Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

21-bob. Tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish
128. Agar yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi
yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan
transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yo‘l belgisi o‘rnatilgan yo‘l qismida tormoz tizimi ishlamay
qolgan transport vositasini to‘xtatish uchun haydovchi uni 5.40 yo‘l belgisi bilan belgilangan
avariyali holatlarga mo‘ljallangan yo‘lga yo‘naltirish kerak.
130. Yo‘lning 1.13 yo‘l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi
(ssepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
22-bob. Yo‘nalishli transport vositalarining imtiyozlari
131. Tramvay yo‘llari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan joylarda tramvay
relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylari bundan
mustasno).
132. Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari
bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.


Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-
uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta
tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik
sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va
tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
133. Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va
trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l
berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish
taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə