Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

26-bob. Odam tashish
152. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C”
toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan (odamlar soni kabinadagi
yo‘lovchilarni ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lmasa) va shu toifadagi transport
vositasini kamida 3 yil davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Yuk transport vositalarining yukxonasida tashiladigan odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni
ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda, haydovchi mazkur bandning 
birinchi
xatboshida
belgilangan talablarga qo‘shimcha “D” toifadagi transport vositalarini boshqarish
huquqiga ham ega bo‘lishi kerak.
Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruxsat berish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
153. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam
bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan
o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
154. Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni
olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda
ular bort sathidan pastda o‘tirish uchun o‘rindiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
155. Shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy
ravishda tashish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son 
qarori 
hamda 2003-yil 4-
noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar
tashish xavfsizligini ta’minlashga doir 
talablarga 
muvofiq amalga oshiriladi.
156. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib
boruvchi(lar) bo‘lishi shart.
Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga “Bolalar guruhini tashish”
taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak.
157. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo‘lovchilarga xavfsizlik choralari, avtomobilga
chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.
Haydovchi 
harakatni 
boshlashdan 
oldin 
yo‘lovchilarni 
xavfsiz 
tashish 
sharoiti
ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
158. Haydovchi transport vositasi to‘liq to‘xtagandan keyin yo‘lovchilarning chiqishi va
tushishida ularning xavfsizligini ta’minlashi kerak. Eshiklar yopilgandan so‘ng harakatlanishni
boshlashi va to‘liq to‘xtamaguncha ularni ochmasligi shart.


159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk
yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk
mototsikllari yukxonasida;
Mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab
turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq
bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat
etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə