Qadimgi Rim fan Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat etrusklar va yunоnlar madaniyati an’analari ta’sir ko`rsatdi



Yüklə 206 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü206 Kb.
#166942
1   2   3   4   5   6   7   8
Qadimgi rim fan

Eslab qoling! Stil - mum bilan qoplangan taxtachaga yozish uchun mo`ljallangan temir tayoqchalar.
Me'morchilik va haykaltaroshlik
Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodat-xonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o`rab turardi.
Rim me'morchiligi yunon me'morchiligidan imoratlari rang-barangligi va muhta­shamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko`p shahar edi. O`sha kezlarda hatto shunday bir maqol to`qilgandi: "Barchayo`llarRimgaboradi". Minglab qullar o`rmonlar, tog`lar va botqoqlar orqali yo`llar o`tkazdilar. Yo`llar bilan bir qatorda Rim vodoprovodi — suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo`lib,tog`dagi buloqlardan suvning o`zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o`tkazish uchun akveduklar— yuqori qismidan anhorlar o`tkazilgan ko`priklar qurilgan.
Lotincha sonlar; Rimdagi yo`l qurilishi; Akveduk qurilishi; Panteon - barcha xudolar ibodatxonasi
Eslab qoling! Rim imperiyasida j qurilish ishlari ayniq sa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi.
Eslab qoling! Barcha xudolar ibo datxonasi - Panteonga Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi kelib o`zi e'tiqod qilgan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan.
Ulkan ko`priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo`lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g`ishtdan ikkita ingichka devortiklashgan, ularo`rtasidagi bo`shliqni esa betonbilan to`ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo`lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.
O`n minglab tomoshabinlarni sig`diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo`lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to`ldirish imkonini beruvchi moslamaqurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug`vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan.
Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo`ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan "barcha xudolar ibodatxonasi" ma'nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishiPanteonga kelib o`zi e'tiqod qilgan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan: misrlik — Osirisga, yunon — Zevsga, rimlik — Yupiterga ibodat qilar edi.
Buyuk g`alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arklar barpo etilgan.

Yüklə 206 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə