Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

9-bob. Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish
53. Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish,
quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yo‘l harakati
qatnashchilarini harakatlanishiga xavf tug‘dirmasligi kerak.
54. Haydovchi yondosh hududdan yo‘lga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va
transport vositalariga, shuningdek, yo‘ldan chiqishda harakatlanish yo‘nalishini kesib o‘tayotgan
piyodalar va velosipedchilarga yo‘l berishi kerak.
55. Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan
yo‘lakay transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda,
haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa
barcha hollarda, haydovchi o‘ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo‘nalishda
harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari yoxud 1.18 yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi
o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi
tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga
xalaqit bermasligi kerak.
57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan
chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlanish tomoniga o‘tib
ketmasligi kerak.
O‘ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroqda
harakatlanishi kerak.
58. Agar transport vositasi o‘zining gabaritlari (eng katta tashqi o‘lchamlari) yoki boshqa
sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 
56-bandi
talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda, boshqa
transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.
59. Relssiz transport vositasining haydovchisi chorrahadan tashqarida chapga burilish yoki
qayrilib olishda qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanayotgan transport vositalariga va bir
yo‘nalishdagi tramvayga yo‘l berishi shart.
Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki
chap holatdan bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, uni qatnov qismining o‘ng chetidan (o‘ng yo‘l
yoqasidan) amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda haydovchi shu yo‘nalishdagi va qarama-qarshi
yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi shart.
60. Transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari kesishganda va o‘tish navbati
Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashayotgan transport
vositasiga yo‘l berishi kerak.
61. Sekinlashish bo‘lagi bor bo‘lgan yo‘lda burilmoqchi bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida ushbu
tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni
tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
62. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:
piyodalarning o‘tish joylarida;
tunnellarda;
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday
manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
temir yo‘l kesishmalarida;
yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
63. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat


tug‘ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning
 62-bandiga
 muvofiq qayrilib olish
mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə