Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

2. Imtiyoz belgilari
Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida
harakatlanish navbatini belgilaydi.


2.1. “Asosiy yo‘l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi.
Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.
2.2. “Asosiy yo‘lning oxiri”.
2.3.1. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv”.
2.3.2, 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv”. 2.3.2 — tutashuv o‘ngdan, 2.3.3 — tutashuv
chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi
punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.4. “Yo‘l bering!”. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi
bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib
o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib
o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan
transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday
hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan
hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki
ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda
haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
3. Taqiqlovchi belgilar
Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ayrim taqiqlar, muayyan cheklovlar kiritadi yoki ularni
bekor qiladi.
3.1. “Kirish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
3.3. “Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan”.
3.4. “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan”. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5
tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida
ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek
traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan
yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5. “Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan”.
3.6. “Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan”. Traktorlar va o‘ziyurar uskunalarning
harakatlanishi taqiqlanadi.
3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan”. Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha
turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini shatakka olish
taqiqlanadi.
3.8. “Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan”. Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan
hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, chorva (poda) haydab o‘tish taqiqlanadi.
3.9. “Velosipedda harakatlanish taqiqlangan”. Velosipedda va mopedda harakatlanish
taqiqlanadi.
3.10. “Piyodaning harakatlanishi taqiqlangan”.
3.11. “Vazn cheklangan”. Haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport
vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12. “O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan”. Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irlik
belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.13. “Cheklangan balandlik”. Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan
ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14. “Cheklangan kenglik”. Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan
ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15. “Cheklangan uzunlik”. Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan
ortiq bo‘lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16. “Eng kam oraliq”. Belgida ko‘rsatilganidan kam bo‘ylama oraliq masofada harakatlanish
taqiqlanadi.
3.17.1. “Bojxona”. Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
3.17.2. “Xavf-xatar”. Yo‘l-transport hodisasi, avariya, yong‘in yoki boshqa xavf-xatar vaziyatlar
tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining bundan keyin harakatlanishi taqiqlanadi.
3.17.3. “Nazorat joyi”. Transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtincha
yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi.
Ushbu yo‘l belgisi 2.5 yo‘l belgisi bilan birga o‘rnatilishi mumkin.
3.18.1. “O‘ngga burilish taqiqlangan”.
3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.
3.19. “Qayrilish taqiqlangan”.
3.20. “Quvib o‘tish taqiqlangan”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka
transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. “Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.22. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan”. To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk
avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan
kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.24. “Yuqori tezlik cheklangan”. Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish
taqiqlanishini bildiradi.
3.25. “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”.
3.26. “Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan”. Yo‘l transport hodisasining oldini olish
hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.
3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq
mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan
transport vositalari bundan mustasno).
3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat
vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq
mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan
transport vositalari bundan mustasno).
3.29. “Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan
xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan
hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan
mustasno).
3.30. “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan
xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan
hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan
mustasno).
3.29 va 3.30 belgilari qatnov qismining qarama-qarshi tomonlarida bir vaqtda o‘rnatilganda,
qatnov qismining har ikkala tomonida soat 19:00 dan 21:00 gacha to‘xtab turishga ruxsat etiladi
(joyini o‘zgartirish vaqti).


3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga
bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.33. “Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati
taqiqlangan”.
3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8
belgilari ta’sir oralig‘ida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga,
shuningdek, ushbu belgilar ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki
ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari
belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27. belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-
tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi;
Ushbu Qoidalarning 
176-bandiga
binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan
avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari
talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida
to‘xtashga ruxsat etiladi.
3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga
tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin
chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri
qiladi.
Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa
doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan)
joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini
saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan
3.24 belgisini o‘rnatish bilan;
3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha
axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda
qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarning ta’sir hududi yo‘l chizig‘i uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomonida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning ta’siri faqat o‘sha
tomonga amal qilinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə