Qadimgi rim kirish


II BOB QADIMGI ITALIYANING TABIATI VA AHOLISI



Yüklə 51,76 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü51,76 Kb.
#144845
1   2   3
Mustafakulova Madina Jahon tarixi Rim kirish I-II- bob yangi

II BOB
QADIMGI ITALIYANING TABIATI VA AHOLISI
Tabiiy sharoiti. Rim davlati greklar Italiya deb atagan Apennin yarim orolida vujudga kelgan va mustahkamlangan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Yevropaning ana shu qismining tabiiy sharoiti qanday bo‘lgan va unda qanday aholi yashagan?
Apennin yarim oroli O’rta dengizning markaziy qismiga yorib kirib dengizni ikki qismga bo‘lib yuborgan uzun ketgan yerdir. Yarim orolni Yevropa qit’asining asosiy massividan ajratib turgan va o‘tib bo‘lmaydigan baland Alp tizma tog‘lari yarim orolning shimoliy chegarasidir. Yarim orolning asosini esa Alpdan shimoli-g‘arbga tomon tarmoq tortib va butun yarim orol bo‘ylab qator tizilib ketgan Apennin tog‘lari tashkil etadi. Dastlab Apenninlar g‘arbiy qirg‘oqdan sharqiy qirg‘oqqacha yarim orolni kesib, shimoli-g‘arbdan janubi-sharq tomonga o‘tib, janubroqda birdaniga janubi-g‘arbga buriladi, keyin sekinasta pastga tomon tushib yarim orolning janubiy qirg‘og‘iga — Bruttiy oblastigacha yetib boradi.
Apennin tog‘larining shu tariqa joylashganligi tufayli yarim orol uch qismga bo‘linganday ko‘rinadi. Shimoliy qism Apenninlar bilan Alplar o‘rtasidagi pasttekislikdan iborat. Italiyaning Adriatik dengiziga quyadigan eng katta daryosi Padus (hozirgi Po) o‘zining irmoqlari bilan ana shu pasttekislikdan oqib o‘tadi; markaziy qism — uni shimoldan, sharqdan va janubi-sharq tomondan Apennin tog‘lari qurshab turadi. Bu tog‘larning baland g‘arbiy yon bag‘irlari sekin-asta pasayib boradi, u tog‘lar ham o‘z navbatida> bu qismni bir qancha ayrim rayonlarga: Arnus (hozirgi Arno) daryosn vodiysiga, Tibr daryosi vodiysiga va janubda hosildor Qam- paniya pasttekisligi — Volturno daryosi vodiysiga bo‘ladi. Shimol va shimoli-g‘arb tomonidan Apennin yarim orolining boshqa qismidan butunlay ajralib qolgan sharqi-janubiy Apuliya pasttekisligi uchinchi oblastni tashkil qiladi.
Apennin yarim orolining sharqiy sohilida dengizchilikni rivojlantirishga imkon bo‘lmagan. Uning shimoli botqoq past- tekislik joy bo‘lib, Apennin tog‘lari sharqiy qirg‘oqqa borib taqalgan markaziy qismi egri-bugri va qoyalardan iborat. Qir- g‘oqning janubi va g‘arbidagina bir necha qulay qo‘ltiq, ko‘rfazlar bor. Terenti qo‘ltig‘i bilan Neapolitan ko‘rfazi eng qulaylaridandir.
Apennin yarim orolining sharqiy sohiliga yaqin biron orol yo‘q. Sohil bo‘yidagi orollarning hammasi g‘arb tomondadir. Eng katta va hosildor Sitsiliya oroli bamisoli materikning davomidir. Bu oroldan birmuncha narida boshqa ikkita katta orol — Sardiniya bilan Korsika joylashgan. Bu ikki orol bilan Apennin yarim oroli o‘rtasida bir necha mayda va serqoya orolchalar bor. Ulardan eng kattalari Tirren dengizi hir- g‘ohlariga yahin Ilva (hozirgi Elba) oroli bilan Neapolitan ko‘rfaziga kiraverishdagi Kapreya (hozirgi Kapri) orolidir.
Apennin yarim orolidagi daryolar sersuv, hishda va aypihsa bahorda tez oqardir, ammo yozgi jazirama paytlarda bu daryolarning suvlari deyarli qurib qoladi. Shu sababdan ular kemalar yurishi uchun noqulaydir.
Rayonlarning turli holatiga ko‘ra yarim orolnipg ihlimi ham har xildir. Shimolda qish paytida salqin yomg‘ir va hatto hor ham yog‘adi. Ayoz kechalar ham bo‘ladi. Tog‘liq rayonlarning iqlimi ham shu xildadir. Janub va g‘arbning dengiz bo‘yi rayonlarida esa qishda ham havo iliq bo‘ladi, ammo yomg‘ir ko‘p yog‘adi, bu o‘simliklarning rivojiga yordam beradi.
Qadimda Apennin yarim orolining ko‘p qismi g‘arbiy Yevropa o‘rmonzorlari singari qalin o‘rmoilar bilan qoplangan bo‘lgan. Italiya o‘rmonlarida dub, qayrag‘och, qora qayin, kashtan va Apennin yarim orolining o‘ziga xos zamburug‘ shakl qarag‘ay o‘sgan. Mevali daraxtlardan Italiyada azaldan olma, anor yetishgan. Ammo keyingi zamonlarning Italiyaga xos sitrus o‘simliklari, palmalar va hatto zaytun hamda sarv daraxtlari ham bo‘lmagan. Bu xil daraxtlar Italiyaga keyingi tarixiy zamoklarda olib kelib o‘tqazilgan.
Qadimgi Italiyaning hayvonot dunyosi o‘rta Yevropadagiga o‘xshagan. Qadimgi Italiya tog‘lari va o‘rmonlarida bug‘u, tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa, bo‘ri, tulki, shuningdek har xil mayda yirtqich hayvonlar, parranda va o‘rmalovchi hayvoilar yashagan. Italiya tuprog‘iga tutashgan dengizlar (Adriatik, Ioniya, Terron, Liguriy dengizlari) da baliq, ayniqsa tunitsa balig‘i va yirtqich baliqlardan murena ko‘p bo‘lgan.
Apeniin yarim orolining yer osti boyliklari ko‘p bo‘lmagan, foydali qazilmalar nisbatan kam bo‘lgan. Alp tizmalarida bir oz oltin, kumush qazib olingan. Markaziy Apennindagi «travertin», ya’ni kulrang marmar, «karrar» marmari, ya’ni oq marmar va rangli marmarlar qazib chiqarilgan. Ilva orolidan temir, mis qazib chiqarilgan. Apennin yarim orolining boshqa oblastlarida aytarli ma’dan konlari bo‘lmagan.
Apennin yarim orolining qadimgi aholisi. Apeniin yarim orolida juda qadim zamonlardan beri odamlar yashagan. Italiyada yashagan kishilarning topilgan izlari bunda paleolnt davridayoq aholi ,bo‘lganligidan darak beradi. Neolit davridagi mavze qoldiqlari yarim orolning har xil joylaridan topildi va bu mavzelarning eng qadimgisi eramizdan avvalgi IV ming yillikka mansubdir.
Shimoliy Italiya daryolari va ko‘llaridan topilgan, binolari slavyalarga o‘rnatilgan qishloqlarning qoldiqlari eramizdan avvalgi III—II ming yilliklarga mansub. Bu qishloqlar atrofida paydo bo‘lgai katta-katta chirindi, axlat uyumlariga qarab ularni terram Dra deb ataydilar.
1 Tegga tagga — italyancha so‘z bo‘lib, hosildor (semiz) yer degani.
Binolari svayalar ustiga qurilgan bu qishloqlarda ibtidoiy dehqonchilpk va chorvachilikdan xabardor baliqchi va ovchilar yashagan. Ular tosh qurollar bilan birga mis va bronza qurollarni ham ishlatgan. .
Italiyaning markazidap boshqa qadimgi qishloqlarnipg xarobalari topildi, bu qishloqlarning aholisi tosh terib imorat solishni va naqshli sopol idishlar yasashni bilgan, bu — axey Gretsiyasi va Finikiyadan kelgan kishilar bilan aloqa natijasi bo‘lsa kerak. Eramizdan avvalgi II va I ming yilliklar o‘rtalarida Italiyaning qadimgi aholisi temirdan qurol-yarog‘ va mehnat qurollari yasay boshlagan. XIX asr o‘rtalaridayoq arxeologlar tekshirgan Boloni shahriga yaqin hozirgi Villanov qishlog‘i yonidagi qadimgi shahar xarobalari o‘sha davrga xosdir. Bunda temirdan yasalgan yarog‘lar va mehnat qurollarp, ot abzali qoldiqlari, bronzadan yasalgan zeb-ziynat va ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek kuydirilgan murdalarning kuli saqlanadigan o‘ziga xos ko‘ra topildi. Bunga o‘xshash buyumlar Italiyaning boshqa joylaridan va Spsiliya orolidan ham topildi. Italiya aholisi temir ishlatishni grek va Finikiyalik dengizchi savdogarlardan hamda dengiz qaroqchilaridan o‘rgangan deb faraz qilish mumkin. CHunki ular Apennin yarim oroli sohillariga tez-tez kelib turganlar.
Temir qurollarning keng joriy qilinishi katta progressiv rol o‘ynagai. Temir plug bilan yer haydashga o‘tishga, changalzor va butazorlarni tezroq tozalashga imkoi bergan, natijada uy chorvachiligining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning yuksalishi tufayli ichki va tashqi mol ayirboshlash ham rivojlangan. Eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlari va I ming yillik boshlarida Italiya aholisining (ayniqsa janubda va markazda yashovchi aholining) sharqiy O’r- ta deigiz mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarn doimmiy bo‘lgan. Eng qadimgi mikena yozuvlariga o‘xshagan qisqacha yozuvlar («graffit») solingan grek idishlarining qoldiqlari ana shu aloqalardan guvohlik beradi.
Hozirgi zamon olimlarining fikricha Apennin yarim orolida, Sardiniya, Qorsika orollarida, shuningdek hozirgi Fransiya janubidagi rayonlarda va Pireney yarim orolining O’rta dengiz sohillarida yashaga qadimgi aholi «O’rta dengiz» xalqlari, ya’ni Italiyada ligurlar, Sitsiliya orolida sikanlar bilan elimlar, Korsikada korslar, Sardiniyada sardlar bo‘lgan.
Ammo eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlari va I ming yillik boshlarida O’rta dengiz havzasi rayonlarida yashagan qadimgi qabilalar va xalqlarning ulug‘ ko‘chishi yuz bergan. Sharqdan Apennin yarim oroliga ungacha Ylliriyada, dunay havzasida va hatto kichik Osiyoning g‘arbiy qismida yashagan qabilalar ko‘chib kelgan. Eng qadimgi italiy qabilalari qisman Alp yug‘lari vodiysiga va shimoli-g‘arbiy sohilga siqib chiqarilgan, qisman qirib tashlangan yoki kelgindilar assimilyatsiya qilgan. U zamonda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan juda qoloq eng qadimgn italiy qabplalari tarixiy davrda Qorsika oroln bilan Apennin yarim oroli qirg‘og‘ining shimoli sharqida — Liguriyadagina yashagan.
Eramizdan avvalgp I ming yillikning birinchi choragi oxirlarida Apennin yarim orolining eng qadimgi aholisi har xil qabila va xalqlardan iborat bo‘lgan.
Shimoli-sharqiy chekkada Illiriya aholisiga qarindosh veietlar qabilasi yashagan. Illiriyaliklarga qarindosh yapig va messaplar Italiyaning janubi-sharqiy chekkasini ishg‘ol qilgan.
Yarim orolning markaziy qismi bilan Sitsiliya orolida kop sonli italik qabilalari hamda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan zamonasining eng rivoj topgan xalqi etrusklar yashagan.
Italik qabilalari tili, ijtimoiy tuzumn va madaniyati jihatdan bir-biriga juda yaqin ikki guruhga — umbro-sabel va latn-sikul guruhiga bo‘lingan.
Umbro-sabel guruhiga mansub qabilalar Apennin yarim orolining markazida Tibr daryosining sharq tomonida va undan janubga qarab ketgan yerlarda joylashgan bo‘lgan. Ular umbriar, pesinlar, frentanlar va Apenninning baland tog‘lar qismida yashagan hamda patriarxal-urug‘doshlik munosabatlarivi hammadan ko‘ra uzoq saqlab kelgan samnitlardnr. Italiya sohilining markaziy qismigacha siljib kelgan maydz italik qabilalari: sabinlar, marslar, ekvlar, gerniklar, volsklar ham o‘sha guruhga mansubdir.
Tibrning quyi oqimida chap qirg‘oq vodiysining kagtagina qismini italik qabilalari orasida eng taraqqiy topgan lotilar qabilasi band qilgan va ular yashagan oblast ham ularning o‘z nomlari bilan Lapiya deb atalgan.
Lotinlar va katta Kampaniya tekisligini ishg‘ol qilgan osklar dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida ularning mustahkamlangan shaharlari — qabilalarning markazlari ham bo‘lgan. Qa- bilalarga umr bo‘yi harbiy yo‘lboshchilar boshchilik qilgap. Ular oqsoqollar kengashining raisi bo‘lish bilan birga kohinlik vazifasini ham bajarganlar.
Ba’zi italik qabilalarida «muqaddas ko‘klam» degap odal bo‘lgan. Bunga sabab ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi aholi
sonining o‘sishidan keyinda qolib borganligidir. Bu odat shundan iborag bo‘lganki, har bahorda yosh yigitlar yig‘ilishib qur’a tashlashgan. Qur’a chihsan yigitlar bir necha bosh mol olib ko‘chishga joy qidirib ketishgan. Bunday drujinalarning bosti- rib kirishi va ular qizlarni o‘g‘irlashi tufayli qo‘shni qabilalar orasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Ba’zan bu to‘qnashuvlar xunrezlik urushlariga aylanib ketgan. Italik qabilalarining iqtisodiy va sotsial jihatdan o‘zlaridan ko‘p ustun turgan xalqlar — etrusk va greklar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganliklari natijasida bu qabilalardagi ibtidoiy jamoatchilik munosabatlarining buzilish protsessi tezlashgan.
Qadimgi etrusklar. Ularning ijtimoiy tuzumi va madaniyati. Qadimgi Italiya xalqlari orasida eng rivoj topgan etrusklar bo‘lgan (rimliklar ularni «tusklar» deb, greklar «tir- renlar» deb o‘zlarini esaular «rasyonlar» deb ataganlar). Eramizdan avvalgi VIII—VI asrlarda etrusklar Apennin yarim orolining anchagina qismini band qilib yashzganlar. Ularning shaharlari Padus daryosining quyi oqimida delta va janubiy sohildan tortib Italiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarigacha, Arnus daryosining dengizga quyadigan etagidan tortib Tibr daryosi qirg‘oqlarigacha tarqoq holda joylashgan bo‘lgan. Bundan tashqari etrusklar Korsika orolining sharqiy sohillarini, Ilva oro- lini va Qampaniyaning bir qismini ham ishg‘ol qilganlar. Ular ittifoqqa birlashgan mustaqil shaharlarda jamoa bo‘lib yashaganlar. Ittifoqlar siyosiy birlashma bo‘lishdan ko‘ra diniy birlashma xarakterida bo‘lgan.
Etrusklar yashagan shaharlar joyida va ularga yaqin joylarda irrigatsiya inshootlarn hamda shahar devorlarining qoldiqlari, zodagonlarning qoyalarni o‘yib solingan va «kamerali» sag‘ana deb ataladigan maqbaralari saqlangan, bu maqbaralardan ko‘pincha har xil buyumlar (tosh, bronza va loydan yasalgan haykallar, bronza va sopol idishlar, yarog‘lar, mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlari) ko‘plab topilib turadi. Etrusklar qurilish texnikasi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ular toshdan katta-katta imoratlar solganlar va birinchi bo‘lib toshdan gumbazlar va arkalar ishlashgan. Etrusklar sopol idishlarni greklar qilgani kabi bo‘yamay, balki bo‘rtma shakllar bilan bezashgan. Ular sopol giliga qurum aralashtirganlar, shunga ko‘ra ularning sopol buyumlari metaldan yasalganga o‘xshab yaltillab, qorayib turgan.
Qirg‘oqlarda yashagan etrusklar kemasozlik texnikasini puxta egallaganlar va mohir dengizchi bo‘lganlar, ular bu hunarlari bnlan finpkiyaliklar va ayniqsa greklar bilan raqobat qilgaplar. Etrusklar greklar bilan raqobat qilar ekan, Apennin yarim orolinichg g‘arbiy qirg‘oqlariga tutashgan va Greklar Tirren nomi bilan atagan dengizda hukmronlik qilganlar. Ular dengizda qaroqchilik ham qilganlar. Ularning kemalari Gretsiya va Afrika qirg‘oqlarigacha borgan. Eramizdap
avvalgi VI asrda etrusklao karfagenliklar bilan do‘stona munosabat o‘rnatganlar va
bu munosabatni ular shartnoma tuzib mustahkamlaganlar.
Eramizdan avvalgi I mingyillik o‘rtalaridayoq etrusklarning o‘z yozuvlari bo‘lgan.
Hozirgi zamon tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, ular o‘z alfavitlarini finikiyalik-
lar alfaviti asosida tuzganlar. Juda ko‘p Etrusk yozuvlari (9 mingtacha) saqlangan.
Ammo filologlarning zo‘r berib qilgan harakatlariga qaramay, xozirgacha bu yozuvlar to‘la o‘qib chiqilgan emas.Etrusklarning tili ham o‘rganilmagan.Yezuvlari o‘qib chiqarilgan biron qadimgi tildagi tarjimasi bilan etrusk yozuvlari xozirgacha topilgani yo‘q, dafn marosimnni ado etayotgan shuning uchun xam bu yozuvlar etrusklarni o‘qib chiqarish qiyin bo‘lyapti. Faqat keyingi yillardagina Tirren dengizi sohilida Tibr daryosining egagidan shimoli g‘arb tomoida joylashgan Port shaqri Pirgidagi qadimgi etrusk ibodatxopalaridan birining xarobalarini qazish paytida uchta oltin lavxa topildi, u lavxalarda mazmuni bir xil etrusk va finikiy tilida yozuvlar bor. Mana shu lavxalar etrusk yozuvlarini o‘qib chiqarishdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam berar degan umid bor. Moddiy madaniyatni o‘rganish va qadimgi tarixchilar berganma’lumotlar etrusk jamiyati sinfiy, quldorlik jamiyati bo‘lgan degan xulosaga olib keladi. Etrusk zodagonlari qullar va qaram axolining meqna gidan foydalangan. Etruskjamiyatining hukmdor tabaqasi lukomonlar deb atalgan. Harbiy yo‘lboshchilar va oqsoqollar lukomonlardan saylangan. Qaram kishilar lautnalar deb atalgan. Ammo ilmiy bilvmlarning
hozirgi holati bu qaramlikning shakli va xarakteri qanday bo‘lganligi bilib olishga hali imkon bermayapti. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlar etrusk jamiyatining gullagan davridir. Taxminan o‘sha vaqtlarda etrusklar Qampaniyani o‘zlariga bo‘ysundirib,unda Kapuya shahrini qurganlar. Tibr daryosining quyi oqimida vujudga kelgan muhim markaz bo‘l mish Rim shahri va qisman Latsiyni ham, xuddi o‘sha davrda egallaganlar. Biroq eramizdan avvalgi VI asr oxirlarida etrusk shaharlariniig qudrati birdaniga bo‘shashib ketgan. Shimoliy sharqdan, Alp tog‘ yo‘llari orqali, Dunayning yuqori oqmidan keyinchalik rimliklar gallar deb atagan keltlarning drujinalari Rimga bostirib kirgan. Kelt galalari yo‘llarida uchragan hamma narsani yo‘q qnlib, Apennindan shimoldagi etrusk shaharlariga hujum qilganlar va ularni tor-mor keltirganlar. Etrusk shaharlarining ana shu qismidan (Bolonedan janubda) hozirgi Marsabotto qishlog‘i yoiidagi bitta etrusk shahrnning xarobalari dalolat berib turibti. Bu yerdan kuyib ketgan uylarning qoldiqlari ichidan gallar va etrusklarning yaroqlari va ko‘pdan ko‘p skeletlar topilgan. Shundan keyinroq gallar etrusklarni janubga, ligurlarni esa g‘arbga tomon Apennin orasiga siqib chiqarib Padus daryosi vodiysi- ning ko‘p qismini bosib olganlar. Gall qabilalaridan bnri senonlar hatto umbralar g‘.shaydigan oblastga ham bostirib kir- gan. Eramizdan avvalgi V asriing ikkinchi yarmi va IV asrning boshlarida gallar Italiyaning markaziy oblastlariga talonchilik yurishi qilganlar.
Eramizdan avvalgi VI asr oxprida greklar ham etrusklar- ga qarshi otlanganlar. Eramizdan avvalgi 524 - yili Kum shahrining tirani Aristodem etrusklarni tor-mor keltirgan. Bir qancha vaqtdan keyin Aristodem Latsiyada Aritsiya yonidagi jangda etrusklarga qattiq zarba bergan. Eramizdan avvalgi 474 - yilda Kum davrida dengiz jangida etrusklar yana mag‘lubiyatga uchrashgan. Shu vaqtdan boshlab ular Kampaniyadagi va o‘rta Italiyaning boshqa qismlaridagi mulklaridan mahrum bo‘lgan. Negaki Italiyadagi bir qancha shaharlarning aholisi ulaoning davlatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan. Etrusk shaharlari ittifoqi kuchdan ketib qulay bsshlagan. Ammo Italiya aholisining madaniy taraqqiyotida etrusklar muhim rol o‘ynashda davsm etavergan. Xuddi eramizdan avvalgi IV—III asrlarda tasviriy san’at — devor rassomchiligi, ayniqsa portret haykaltaroshligi gullab yashnagan. Etrusklarning diniy e’tiqodlari, xususan narigi dunyodagi dev, ajinalar to‘g‘risidagi tasavvurlari, parrandalar uchishiga, qurbonlik mollarning ichak-chavog‘iga qarab fol boqish kabi urf-odatlarini qo‘shni italiy xalqlari ham o‘zlashtirganlar. Ammo keyinchalik etrusklar siyosiy mustaqilliklaridan mahrum bo‘lib, sekin-asta qolgan italiy aholisi bilan qo‘shilib, ularga singishib ketgan. Eramizning I asrida etrusk tili latin nutqi muammolaridan tamomila siqib chiqarilgan va keyinchalik butunlay esdan chiqib ketgan.
Italiyada o‘ziga xos va g‘oyat qobiliyatli xalq qayerdan paydo bo‘lgan? Tarixchilar, filologlar bu masala ustidan ikki yuz yildap ziyod munozara qilishmoqda.
Qadimgi avtorlardan Gerodot, Strabon, Tatsit etruskltr Kichik Osiyoning g‘arbiy qismidan ko‘chib kelgan deb hisoblaganlar. Lekin eramizdan avvalgi I asrda yashagan grek tarixchisi Dionisiy Galikarnasskiy ularni azalgi Italiya aholisi deb aytgan.Yevropa tarixchilaridan bir qismi etrusklarni Italiyaga ko‘chib kelgan xalq deb qaraganlar, ammo ularning oldingi, asl vatanlari to‘grisida har xil fikr aytishadi. Italiyaning fashist tarixchilari o‘zlarining o‘ta ketgan millatchilik qarashlaridan chiqib etrusklarni Italiyaning avtoxtonlari deb atashdan ham qaytmaydi.
Revolyusiyadan oldingn rus tarixchilaridan ko‘pi antik dunyo avtorlari ko‘pchiligining fikr bilan hisoblashish zarur, chunki arxeologiyaning juda ko‘p ma’lumotlari buni tasdiqlaydi degan fikrda edilar. Etrusklarning Sharqdan kelganligini taraqqiyparvar rus tarixchisi V. I. Modistov (1839—1907) qat’iy va pshontirarli qilib isbotlab bergan edi. Sovet tarixchilari etrusklarning kelib chiqish masalasini 1930 - yili akademnk N. Ya. Marr boshliq bir guruh sovet olimlari etrusk- lar avtoxtonlardan kelib chiqqan degan farazni o‘rtaga tashlaganliklari munosabati bilan qizg‘in muhokama qilgan edilar. Ammo qadimgi Rim tarixi bilan shug‘ullanuvchi sovet mutaxassnslarinnng ko‘pchiligi (V. S. Sergeev, N. A. Mashkin, umrining oxirida S. I. Kovalev ham) etrusklarning sharqdan, ya’ni Qichik Osiyodan kelib chiqqanliklarnga iqror bo‘lgan edilar. S. I. Qovalev yozgapiday, etrusk xalqi Qichik Osiyo g‘arbidan kelgan Tirren ko‘chmanchilari bilan mahalliy umbra va liguriy aholisiningchatishishidan paydobo‘lishi hammadan ko‘ra haqiqatga yaqindir. Jamiyatning hukmron qatlami Kichik Osiyodan chiqqan avloddan iborat bo‘lgan. Bu bir tomondan, etrusklarning madaniy jihatdan Apennin yarim orolida yashovchi aholining ilg‘or qismi bo‘lish holatini tug‘dirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning siyosiy qudrati tez o‘sib borishiga yordam bergan. Ammo sopial tengsizlikning keskinligi etrusk jamiyatining tashqi dushmanlarga qarshi kurashda boshlaridan kechirgan birinchi jiddiy larzalardayoq salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin bo‘lmagan. Etrusklarning siyosiy va madaniy jixatdan Italyya xalqlari o‘rtasidagi ilg‘orligi yo‘qolgan va dastlab bu ilg‘orlik greklarga va bir qancha vaqtdan keyin Rim boshliq Italiya quldor shaharlarining qudratli birlashmasiga o‘tgan.
Qadimgi Italiya va Sitsiliyani greklarning kolonizatsiya qilishi. Italiyaning janubidagi va Sitsiliyada grek shaharlari tilga olinmasa qadimgi Italiyaning aholisi, unipg ekonomikasi va madaniy hayoti to‘g‘risidagi tasavvur mutlaqo to‘la bo‘lmas edi. Qadimgi grek avtorlari (Fukidid, Strabon) bayoniga ko‘ra, Gretsiyadan va Krit orolidan ketgan dengizchilar eramizdan avvalgi II ming yillikdayoq Italiya va Sitsiliya qirg‘oqlariga borib yetgan. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra Krit podshosi Minos Sitsiliya orolida halok bo‘lgan. Arxeologiya qazuvlari bu rivoyatni tasdiqlaydi. Janubiy Italiyaning turli joylaridan va Sitsiliya orolidan Krit va Miken sopolining parchalari topilgan.
Janubiy Italiya va Sipiliya qirg‘oqlarida greklarning chinakam muntazam kolonizatsiyasi eramizdan avvalgi 1 ming yillikning ikkinchi choragida boshlangan. Eramizdan avvalgp VIII asrda, ayniqsa VII asrda bir qancha shahar koloniyalar paydo bo‘lgan. Chunonchi Sitsiliya orolida Sirakuza, Akragas, Gimer, Messana, janubiy Italiyada Tarent, Sibaris, Eleya, Kroton, Posidoniya, Kima (italyancha talaffuzda Kumi) va undan ajralib chiqqan yangi shahar jamoasi — Neapolist (grekchadan tarjimasi — «yangi shahar») vujudga kelgan.
Grek kolonistlari Italiya bilan Sitsiliyaga zaytunchilikni, sarv o‘tkazish va intensiv tokchilikni olib kelishgai. Grek hunarmandlarp qo‘shni italiy xalqlariga kulolchilik, metalsozlik va pul zarb qilish texnikasini o‘rgatganlar. Ko‘pgina grek shaharlari Balkan Gretsiyasidagi yerlardan ko‘ra ancha hosildor bo‘lgan bu yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni rivojlyntirgan va bundan Gretsiyaga don, zaytun moyi, chorva olib borilgan. Italiya va Sitsiliyadagi kolonistlar ish ku- chiga muhtoj bo‘lganliklaridan zo‘r berib qullar sotib olishgap va o‘z xo‘jaliklarida ularning mehnatidan foydalanishgan. Kolonistlar italiy qabilalarini yarim orolning ichkarisiga surib borish hnsobiga yangidan-yangi yer mulklarini qo‘lga kiritishga uringanlar, Sitsiliyada esa tub joy aholini to‘g‘ridan- to‘g‘ri asoratga solganlar.
Katta zamiidorlar — quldorlarning o‘sishi natijasida kolonistlar o‘rtasida mulkiy tengsizlik va shu bilan birga sotsial tabaqalanish kuchayib borgan va keskin sotsial kurash vujudga kelgan.
Ko‘pgina grek shaharlarida aristokratlar bilan demokratlar o‘rtasida juda qattiq siyosiy kurash borgan. Bu kurash ko‘pincha turli grek shaharlari o‘rtasida urushlar chiqishga sabab bo‘lgan. Masalan, eramizdan avvalgi 510-yilda aristo- kratlar hukmron bo‘lgan Kroton shahar aholisi demokratlar boshqarib turgan Sibaris shahrini vayron qilgan. Ayni zamonda greklar etrusklarga qarshn ham shiddatli kurash olib borishga majbur bo‘lganlar. Eramizdai avvalgi V asrda Sitsiliya greklariga orolning g‘arbiy qismida joylashib olgan karfagenliklarning tobora kuchayayotgan hujumlarini qaytarib turishga to‘g‘ri kelgan. Xuddi shu paytda italiy xalqlariga qarshi ayniqsa qirg‘oq bo‘yidagi shaharlarni ishg‘ol qilishga urinayotgan samnptlar bilan kurash ham kuchaynb ketgan. Grek kolonistlari Gretsiyadagi harbiy va siyosiy arboblardan yordam olishga harakat qilgan bo‘lsalarda, undan natija chiq- magan.
Eramizdan avvalgi III asr boshlarida Italiyadagi grek shaxarlarining ko‘pi rimliklar hukmronligi ostiga o‘tib qolgan. Ammo buning iatijasida greklarnpig qo‘shni italiy aholisiga madaniy ta’siri bo‘shashish o‘rniga, aksincha yana ham kuchayib borgan. Greklardagi hunarmandlik kasbini, qishloq xo‘jalik texnikasini, ilmiy bilimlarni, harbiy ishni, san’at va diniy tasavvurlarni italiylar o‘zlashtirib olganlar va ular Italiya Rim madaniyatining tarkib topishiga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatgan.
Yüklə 51,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə