Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Avtomagistrallarda harakatlanish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

19-bob. Avtomagistrallarda harakatlanish
121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar,
texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport
vositalarining harakatlanishi;
yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa
joylarda to‘xtash;
ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.
122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning
8-bobi
talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan tasmaga (qatnov
qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ngroqda) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi
kerak.
20-bob. Turar joy dahalarida harakatlanish
123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da
piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar
imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit
bermasliklari kerak.
124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:
mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish;
dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish;
ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan,
yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.
125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi
inshoot, qurilma va o‘simliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.
126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l
berishlari kerak.
127. Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer
uchastkasiga) ham tegishlidir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə