Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

12-bob. Quvib o‘tish
82. Quvib o‘tishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib:
o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh
ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat
qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish)
ishorasini bermayotganligiga;
quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari
egallagan qatorga qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
83. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan o‘zib
ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport
vositasini o‘zib ketish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.
84. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish
yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
85. Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish yo‘nalishiga
qaytishi shart.
86. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:


tartibga solingan chorrahalarda;
tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda;
ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida;
piyodalar o‘tish joylarida;
temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini;
tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida;
3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida.
87. Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta
hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib o‘tish qiyin bo‘lgan hollarda uning haydovchisi
ushbu transport vositasini iloji boricha yo‘lning o‘ng tomoniga olishi, zarur bo‘lganda esa orqasida
to‘planib qolgan transport vositalarini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtashi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə