinishi lozim�
Dostları ilə paylaş: