Qadimgi Rim fan Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat etrusklar va yunоnlar madaniyati an’analari ta’sir ko`rsatdi



Yüklə 206 Kb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü206 Kb.
#166942
1   2   3   4   5   6   7   8
Qadimgi rim fan

Rim shе’riyati ham mil.оl. I asrda katta muvaffaqiyatga erishdi. Lukrеtsiy (96–55 yillar) ning “Buyumlarning tabiati haqida” nоmli falsafiy pоemasi, Gоratsiy (65–8 yillar)ning satiralari, qasidalari va bоshqa shе’riy asarlari, Оvidiy (mil.оl. 43 – mil.18 yillar)ning ishqiy shе’rlari va maktublari Rim shе’riyatiga asоs sоldi.
Rim tеatr san’ati, haykaltarоshlik yunоnlarning ta’siri оstida rivоjlandi. Ammо matеriallar tеatr san’atida Rim jamiyatining hayotidan оlindi. Haykaltarоshlikda ham bizgacha еtib kеlganlari yunоnlar ta’siridan хоlidir. Haykaltarоshlar insоnning ichki оlamini ko`rsatishga ko`prоq e’tibоr qaratganlar.
Rimliklarning diniy e’tiqоdi dastlab majusiylikka asоslangan edi. Milоdiy IV asrda Rim impеriyasi G`arbiy va Sharqiy qismlarga bo`linib kеtgandan kеyin, masihiylik g`alaba qildi va katоlik оqimi hayotga singib bоrdiRimda quldorlar va qullar turmushi
Qadim zamonlarda rimliklar turmushi o`ta oddiyligi bilan alohida ajralib turgan. Rimlik zodagonlar bo`lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo`jalikda qullar ham unchalik ko`p emasdi.
Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o`zga­rish­lar ro`y berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag`rida tomo­shabog`lar va chorbog`lar ko`p, havo esa tep-tekis joy­lar­da­giga qaraganda sog`lomroq va tozaroq bo`lgan. Impe­ra­tor­ning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
Badavlat rimlik uy-qo`rg`oni; Rim termlari. Zamonaviy foto; Mum bilan qoplangan yozuv taxtasi
Badavlat bo`lmagan rimliklar tepaliklar o`rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko`chalar tor va iflos bo`lgan: axlatni ham to`g`ri ko`chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaningto`rt tomonidan xonavayron bo`lgan dehqonlar poytaxtga ko`chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong`i yerto`lalarda yoki ochiqdan ochiq shaharko`chalarida tunar edilar.
Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termlar" deb atalgan ko`rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so`zidan, "termos" so`zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to`lov evaziga harbir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega edi. Bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida ta'lim olish va fanlar bilan shug`ullanish uchun kutubxona ham bo`lgan.
Ta'lim
Bolalarning maktabda ta'lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to`lash imkoniyatlariga bog`liq bo`lgan. Kambag`al rimliklarning farzandlari xo`jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o`qimas edilar. Badavlatxonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnar edilar. Yozuvni o`rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflami mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib, o`yib yozardilar.
O`qish, yozish va hisoblashni o`rganganidan keyin ko`pchilik ta'lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o`rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o`qitilardi. Yunon tilinio`rganishga alohida e'tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani — chiroyli so`zlasni o`zlashtirgan.

Yüklə 206 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə