Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochildi


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi



Yüklə 230,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.04.2023
ölçüsü230,04 Kb.
#106969
1   2   3
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Qandim gazkondensat konlari guruhi negizida bunyod etilgan mazkur sanoat korxonasi
O'zbekiston – Rossiya hamkorligining yuksak namunasidir. Uning ishlab chiqarish
quvvati yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga mo'ljallangan. Majmua
to'la quvvat bilan ishlaganda 212 ming tonna sof oltingugurt, 134 ming tonna
barqarorlashtirilgan gaz kondensati olinadi, tozalangan tabiiy gaz eksportga
yo'naltiriladi. 
Davlatimiz rahbari majmuaning texnologik jarayonini ko'zdan kechirdi. Laboratoriya va
markaziy boshqaruv pultida bo'ldi. 
Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga gaz qazib olish va yig'ish tizimi, ikkita gazni
qayta ishlash texnologik tarmog'i, mahsulotlarni ortish va tashish uchun terminallar,
magistral gaz quvuri orqali tabiiy gazni eksport qilish hamda muhandislik va
energoresurslar bilan ta'minlash qurilmalari kiradi. Bu yerga gaz ikkita tabiiy gaz yig'ish
punktiga birlashtirilgan 114 quduqdan keladi. 
Loyiha doirasida Qorako'l tumanining olis cho'l hududida 1 ming 150 kishiga
mo'ljallangan zamonaviy shaharcha bunyod etildi. U yerda ishchilarning yashashi va
dam olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Bundan tashqari, 500 kilometrlik texnologik va
quvur tarmoqlari, 280 kilometrdan ortiq yo'llar, 50 kilometrlik temir yo'l, 272 kilometrlik
elektr uzatish liniyalari barpo etildi. 
2 / 4


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Korxona ma'muriy binosida majmuaning ishga tushirilishiga bag'ishlangan marosim
o'tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak, "Lukoyl"
kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari
vakillari, zavod ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari
xodimlari ishtirok etdi. 
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi. 
Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar
sanoatning yetakchi yo'nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Yoqilg'i-energetika tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani,
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O'zbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha
sohada jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. 
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr
Novak o'qib eshittirdi. 
"Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi
muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana
mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, cho'ldagi mo'jizaga aylangan ushbu majmua
O'zbekistonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, inson manfaatlarini ta'minlashga
qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini ta'kidladi. 
Shundan so'ng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy
tugma bosildi... 
3 / 4



Yüklə 230,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə