Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

28-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab
o‘tishga doir qo‘shimcha talablar
165. Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab
o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan
shaxslarga ruxsat etiladi.
166. Velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning
chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan
yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to‘dasi yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi
kerak.
167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur.
Sutkaning qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun
velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur
qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi
kerak.
Velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan
velosipedchilar sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli
kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
Ushbu nur qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar tomonidan ko‘rinishi
ta’minlanishi kerak.
168. Velosipedchilarga va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish
bundan mustasno);
yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7
yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno);
gabaritidan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit
beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvay harakatlanadigan yo‘llarda va shu yo‘nalishda harakatlanish uchun bo‘lagi bittadan
ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
yo‘lda motoshlemni qadab olmasdan harakatlanish (moped haydovchilari uchun);
yo‘lning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyidan velosipedlarni boshqarib
kesib o‘tish (velosiped yo‘laklarida harakatlanish bundan mustasno).
Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda
foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan


mustasno).
169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida
velosiped va moped haydovchilari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l
berishlari kerak.
Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosipedchi
piyodaga yo‘l berishi kerak.
170. Ot-aravalarda ularni to‘xtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yo‘l
qo‘ymaydigan tirgaklar bo‘lishi kerak.
Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old
tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki
ikkita nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo‘ldan ko‘rinishi cheklangan joylarda yo‘lga
chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo‘yib yubormasligi kerak.
171. Hayvonlarni yo‘lda, asosan sutkaning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar
hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning yo‘l yoqasida olib yurishlari kerak.
172. Hayvonlarni temir yo‘l kesishmalari orqali haydab o‘tishda podachilar sonini hisobga olgan
holda hayvonlar podasi xavf-xatarsiz haydab o‘tilishi ta’minlanadigan to‘dalarga bo‘linishi kerak.
173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab
ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan
joylarda esa sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda haydab o‘tish;
boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;
ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi mintaqa va boshqalar) hayvonlarni
boqish va bog‘lab qo‘yish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə