Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

18-bob. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish
116. Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali
poyezd (lokomotiv, drezina)larga yo‘l berib kesib o‘tishlari lozim.
117.Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib uni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchi kesishma
navbatchisining ko‘rsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yo‘l belgilariga, yo‘l chiziqlariga,
shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo‘qligiga ishonch
hosil qilish shart.
118. Quyidagi hollarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda,
kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda;
shlagbaumning holatidan va bor-yo‘qligidan qat’iy nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan
turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatsa);
agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada to‘xtashga majbur qiladigan tirbandlik
paydo bo‘lsa;
agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina)
yaqinlashayotgan bo‘lsa.
Bundan tashqari:
kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib
aylanib o‘tish;
shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish;
transport holatiga keltirilmagan qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, qurilish va boshqa mashina
hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib o‘tish;
temir yo‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo‘lgan
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l
belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum
bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
120. Temir yo‘l kesishmasida majburan to‘xtab qolgan transport vositasining haydovchisi
darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo‘shatish choralarini ko‘rishi;
Shu bilan bir vaqtda haydovchi:
imkoniyati bo‘lganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga to‘xtash ishorasini berish
qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo‘l yoqasi bo‘ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga
(agar bir kishi bo‘lsa — uni yo‘l yaxshi ko‘rinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar ishorasini berishi;
poyezd ko‘ringanda to‘xtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.


To‘xtash ishorasi qo‘lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko‘rinadigan biror narsa bilan,
tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə