Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

27-bob. Yuk tashish
160. Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan va ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport
vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to‘g‘ri joylashganligiga va
mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini
va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi:
agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa;
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan
o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan
ishoralarni ko‘rishini to‘smasa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va
oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to‘kiladigan (issiq asfalt,
yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o‘zi ag‘daruvchi
avtotransport vositalarida majburiy tartibda amaldagi standartlar asosida brezent (zichligi 660 g/m
dan kam bo‘lmagan) yoki polivinilxlorid qoplamali (zichligi 900 g/m dan kam bo‘lmagan)
materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib,
yuza qismi to‘liq yopilgan bo‘lsa. Bunda tent bortni har tomondan 200±50 mm dan kam bo‘lmagan
holda yopishi va mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim;
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-sonli
qaroriga 
asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-
y., 09/23/406/0625-son)
avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va
og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat
tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki
boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa;
shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof muhitni iflos qilmasa;
yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan
(maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va
uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida
sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi
harakatlanishni to‘xtatishi shart.
163. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga
gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik
2
2


belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa
bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli
chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
164. Katta hajmli va og‘ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki
yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va
balandligi yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim
tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport
vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining
harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.
Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda
belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi.
Transport vositasida xalqaro yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan
holda belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə