Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Tartibga solinmagan chorrahalar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

16-bob. Tartibga solinmagan chorrahalar
104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan
harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport
vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yo‘lda
bir yo‘nalishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga
nisbatan imtiyozga ega.
105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining
haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay
haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport
vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan
haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal
qilishlari kerak.
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng
ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport
vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.
108. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa
(qorong‘i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali
yo‘lda deb hisoblashi kerak.
17-bob. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari
109. Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining
haydovchisi qatnov qismining shu yo‘nalishini kesib o‘tayotgan piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborish
uchun tezligini kamaytirishi yoki to‘xtashi shart.
110. Agar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi oldida transport vositasi harakatini
sekinlashtirsa yoki to‘xtasa, qo‘shni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu
transport vositasi oldida piyoda(lar) yo‘qligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina harakatlanishni
davom ettirishlari mumkin.


111. Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi
ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni
tugallashiga imkon berishlari kerak.
112. Piyodalar o‘tish joylaridan keyin paydo bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o‘tish
joyida to‘xtashga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, piyodalar o‘tish joyiga kirish taqiqlanadi.
113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq
hassa bilan ishora berayotgan ko‘zi ojiz piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborishi kerak.
114. Agar yo‘lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan
maydonchada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, haydovchi bekatda to‘xtagan yo‘nalishli transport
vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi kerak.
115. “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport
vositasi to‘xtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo‘lsa,
to‘xtashi va bolalarni o‘tkazib yuborishi shart.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə