Qadimgi rim kirish


Rim yilnomalari. Yilnomachilar



Yüklə 51,76 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü51,76 Kb.
#144845
1   2   3
Mustafakulova Madina Jahon tarixi Rim kirish I-II- bob yangi

1. Rim yilnomalari. Yilnomachilar. Rim davlatining yuzaki qudratini mafkuraviy jixatdan mustahkamlash ehtiyoji yilnomachilarning dastlabki tarixiy-adabiy asarlarni yaratishlariga sabab bo‘lgan. Rimning ilk tarixchilari Rimning xa- qiqiy tarixini bunyod qilish to‘g‘risida bosh qotirib ko‘rmaganlar. Ular faqat amaliy maqsadni: o‘tmishdan zamondoshlarga o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi namunalarni topish, zodagon tabaqalarning qahramonliklarini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko‘zlaganlar, xolos. Rim yilnomachilarining tarixning faqat yuzaki tomoni bilangina qiziqish sababi ham shundadir.
Yilnomachilar yaratgan asarlarni biz xiyla keyingi davrlardagi avtorlarning asarlarida keltirilgan parchalardangina bilamiz. Ularning traditsiyalari va xususiyatlarini tushunish uchun ularning manbalari bo‘lmish fastlar va yilnomalarni tavsiflash zarur.
Fastlar — bosh kohinlar tuzgan. Ular jamoalarning diniy hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, zamondoshlari uchun amaliy ahamiyat kasb etgan. Unda xususiy va davlat ishlarini yurgizishga yo‘l qo‘yilgan kunlar, diniy bayramlar o‘tkaziladigan kunlar qayd qilingan. Fast ilk respublika boshlarida (eramizdan avvalgi VI—IV asrlarda) paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak. Gallar istilosi vaqtida (eramizdan avvalgi 390 - yil) bu qadimgi yozmalar yo‘q qilib yuborilgan.
Boshqa bir manba kohinlarning ob-havo to‘g‘risidagi yozmalaridir. Bosh kohin o‘zi bino qilgan uyning devoriga har yili oq taxta osib qo‘yar va ko‘pchilik diqqatiga sazovor hodisalarni: tabiiy ofatlar, quyosh, oy tutilishini, urush boshlangan va tugagan kun va hokazolarni qisqacha yozib qo‘yar ekan. Eramizdan avvalgi taxminan 130 - yili bosh kohin — bosh pontifik Publiy Mutsiy Ssevola qo‘l ostidagi pontifik — kohinlarning barcha yozmalarini umumiy bitta yozmaga jamlab «Buyuk yilnomalar» nashr qilgan.
Qisqacha yozilgan yilnomalarni xalqning og‘zaki ijodi to‘ldirishi, kengroq tariflab berishi mumkin bo‘lsada, og‘zaki poeziya yodgorliklarining ko‘pchiligi yo‘qolib ketgan.
Rim tarixiga doir dastlabki manbalarning xususiyatlari eramizdan avvalgi III—II asrlardagi tarixchilarning asarlari xarakteriga ham ta’sir qilgan. Bu tarixchilarni odatda katta yilnomachilar deb atash rasm bo‘lgan. Sitseronning aytishicha: «ular qisqa qilib yozishni bayonotning birdan-bir fazilat deb bilib, faqat kunlar, kishilar, voqea va u yuz bergan joyni ko‘rsatib yozganlar, xolos»
Katta yilnomachilardan eng mashhuri Kvint Fabiy Piktordir. U eramizdan avvalgi III asr oxirlarida yashagan. Piktor o‘z asari bo‘lmish «Yilnomalar»ni grek tilida yozgan. Bu asarda Rimning Italiyada Eney paydo bo‘lishidan boshlab to ikkinchi Puni urushigacha bo‘lgan tarixi bayon qilingan. Piktor asarining manbalari undan oldingi yilnomalardagi ma’lumotlar, Fabiylar avlodining naqllari, avtorning shaxsiy kuzatishlari, ko‘rgan-bilgan kishilarning xikoyalari bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Lotin tilidagi birinchi tarixiy asarlarni (eramizdan avvalgi 234—149 yillarda yashagan) Mark Porsiy Katon yozgan. Shu kishi lotin prozasiga asos solgan. U mashhur davlat arbobi (konsul, senzor), tarixchi va notiq bo‘lgan.
Katonning «Boshlang‘ichlar» nomi bilan yozgan yetti kitobdan iborat tarixiy asari birmuncha keyingi davrlardagi tarixchilarning asarlarida keltirilgan parchalar va bayonlaridagina bizgacha yetib kelgan. Katon o‘z asarida har xil italiy jamoa- larining tarixini tasvirlagan.
Katon manbalarga jiddiy e’tibor bilan yondoshgan: u pontifiklarning yilnomalaridan, yilnomachilarning asarlaridan, o‘zining shaxsiy kuzatishlaridan, ko‘rgan-bilgan kishilarning hikoyalaridan va og‘zaki naqllardan foydalangan. Katon Puni urushini bayon qilishdan avval urush harakatlari bo‘lgan joylarni borib ko‘rgan, Karfagenning davlat tuzumini o‘rgangan. Tarixiy ma’lumotlar bilan geografik ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘zdan kechirgan. Uning asarlarida ma’lum darajada ilmiy elementlar bor. Shunday bo‘lsa ham Katonning asarlari adabiyot ta’siridan holi emas. Katonshunos Korneliy Nepotning aytishicha, u «Italiya va Ispaniyada ajoyib ko‘ringan voqealarni» yozgan, ya’ni ertaklardan va afsonaviy materiallardan foydalangan.
Katonning «Boshlang‘ichlar»i yilnomachilarning odatdagi asarlaridan farq qiladi. Katon «har bir Italiya davlatining qayerdan kelib chiqqanligini» ta’riflab bergan, ya’ni Italiyadagi qabilalar va shaharlarning tarixini bayon qilib, Rim qudratida Italiyaning tutgan o‘rnini ko‘rsatgan. Yilnomachilar voqealarni albatta yilma-yil ko‘rsatib tasvir qilgan bo‘lsalar, Katon bunday yo‘l tutmagan. Uning asarlaridagi yana bir xususiyat shundan iboratki, unda lashkar boshilari va davlat arboblarining nomlari tilga olinmagan.
Qadimgi avtorlarning ko‘pi Katonni uning ko‘p narsadan xabardorligi va tasvirlarining aniqligi uchun qadr-qimmatini baland tutganlar va uning asarlaridan keng foydalanganlar. Sitseron: «Gretsiya va Rim tarixida u bilmagan biron bir voqeani topish qiyin» deb yozgan. Katonning asarlari undan keyingi yilnomachilarning asarlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning asarlarida ham voqealar yilma-yil bayon qilingan. Afsonaviy materiallar haqiqiy materiallardan ajratilmagan, faqat faktlar, voqealar bayon etilgan. Ammo bu avtorlar
o‘z asarlariga siyosiy o‘tkirlik bera bilganlar va nihoyat ko‘pgina naqllarning yo‘qolib ketmasligiga sababchi bo‘lganlar.
Eramizdan avvalgi II asrning 30-yillaridan e’tiboran Rim respublikasida «yangi»yoki «kichik» yilnomachilar deb atalmish avtorlarning, chunonchi Lutsiy Seliy, Antipatr, Semproniy Azellionlarning asarlari paydo bo‘la boshlagan.
Kichik yilnomachilar odatdan tashqari sarguzashtlar va afsonalarga uchmagan. Ularning asarlaridagi yangilik shundan iborat bo‘lganki, ular materialni yilnoma tarzida bayon qilishdan voz kechganliklaridir, Kichik yilnomachilar voqealarning sabablarini, mag‘zini bayon qilishga harakat qilganlar. Biroq ular faktlarni bir yoqlama yoritganlar, latifanamo qiziq materiallardan foydalanishga uringanlar, xronologiya jihatidan xatolarga yo‘l qo‘yganlar.
Respublika davrining tarixchilari va prinsipatning boshlanishi. Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida Polibiy «Umumiy tarix»ni yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146- yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi an’analariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfaatlarini ifoda qilgan.
Polibiy Rimning O’rta dengiz sharkiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o‘rnatilishi muqarrar degan xulosaga kelgan. U o‘zining asarida Rimning bir qancha qabilalar va xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirganligining sabablarini ko‘ratib berishga, ya’ni Rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga harakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishning aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda bir-biri bilan qo‘shilib ketgan.
Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik holati va uning iqlimini o‘rgangan. U antik istoriografiyaning odat hukmidagi adabiy usullaridan foydalangan: u voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchilarning nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar «haqiqiy» tus berishga harakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealar- ning sababli bog‘lanishlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Biroq sodir bo‘layotgan barcha voqealarning sabablarini ayrim shaxslarning ish va harakatlarida ko‘rgan, xolos.
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqelarning keyinchalik taraqqiyot yo‘lini belgilashga imkon beradi, ya’ni tarix «nasihat berishi», «o‘rgatishi» mumkin, amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin deb faraz qilgan.
Eramizdan avvalgi I asr respublikaning qulash va imperiyaning barpo bo‘lish davridir. Davlat formalarining almashishi keskin sinfiy kurash sharoitida yuz bergan. Bu davrning manbalari asosan o‘sha davrda yashagan Mark Tulliy Sitseron, Gay Yuliy Sezar, Gay Krisp Sallyustiylarning asarlaridir. Bu asarlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularni siyosiy hayot ichida qaynagan va ma’lum siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan davlat arboblari yozgan. Shuiing uchun bu asarlar juda ham bir yoqlama asarlar bo‘lib, bu bir yoqlamalik eramizdan avvalgi I asr davri bergan 4 siyosiy guruhlarning kurashini aks ettiradi.
Siyosiy arbob, ajoyib notiq, yurist, adib bo‘lmish Mark Tulliy Sitseronning asarlari eramizdan avvalgi I asr tarixini o‘rganishda g‘oyat zo‘r qimmatga ega. Sitseron meros qilib nutqlar, xatlar, falsafa va tarixdan traktatlar qoldirgan.
Mark Tulliy Sitseronning siyosiy qarashlari uning Rimdagi konservativ zodagon respublikachilar doirasiga mansubligi bilan belgilangan. U demokratik prinsiplardan yuz o‘girganligini nazariy jihatdan oqlash yo‘lini qidirar ekan, monarxiya, oligarxiya (davlatdagi birinchi kishilarning obro‘si) va demokratiya (davlat masalalarini hal etishda ko‘pchilikning irodasini tan olish)dan iborat qurama formani ilgari surgan. Uning fikricha, zodagonlar respublikasi tepasida umumiy farovonlikni va yuksak adolatni o‘rnatishga intiluvchi g‘oyat vijdonli hokim turishi kerak ekan. Idora qilishning bunday qurama formasi davlatning mustahkamligi va turg‘unligini ta’min etishi lozim ekan.
Sitseronning yana bir program qoidasi «tabaqalar ittifoqi» shiori, ya’ni plebsga va hokimiyatni da’vo qiluvchi monarxga qarshi senatorlar bilan suvorilarning ittifoqini tuzish bo‘lgan. Sitseronning sinf maifaatlardan ustun bo‘lishga, «beg‘al va o‘rtalik»dan joy olishga urinishi behuda bo‘lgan albatta. Sitseronningpolis (shahar-davlat) tuzilishini tiklash mumkinligiga, har tomonlama rivoj topgan kishining, ya’ni unda shaxs mustaqilligi bilan to‘la grajdanlik mujassam bo‘lishiga ishonishi ham u davrda xayoliy bir faraz bo‘lgan, xolos.
Sitseronning xususiy manfaatlarni ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirish zarurligi, har tomonlama rivoj topgan kishi to‘g‘risidagi tasavvuri, tabaqalar ittifoqi haqidagi tezisi Uyg‘onish davrida Yevropa mutafakkirlariga, ingliz va fransuz ma’rifatparvarlariga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatgan.
Rim notiqlari orasida eng qobiliyatlisi bo‘lgan Sitseron klassik latin prozasining ijodchisi hamdir.
Sitseronning nutqlari, xatlari va traktatlarining siyosiy otashinligi va o‘tkirligi tufayli uning asarlari respublika halokati davridagi g‘oyaviy-siyosiy kurashni xarakterlashda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Eramizdan avvalgi I asrda yashagan yana bir tarixchi Gay Krisp Sallyustny g‘oyaviy jihatdan ham, uslubi jihatdan ham tamomila boshqacha asarlar qoldirgan. U Sezar tarafdori bo‘lib, uning konsulligida bir qancha muhim lavozimda bo‘lgan. Sezarning o‘limidan keyin Sallyustiy siyosiy faoliyatini tashlab, qolgan butun umrini tarixiy asarlar yaratishga bag‘ish lagan. U «Sezarga xatlar», «Katilina fitnasi», «Yug‘urta urushi» va «Tarix» asarlarini yozgan. «Tarix»ning ayrim parchalarigina bizgacha yetib kelgan. Sallyustiy bu asarlarida respublika tarafdorlarining, ya’ni nobillar bilan plebs o‘rtasidagi mavqeni egallagan o‘rtacha badavlat doiralarning mafkurachisi sifatida maydonga chiqqan.
Sallyustiy o‘zining ilk asarlarida, chunonchi «Sezarga xatlar» va tarixiy monografiya bo‘lmish «Qatilina fitnasi» da Polibiyning axloq tushkunligi nazariyasiga amal qilib, butun Rim tarixini uch bosqichga bo‘lgan. Ulardan biri — podsho davri—podsho hokimiyati, zolimona hukmronlikka aylanishi bilan tamom bo‘ladi. «Oltin davr» deb atalmish ikkinchi bosqich ikkinchi Puni urushi davridan tortib eramizdan avvalgi 146 - yili Karfagenning vayron qilinishigacha cho‘zilgan. Bu davrning muhim xislatlari hokimiyatlarning saylanib qo‘yilishi, erkinlik bo‘lishi, xushfe’llik va shu bilan birga poraga uchmaslikdir: tan jonga bo‘ysunganday xalq senatga bo‘ysunadi. Senatorlar esa donolik va andishaliklari bilan mashhurdir. Bundan keyingi uchinchi davrda axloq tushkunligi tez avj oladi, natijada davlat ham tez tanazzulga yuz tutadi. Zeb-ziynat ichiga ko‘milib buzilgan ochko‘z Rim nobillarining shuhratparastligi, tamagirligi va zulmga intilishi davlatni ana shunday tanazzulga olib keladi.
«Yug‘urta urushi» nomli ikkinchi monografiyada urush harakatlari plebs va senat o‘rtasidagi qattiq sotsial kurash bilan chambarchas bog‘lab ko‘rsatilgan. Bu kurash esa asarda tarixiy protsessning harakatlantiruvchi kuchi qilib berilgan.
So‘nggi «Tarix» asarida eramizdan avvalgi 78-yildan 67-. yilgacha bo‘lgan davr bayon qilingan. Besh kitobdan iborat bu asarning ayrim parchalarigina bizgacha yetib kelgan. Bu asarda Rim xalqi fisq-fujur ichiga ko‘milib qolgan buzuq nobil- larga qarshi turadigan birdan-bir kuch ekanligi ta’kidetilgan, bu esa boshqa asarlarda ko‘rilmagan yangilikdir.
Eramizdan avvalgi I asrda grajdan urushlari vaqtidagi fojiali voqealar tasvirida o‘sha davr arboblarining afti angorlariga berilgan tavsiflar diqqatga sazovordir.
Sallyustiy kitobxonlarga o‘z asarlarining beg‘arazligini qayta-qayta uqtiradi. Ammo uning butun ijodi o‘ziga dushman bo‘lgan Rim nobillarining illatlarini fosh qilishdan iborat.
Eramizdan avvalgi I asrda (100—44-yillarda) yashagan va shu davrning eng yorqin siyosiy arboblaridan biri bo‘lgan Gay Yuliy Sezarning asarlari ham sub’ektiv va bir yoqlama asarlardir. Sezarning «Gall urushlari haqidagi yozmalar» nomli xoti- ralari uning eng muhim tarixiy asaridir. Bu asar eramizdan avvalgi 51-yilda nashr qilingan. Eramizdan avvalgi 52—51- yillardagi voqealarni «Ezmalar»ning VIII kitobida Sezarning do‘sti Girsiy bayon qilgan. Ammo uning kitobi uslubi jiqatdan Sezar kitoblaridan xiyla qolishadi, buni avtorning o‘zi ham tan olgan.
Shubhasizki, bu xotiralar yuksak tarixiy qimmatga ega. Ular Sezarning o‘z kuzatishlari, gallar va germanlarning hikoyalari, rasmiy hujjatlar, Sezarning, kvestor va pretorlarning senatga bergan ma’lumotnomalari asosida yozilgan. Bu xotiralarda eramizdan avvalgi 55- yildan boshlab to umumgallar qo‘zg‘oloni bostirilguncha (eramizdan avvalgi 51-yilgacha) rimliklarning Galliyadagi urush harakatlari batartib bayon etilgan. Geografik va etnik ma’lumotlar: gall va german qabilalarining ijtimoiy tuzumi, maishiy hayoti va urf-odatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda qimmatlidir.
Kuchlarning joylashtirilishi, istehkomlar qurilishi, ko‘priklar solinishi, janglarning borishi to‘g‘risidagi hikoyalar urush san’ati tarixi uchun muhimdir. Yozmalarning uslubi aniq va qat’iy, qisqa va epik jihatdan muloyimdir. Voqealar uchinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Hikoyalar ataylab xolisona yozilgan bo‘lsa-da, qadimgilar ham «Ezmalar» haqiqatga parvo qilmay yozilgan» deyishgan.
Avtor Rimning urush harakatlari qonuniy hol deb isbotlashga urinadi va voqealarni buzib ko‘rsatish, soxta ta’riflardan ham tap tortmaydi. Xullas, Sezar bu asarida o‘zining harakatlarini oqlashga urinadi.
Sezarning «Grajdanlar urushi haqidagi yozmalar» nomli ikkinchi asarida eramizdan avvalgi 49—48-yillarda yuz bergan voqealar tasvir etilgan. Bundagi materiallar juda ham bir yoqlama va g‘irt sub’ektivdir. Faktlar shunday tanlanganki, ular avtorga grajdanlar urushini boshlab yuborishda aybni o‘z dushmanlari ustiga qo‘yishga imkon bergan. Shunday bo‘lishiga qaramay, yozmalar Italiya va viloyatlardagi grajdan urushlarining tarixi uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
«Aleksandriya urushi», «Afrika urushi», «Ispaniya urushi» asarlari Sezar asarlarining davomidir. Ammo bu asarlarning avtorlarn noma’lum.
Avgust idora qilgan zamonda tarix va adabiyot esdan chiqib ketgan qadimgi prinsiplarni, chunonchi: sadoqat, diyonat va adolatni tiklashga yordam berishi kerak bo‘lgai. Tarixiy asarlar umum Rim dunyosining hujumi taqozo qilgan ruhiy yuksalishni aks ettirishi, o‘tmishga yakun yasashi lozim bo‘lgan. Bu masalalar Italiyadagi Paduya shahrining ritori Tit Liviyning «Shahar bino bo‘lishdan boshlab Rim tarixi»da xiyla to‘la bayon qilingan. Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o‘zi yashagan davrgacha o‘tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan.
Uning bu g‘oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo‘lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa ba’zi kitoblaridan parchalar saqlangan, xolos.
Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha, tarix o‘rnak bo‘la oladigan namunalarni ko‘rsatishi, «bizning avlodimiz ko‘p yillar davomida ko‘rib kelgan ofatlardan qanday qilib saqlanish»ga o‘rgatishi lozim.
Tit Liviy voqealarning sababli bog‘lanishlarini aniqlash, ularni izohlash va bu voqealar rostmi-yo‘qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlarigaxos tarixiy tanqidlar yo‘q. Tit Liviy Sitseronga taqlid qilishga uringan-u, bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uiing birini ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qahramonlari bir xil chiroyli fikr yuritishadi. bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi.
Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bo‘lmish asarlari, avtorning fikricha, kitobxonga chuqur ta’sir qilmog‘i lozim bo‘lgan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V. G. Belinskiy aytganidek, san’atkorning asari, san’at asaridir.
Eramizdan avvalgi I asrda grek yozuvchilari — Diodor Sitsiliyskiy — (eramizdan avvalgi 90—21-yillar) va Tit Liviyning zamondoshi Dionisiy Galikarnasskiyning asarlari qam paydo bo‘lgan. Bu avtorlarning ikkalasi ham Rim tarixining «obzori»ni berishga urinishgan. Diodor Sitsiliyskiyning 40 kitobdan iborat «Tarixiy kutubxonasi»dan atigi XI—XX jildlargina saqlangan. Dionisiy Galikarnasskiyning «Qadimgi Rim yodgorliklari» asarining taqdiri ham xuddi shunday. Uning 20 ta kitobidan faqat o‘ntasi (birinchi yarmi) bizgacha yetib kelgan, xolos. Qolgan o‘ntasidan esa ayrim parchalar saqlanib qolgan.
Diodor Sitsiliyskiyning asarida Rimning qadimgi tarixiga doir ba’zi ma’lumotlar bor. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni to‘g‘risidagi axborot Rim respublikasidagi sinfiy kurash tarixi uchun muhim qimmatga ega. Bu axborot asarning terma xarakterda bo‘lishiga qaramay, bizni Sitsiliyada yuz bergan voqealar bilan mufassal tanishtiradigan birdan-bir manbadir.
Dionisiy Galikarnasskiyning «Qadimgi Rim yodgorliklari» da ham etnografiyaga va Italiyaning eng qadimgi tarixiga doir muhim material bor.
Katon va Varronning asarlari respublika davridavi Italiya qishloq xo‘jaligini o‘rganish manbaidir. Katon «Dehqonchilik to‘g‘risida» degan asar yozgan, bu asar to‘la ravishda bizga yetib kelgan. Avtor dehqonchilikni sharafli ish va Rim grajdanining hamma tan olgan himmatlarndan biri deb bilib, markazni Igaliyaga xos namupali va endi bozor bilan ish qiladigan o‘rtacha imenieni tasvirlagan. Katon shaxsan o‘z tajribasi va kuzatmalariga asoslanib qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini, qishloq xo‘jalik qurollari- ni va agrotexnika usullarini tavsiflab bergan. Katon o‘z asarida o‘rtacha imenielarning tovar mahsuldorligi to‘g‘risida hukm yuritishga imkon beruvchi ba’zi ma’lumotlarni keltirgan.
Katonning asari eramizdan avvalgi II asr quldorlarining yer-mulk tuzilishiii tadqiq qilishda katta ahamiyatga egadir.
Tarix, notiqlik san’ati, falsafa, geografiya, huquqshunoslik va matematika bilan qiziqqan Rim adibi Mark Terensiy Varron (eramizdan avvalgi 116—27-yillar) o‘z zamonining eng mashhur olimi bo‘lgan. Ko‘p rimliklar singari u ham eramizdan avvalgi I asrda yuz bergan qizg‘in voqealar ichida qaynagan. Senat partiyasi tarafdori bo‘lmish Varron Pompey tomonida turib grajdanlar urushida qatnashgan, ammo Sezar uni kechirgan va uning topshirig‘i bilan Varron Rimda xalq kutubxonasini tashkil qilgan.
Varron grajdanlar urushi tamom bo‘lgandan keyin qolgan butun umrini ilmiy ishga bag‘ishlagan. Uning «Qadimgi yodgorliklar»i ensiklopediya xarakteridagi katta asardir. U lotin tilini tadqiq qilgan, o‘z zamonidagi urf-odatlarni mazax qi- luvchi satira yozgan. Afsuski, Varronning juda ko‘p asarlaridan faqat ba’zi birlari: «Lotin tili to‘g‘risida» va dalachilik, bog‘dorchilik, tomorqa xo‘jaligidan qo‘llanma bo‘lgan «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida»gi ilmiy asarlarigina bizning zamonimizgacha saqlanib kelgan.
Varronning keyingi bu asarida dalachilik xo‘jaligi to‘g‘risida, yangi ekin (bug‘doy, polba) to‘g‘risida ma’lumotlar bor, unda qishloq xo‘jalik mehnat qurollari ta’riflab berilgan. Asarda tokchilik, bog‘dorchilik, yaylov chorvachiligi, parrandachilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Varronning imenieda ish kuchi — erkin kuchlar va qullardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlari katta qimmatga egadir. Tarixchi qulga gapiradigan mehnat quroli sifatida antiqa tavsif bergan.
Varronning bu ilmiy asari Italiyaning eramizdan avvalgi I asr qishloq xo‘jaligini o‘rganish uchun maroqli manbadir. Bu asardagi ma’lumotlarni Katonning «Dehqonchilik to‘g‘risida»gi asarida berilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘rilganda eramizdan avvalgi II va I asrlarda Italiyadagi o‘rtacha imeniening evolyusiyasini shuningdek ishlab chiqarishning quldorlik usuli rivojlaiishidagi asosiy yo‘lni aniqlashga imkon tug‘iladi.
Rim imperiyasi davrining tarixchilari. Prinsipat davrida o‘z zamoni va Rim respublikasining so‘nggi asr tarixini yozgan latin va grek adiblari yashagan.
O’zlari yashagan zamondagi Siyosiy hayotni tasvirlab asar yozgan dastlabki latin avtorlaridan biri Velley Paterkuldir (taxminan eramizdan avvalgn 20 va eramiziing 30-yillari). Harbiy xizmatchi hamda Avgustning o‘gay o‘g‘li va vorisk bo‘lmish Tiberiyning yaqin kishisi Velley Rimning o‘tmish tarixiga qisqacha obzor berib, Avgust prinsipati va u idora qilgan dastlabki yillarning harbiy va siyosiy tarnxini xayrixohlik bilan mufassal bayon qilgandir. Iosif Flaviyning (taxminan 37—90-yillar) adabiy faoliyati eramizning I asriga mansubdir. Ellinlashgan yahudiy zodagonlaridan chiqqan, Rimga qarshi qo‘zg‘olonda ishtirok qilgan Iosif Flaviy keyinchalik rimliklar tomoniga o‘tib ketib imperator Vespasianning yaqin kishisi bo‘lib qolgan. Iosif Flaviy grek tilida «Yahudiylar urushi tarixi», «Tarjimai hol» va «Yahudiylar arxeologiyasi» ni yozgan. Iosif Flaviy o‘z asarlarida o‘z vatanining ellinistik va Rim davri tarixini mufassal tasvir qilgan. U eramizdan avvalgi I asrda o‘tgan grajdanlar urushi davri to‘g‘risida, Avgust va vorislarning sharqiy viloyatlarga va qo‘shni davlatlarga (Armaniston, Parfiyaga) nisbatan olib borgan siyosatlari to‘g‘risida muhim tafsilotlarni aytib bergan. Rimda eramizning 41 yilida respublika tuzumini tiklash yo‘lidagi urinishlar to‘g‘risida bergan ma’lumotlari g‘oyat muhimdir.
Korneliy Tatsit (taxminan 54—120-yillar) bu davrning eng mashhur tarixchilaridandir. Zodagon suvori oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo‘lgan. U mashhur lashkar boshi Yuliy Agrikolaning yaqin do‘sti bo‘lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qahridan qo‘rqib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian halok bo‘lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytgan. So‘ng u senator bo‘lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning adabiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir.
Tatsit eramizning 68-yilidan to 96-yiligachz bo‘lgan davrni ichiga olgan «Tarixlar» ni, Avgustning o‘limidan (eramizning 14-yili) Neronning halokatigacha (eramizning 68-yili) bo‘lgan davrning «yilnomalar»ini, shuningdek «Germaniya» nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu so‘nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog‘idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan.
Tatsit o‘z asarlarida, ayniqsa «yilnomalar» ida Rimning o‘tmish respublika davrini ko‘klarga ko‘tarib maqtagan bo‘lsa, o‘z zamonasining siyosiy tartibotini, Yuliy — Klavdiylar sulolasidan bo‘lgan imperatorlarning o‘zboshimchaligi va istibdodini qattiq qoralab yozgan. F. Engels Tasntni eski Rim patritsiylari tafakkurining so‘nggi namoyandasi degan edi.
Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o‘zining bayon qiladigan materialini asl hujjatlar asosida sinchiklab o‘rganib chiqqan. «Yilnomalar»ida keltirilgai nutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamona-
mizgacha saqlanib qolgan. «Tarixlar» ining uchdan bir qismigina saqlangan. «Yilnomalar» ining ko‘p qismi saqlanmagan. Shunday bo‘lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to‘g‘risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi.
Svetoniy Trankvilla (taxminan 70—160-yillar) asarlari Tatsit qissalariga muhim qo‘shimchadir. Pretoriy tribunning farzandi, advokat va bir necha vaqt davomida imperator Adrianning kotibi bo‘lmish Svetoniy joyidan mahrum bo‘lgandan keyin adabiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. U o‘z asarlarini kitobxonlarga manzur va mashhur qylish uchun xilma-xil mavzularda, shu jumladan mashhur arboblarning tarjimai hollarini ham yozgan. Uning asarlaridan eng mashhuri (Yuliy Sezardap tortib Domitsian Flaviygacha) «Un ikki Sezarning hayot qissasi»dir.
Svetoniy siyosiy voqealarning borishini muntazam suratda bayon qilishga urinmagan. U tasvir qilingan shaxslarning urf- odatlarini, ularning illatlarini xarakterlab bergan; u yozgan tarjimai hollar latifanamo materiallar bilan to‘ldirilgan. Lekin Svetoniy imperator arxividan foydalanib ish qilgani tufayli, uning asarlarida mayda-chuyda narsalar bilan birga eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixining muhim xislatlari to‘g‘risida ilmiy tasavsur paydo qilish uchun qimmatli faktik materiallar ham bor.
Plutarx ham tarixiy tarjimai hollar janrida yozgan. Lekin u yozgan tarixiy tarjimai hollardan faqat ikki imperatorning — Oton bilan Galbaning hayot qissalarigina
saqlangan.
II asr bilan III asr o‘rtalarida (155-taxminan 235-yillar) qadim zamonning mashhur tarixchisi Dion Kassiy yashagan. U Nikiyada tug‘ilgan. Buvasi Dion Xrisostom mashhur notiq va adibdir. Dion Kassiyning otasi Rim senatori va viloyatlardan birida noib bo‘lgan. Dion Kassiyning o‘zi ham senat a’zosi bo‘lib, viloyatlarda noib va imperiyada katta ma’muriy lavozimlarni egallagan. Qarigandan keyin o‘z vataniga qaytib kelib, qadimgi zamonlardan to eramizning 235-yiligacha bo‘lgan davrni ichiga olgan mufassal «Rim tarixi» ni yozgan. Grek tilida yozilgan bu g‘oyat katta asardan ayrim parchalargina saqlangan. Dion Kassiy asarlaridan ba’zilari Vizantiyada yozilgan konspektlar tarzida davrimizgacha yetib kelgan. Avgust prinsipati bayoniga doir bo‘limlar juda qiziqarli bo‘lish bilan birga, eramiz- ning I—II asrlaridagi Rim imperiyasining tarixiy taraqqiyoti asoslariga oid umumiy bayonlar ham hozirgi zamon tarixchisi uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi.
Eramizning III asrida yuz bergan siyosiy krizis adabiy mashg‘ulotlarga qulaylik bermagan. IV asr boshlarida imperiyaning siyosiy birligi tiklangandan keyingina yangi tarixiy asarlar paydo bo‘la boshlagan. «Avgustlar tarixini yozgan adiblar» to‘p
lami o‘sha davrdagi asardir. Bu to‘plamda imperator taxtini egallagan yoki egallashga uringan hamma shaxslarning (hajmi, mazmuni va uslubi xilma-xil) tarjimai hollari kiritilgan. To‘plamga kirgan ocherklar bayoni g‘aliz, yuzaki va umuman primitiv bo‘lsada, III asrdagi imperiya krizisi davridagi ba’zi paytlar to‘g‘risida ko‘pincha yozma hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Suriya Antioxiyasidan chiqqan grek Ammian Marsellin (taxminan 330—400-yillar) antik dunyoning mashhur tarixchisidir. Zodagon oiladan chiqqan Marsellin yigitlik yillarini harbiy xizmatda o‘tkazgan. U Yulian Murtad armiyasining Eronga qarshi urushida va boshqa urush harakatlarida qatnashgan. Harbiylikdan bo‘shagandan keyin Tatsitning asarini davom ettirishga qaror qilib «Amallar» degan nom bilan katta asar yozgan. Marsellining asari 96-yildan 378-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. U siyosiy tarixni, ayniqsa harbiy tarixni mufassal bayon qilgan. Hozirgi vaqtgacha avtor asarining faqat tarixchi o‘zi yashagan zamondagi voqealarni tasvirlagan ikkinchi yarmi( 354—378-yillar) saqlangan xolos.
Marsellin Rimning tarixiy roliga g‘oyat yuksak baho berib, Rim jamiyati va davlatining tanazzul xislatlarini g‘oyat afsuslanib ta’kid qilgan. Bu tanazzulning sababini u Rim zodagonlarining haddan tashqari illatlari, tantiqligida, fisq- fasodida deb bilgan. U ayniqsa saroy ahillarini va imperatorlarning o‘zlarini qattiq tanqid qilgan, IV asrning 70-yillar oxirlarida Rim imperiyasi boshiga tushgan kulfatlar uchun o‘shalarni javobgar deb hisoblagan. O’z davrining vakili bo‘lmish Marsellin tarixiy voqealarga «taqdir» ning ta’sir etishiga ishongan, irimga ishongan. Lekin uning bu kamchiliklari asarlarining ahamiyatini kamsita olmaydi, uning asarlari Rim imperiyasining tanazzul davridagi tarixining yorqin manbai bo‘lib qolaveradi.
Geograflar (Strabon, Pomponiy Mela, Qlavdiy Ptolemey) ning asarlarida Rim imperiyasi tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.
1 asrning ensiklopedisti — Qatta Pliniyning «Tabiiy tarix»ida muhim material bor. Kichik Pliniy (I asr oxiri II asr boshlari) yozishmalarida, imperatorlar sharafiga aytilgan «madhiyalar»da, badiiy adabiyot asarlarida, qonunlar majmualarida ham muhim ma’lumotlar bor. IV asrda xristiap adiblarining ham asarlari paydo bo‘la boshlagan. Ulardan yepiskop Yevseviyning (263—340-yillar) «Cherkov tarixi», Gippon shahrining yepiskopi Avgustining (354—430-yillar) «Xudo shahri to‘g‘risida» nomli kitobi birmuncha muhim asarlardir.
Arxeologiya yodgorliklari (obidalar). O’rta dengiz sohilidagi mamlakatlarda Rim imoratlarining juda ko‘p qoldiqlari saqlangan.
Qadimgi Italiyaning respublika zamoniga mansub arxeologiya yodgorliklari juda ham xilma-xildir: qadimgi shaharlar, manzillar, villalarning qoldiqlari, maqbaralar, ibodatxonalar, gidrotexnika inshootlari, qadimgi dehqonchilik dalalari,dehqonlarning mehnat qurollari, istehkomlar (mudofaa devorlari,tuproq tepalar,to‘siqlar) ana shunday yodgorliklardir. Imperiya davrining Pompey va Timgad shaharlari deyarli butunicha, Illiriya Apolloniysi, Kiprdagi Salamin, Akvink shaharlarning qoldiqlari bu kungacha saqlangan. Butun yoki qisman saqlangan amfiteatrlar, ibodatxonalar, ko‘priklar, osma quvurlar bor. Juda ko‘p qadimgi tosh tobutlar, maqbara yodgorliklari, haykallar, qadama suratlar, qurol-yarog‘lar va xo‘jalik qurollari saqlangan. Bu yodgorliklar qadimgi avtorlar bergan ma’lumotlarning ba’zi bir afsonaviy materiallari va adabiy an’analarining rostligini aniqlashga imkon beradi. Arxeologiya qazilmalari Apennin yarim orolidagi dastlabki manzillarning, Etruriyadagi shahar-davlatlarning, Italiya ja- nubidagi grek shaharlari va Qadimgi Rimning paydo bo‘lish vaqti va xarakterini aniqlab beradi, qadimgi Italiyada yashagan ayrim xalqlar o‘rtasida va ular bilan Bolqon yarim orolida yashagan xalqlar o‘rtasidagi asosiy iqtisodiy va madaniy aloqalarni belgilashga yordam beradi.
Qishloq joylardagi manzillarni o‘rganish antik arxeologiyadagi yangilikdir. Bu manzillarning geografik jihatdan joylashishini, asbob-uskuna topilmalarini. oziq-ovqat qoldiqlarini tekshirish Italiya va viloyatlaridagi agrar munosabatlarning qanday rivojlanib borganligini aniqlash uchun g‘oyat katta material beradi.
Qadimgi yozuvlarni o‘rganish (epigrafika). Qadimgi yozuvlar asosan keyingi respublika va imperiya tarixini o‘rganish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Ammo undan oldingi davrlarga oid yozuvlar, Tit Liviy bergan ma’lumotga ko‘ra, eramizdan avvalgi ZEO- yili Galliya yong‘inida yo‘q bo‘lib ketgan. Ular asosan qadimgi avtorlar bergan ma’lumotlardan ma’lumdir. Eng qadimgi yozuvlar eramizdan avvalgi VIII—VII asrlardagi etrusklarga mansubdir. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlardagi etrusklarga aloqasi bo‘lmagan yozuvlar Pitsendan topilgan. Eramizdan avvalgi VI asrga mansub ilk latin qadimiy yozuvlari — odatda Prenestin tuqasi deb ataladigan oltin tuqadagi yozuv, Rim maydonidan, afsonaviy Romul qabri joylashgan yerdan topilgan «Qora tosh» dagi yozuv lotin tilining kelib chiqishi masalasini o‘rganish uchun muhimdir.
Eramizdan avvalgi III—I asr yozuvlari har xildir. Bag‘ishlangan yozuvlar, biron muhim voqeaga yoki tarixiy shaxsga bag‘ishlab o‘rnatilgyn faxrli yozuvlar (masalan, eramizdan avvalgi 260 - yili konsul Duiliyning rostr1 ustunidagi yozuvda


Rim
1 Notiqlar chiqib gapiradigan keng supa flotining Karfagen floti ustidan g‘alaba qilganligi aytilgan), hujjatli yozuvlar (ko‘pincha shahar maydonlariga o‘rna- tilgan faxriy lavhalarga yozilgan, konsullar va mansab egalarining dekretlari, qonunlari, farmoyishlari), qabr toshlaridagi yozuvlar. Bu xil yodgorliklarning eng qadimgisi eramizdan avvalgi 298 yili konsul L. Korneliy Ssipion Barbatning qabr toshiga bitilgan arxaik yozuvdir. Bu yozuv ilk Rim respublikasining siyosiy arboblarini, qadimgi Rim ideologiyasini tavsiflash uchun muhimdir.
G‘ishtlarga o‘yilgan shtempellar, ro‘zg‘or buyumlaridagi tamg‘a va yozuvlar yana qo‘shimcha ma’lumotlar beradi.
Tosh taxta (stela) larga o‘yilgan qishloq xo‘jalik qurollari, hunarmandlarning ish qurollari, maishiy hayot manzaralarini ko‘rsatuvchi suratlar, shahar va qishloqlarda yashovchi ijtimoiy guruhlarning mashg‘ulotlari, turmush tarzi to‘g‘risida hukm yuritishga, imkon beradi.
Yozuvlar ko‘pincha bir tomonlama, uziq parchalardan iborat bo‘lsada, bevosita manba bo‘lganligidan ular boshqa xil ma’lumotlar bilan solishtirilganda qadimgi Italiya aholisinipg etnik sostavi to‘g‘risida, Rim davlatining siyosiy, ma’murii vasudlarning hayoti to‘g‘risida,aholining ideologiyasi to‘g‘risida, shahar, qishloq va qabilalarning chegaralari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berishi mumkin.
Numizmatika (qadimgi pullar) manbalari. Qadimgi pullardan iborat yodgorlik manbalar respublika tarixini o‘rganish uchun muhim material beradi. Numizmatik topografiya, ya’ni topilgan tanga pullar va xazinalarning kartasini tuzish Rim davlati yashagan ma’lum vaqtlarda u pullar qaysi joylarda tarqalganligini aniqlashga imkon tug‘diradi. Shu bilan birga u Rimning iqtisodiy jihatdan antik dunyoning yangi ob- lastlariga kirib borgan yo‘lini tasavvur qilishga, savdo-sotiq aloqalarini, pul muomalasining xususiyatlarv va sostavini aniqlashga imkonberadi. Respublika davridagi tangapullardagi yozuvlar, mansab egalarining suratlari, ularning emble- malari Rimning xo‘jalik va siyosiy tarixini, ba’zan esa sinfiy va mafkuraviy kurashini aniqlaydi.
Afsonaviy manzaralar, rimliklar sig‘ingan har xil xudolarning suratlari solingan tanga pullar Qadimgi Rim aholisining diniy tasavvurlari haqida ma’lumot beradi. Tanga pullarni o‘rganishsan’at, arxitektura tarixiga yordam ko‘rsatadi, negaki u pullarda ko‘pincha qadimgi binolarnipg suratlari, eng mashhur haykallarning suratlari zarb qiliigan bo‘ladi. Numizmatika metrologiya bilan, ya’ni o‘lchovlar — og‘irlik, suyuq va to‘kiluvchan jismlar to‘g‘risidagi fan bilach chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, metrologiya Rim va uning viloyatlaridagi tovar-pul muomalasi tarixi uchun ham manbadir.
Adabiy, arxeologiya, epigrafik va numizmatik manbalarning hammasini kompleks tarzda taqqoslab o‘rganish respublika davridagi Rim davlatining markaziy oblastlarida ham, shuningdek, mahallalarda ham yashagan qabilalar va elatlar tarixiga oid asosiy problemalarnnng asl mazmunini tiklashga imkon beradi.

Yüklə 51,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə