Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

23-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish
134. Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning
yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositasida quyidagi yoritish
asboblari yoqilgan bo‘lishi kerak:
barcha mexanik transport vositalarida va mopedlarda — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara
chiroqlari;
velosipedlarda — fara yoki chiroqlar (agar mavjud bo‘lsa);
tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida — gabarit fara chiroqlari.
135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
yoqilishi kerak:
yo‘l yoritilgan bo‘lsa;
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda,
shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-
vaqti bilan o‘chirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko‘proq masofada;
qarama-qarshi va bir yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko‘zini qamashtirishi
mumkin bo‘lgan boshqa barcha holatlarda.
Ko‘zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo‘lagini
o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak.
136. Sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha
ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari
yoqilgan bo‘lishi kerak.
Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha ravishda yaqinni
yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari
yoqilishi mumkin.
137. Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin:
yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni
yorituvchi fara chiroqlari bilan;
sutkaning qorong‘i vaqtida yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi
fara chiroqlari bilan birga;
ushbu Qoidalarning 
138-bandida
ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
o‘rniga.
138. Sutkaning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi
kerak:
transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalarida;
bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;


mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport
vositasida);
kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida;
mototsikl va mopedlarda.
139. Konstruksiyasida projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlari bo‘lgan transport
vositalaridan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida;
qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda.
Aholi punktlarida esa bunday fara chiroqlaridan foydalanishga faqat ushbu Qoidalarning 
25 
va
28-bandlarida
ko‘zda tutilgan transport vositalari haydovchilariga ruxsat etiladi.
140. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda qo‘llash
mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini to‘xtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash
taqiqlanadi.
141. “Avtopoyezd” taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning
qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish paytida
ham yoqib qo‘yilishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə