Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

6. Servis belgilari
Servis belgilari tegishli obyektlar joylashuvi haqida ma’lumot beradi.
6.1. “Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi”.
6.2. “Shifoxona”.
6.3.1. “Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi”.
6.3.2. Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi
6.3.3. Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi
6.4. “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi”.
6.5. “Avtomobillarni yuvish joyi”.
6.6. “Telefon”.
6.7. “Oshxona”.
6.8. “Ichimlik suvi”.
6.9. “Mehmonxona yoki motel”.
6.10. “Kemping”.
6.11. “Dam olish joyi”.
6.12. “YPX maskani”.
6.13. “Avtotashuvchilarning nazorat punkti”.
6.14. “Hojatxona”.
6.15. “Chiqindi yig‘ish joyi”.
6.16. Cho‘milish havzasi.
6.17. Ichki ishlar bo‘limi.
6.18. Radio aloqasi.
6.19. Jome’ masjidi.
6.20. Cherkov.
6.21. Ibodatxona.
6.22. Temir yo‘l vokzali.
6.23. Aeroport.
6.24. Bozor.
6.25. Turistik axborot markazi.
6.26. Qo‘riqxona.
6.27. Manzarali joy.
6.28. Me’morchilik yodgorligi.
7. Qo‘shimcha axborot belgilari
Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki
ularning ta’sirini cheklash uchun qo‘llaniladi.
7.1.1. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli
cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan
masofani ko‘rsatadi.
7.1.2. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yo‘l
belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, 2.4. yo‘l belgisi bilan o‘rnatilib, chorrahagacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.


7.1.3, 7.1.4. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan
masofani bildiradi.
7.2.1. “Ta’sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki
taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. “Ta’sir oralig‘i”.
7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’siri saqlangan oraliqni ko‘rsatadi.
7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’sir oralig‘i oxirini ko‘rsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir doirasida ekanliklari haqida
axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga o‘xshash joylar chetida to‘xtash va to‘xtab turish
taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining ta’sir oralig‘i va yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. “Ta’sir yo‘nalishlari”. Chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki
bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.4.1 — 7.4.10. “Transport vositasining turi”. Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari
turini ko‘rsatadi.
7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq
vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining
ta’siri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yo‘nalishsiz taksilarga, shuningdek, to‘liq
vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
7.5.1. “Shanba, yakshanba va bayram kunlari”.
7.5.2. “Ish kunlari”.
7.5.3. “Hafta kunlari”. Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi ko‘rsatilgan.
7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.5.5 — 7.5.7. “Amal qilish vaqti”. Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni
ko‘rsatadi.
7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi
transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini,
7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish
usulini bildiradi.
7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish
joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini
ko‘rsatadi.
7.8. “Pulli xizmat ko‘rsatish joyi”. To‘lov asosida xizmat ko‘rsatilishini bildiradi.
7.9. “To‘xtab turish muddati cheklangan”. 5.15 belgisi o‘rnatilgan to‘xtab turish joyida transport
vositalari to‘xtab turishining eng ko‘p muddatini ko‘rsatadi.
7.10. “Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi”. 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko‘rsatilgan
maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11. “Ruxsat etilgan to‘la vazni cheklangan”. Belgining ta’siri ruxsat etilgan to‘la vazni
qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport vositalariga
taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
7.12. “Xavfli yo‘l yoqasi”. Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi
haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
7.13. “Asosiy yo‘lning yo‘nalishi”. Chorrahada asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.14. “Harakatlanish tasmasi”. Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo‘lagini ko‘rsatadi.
7.15. “Ko‘zi ojiz piyodalar”. 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qo‘llaniladi,
piyodalar o‘tish joyidan ko‘zi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
7.16. “Nam qoplama”. Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini
ko‘rsatadi.


7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu
Qoidalarning 
176-bandiga
 muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun
ajratilganligini ko‘rsatadi.
7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 
175-bandiga
muvofiq
“Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19. “Foto va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus
avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi.
Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda
qo‘llaniladi.
7.20. “Xavfli yuk toifasi”. Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21. “Evakuator ishlamoqda”. 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport
vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 “To‘siq”. Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini ta’minlash
maqsadida o‘rnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi.
7.23. “Navbat bilan o‘tish”.
7.24. “Transport vositasining davlat raqami”.
7.25. “Faqat xizmat avtomobillari”.
7.26 “Sun’iy notekislik”.
Qo‘shimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga
joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yo‘l yoqasining,
trotuarning tepasiga o‘rnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtincha (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan
hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari
vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.
Transport svetoforlari
Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralari tik joylashgan;
ishoralari yotiq joylashgan;
qo‘shimcha tarmoqli;
harakatlanishni ma’lum yo‘nalishlarda tartibga soluvchi;
reversiv;
tramvay va yo‘nalishli boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi;
temir yo‘l kesishmalarda harakatlanishni tartibga soluvchi;
tartibga solinmagan chorraha va piyodalar o‘tish joylarini belgilaydigan;
korxona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatlanishni tartibga soluvchi.
Piyodalar svetoforlari.
Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralar tik joylashgan;
tovush ishorali;
qo‘l bilan boshqariladigan;
piyodalar harakatini tartibga soluvchi;
Elektron tablo yordamida boshqariladigan piyodalar svetofori;
Velosipedchilar svetoforlari.
Belgilangan tartibda o‘rnatilgan elektron yo‘l belgilari odatdagi yo‘l belgilari bilan bir xil
kuchga ega bo‘ladi.











Yo‘l harakati 
qoidalariga
2-ILOVA

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə