Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Chorrahalarda harakatlanish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

14-bob. Chorrahalarda harakatlanish
96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan
o‘tayotgan 
piyoda(lar)ga, 
shuningdek 
velosiped 
yo‘lkasidan 
yo‘lni 
kesib 
o‘tayotgan
velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.
97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport
vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirishi, agar to‘xtash
chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi
taqiqlanadi.
98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan
chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi
bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga
solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga
amal qilishlari shart.
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib
kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.


15-bob. Tartibga solingan chorrahalar
99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz
transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga
burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga
amal qilishlari kerak.
100. Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha
tarmoqning ko‘rsatkichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa
yo‘nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga
bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish
huquqiga ega bo‘ladi.
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining
yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda
harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda
svetofor ishoralaridan qat’iy nazar, mo‘ljallangan yo‘nalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak.
Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash
chiziqlari (yoki 5.33 yo‘l belgisi) bo‘lsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.
103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni
tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan
piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə