Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Yo‘lovchilarning majburiyatlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

5-bob. Yo‘lovchilarning majburiyatlari
23. Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘liq to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi
tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga
chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati
qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur Qoidalarning 
9-bandiga 
muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport
vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl yoki mopedlarda harakatlanishidan
oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.
24. Yo‘lovchilarga:
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga
xalaqit berish);
harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk
ustida o‘tirish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari)
chiqarish taqiqlanadi.
Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.
6-bob. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari
25. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi
mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat
vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 
7-bobi
(tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 
9 — 16

19-20
 va 
22 boblari


va 
2-ilovalari 
talablaridan
chetga chiqishlari mumkin.
Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun tezkor va
maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud
ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart.
Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan
foydalanishlari mumkin.


Ushbu imtiyozdan tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-
yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan
kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanadilar.
Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi
shart.
26. Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-
yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport
vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport
vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart.
Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi.
27. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi
mayoqchasini yoqib to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur
bo‘lgan hollarda harakatlanish tezligini darhol to‘xtash imkoniyatini beradigan darajada
kamaytirishlari shart.
28. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi
hollarda yoqilgan bo‘lishi kerak:
yo‘lda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan,
nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda;
yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 
164-bandida
belgilangandan ortiq bo‘lgan, shuningdek, og‘ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni
tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;
portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan
moddalarni tashishda;
umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo‘llarida velosipedchilarning tashkiliy
jamlanmasini kuzatib borishda.
Yoqilgan zarg‘aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo‘l
harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
29. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining
haydovchilari yo‘l qurilishi, ta’mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz
bo‘lgan, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda,
tashishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo‘l belgilari (2.2, 2.4
— 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yo‘l belgilaridan tashqari), yo‘l chiziqlari hamda 
67 — 71 
va 
121-bandlari
talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
Yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 
164-bandida
belgilangandan ortiq bo‘lgan, og‘ir vazn va katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositalarining
hamda ularni kuzatib kelayotgan zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari
yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat xavfsizligini ta’minlash sharti bilan yo‘l
chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə