Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

24-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish
142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport
vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. To‘g‘ri chiziq
bo‘ylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini
shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta’minlaydigan hollar bundan
mustasno.
143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk
avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka
olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport
vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.
144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport
vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa
4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 
177-bandi
 talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:
rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish
bundan mustasno);
ikki va undan ko‘p transport vositalarini;
shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy
uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lsa;
ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan
transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo‘lsa (haqiqiy vazni kam bo‘lgan bunday
transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo‘l
qo‘yiladi);
ikki g‘ildirakli mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.
25-bob. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki
avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.
147. Yo‘llarda transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish faqat amaliy boshqaruvni
o‘rgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘rganuvchiga ruxsat etiladi.
O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


148. Transport vositasini boshqarishni o‘rgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv o‘rgatuvchisida
transport vositasini boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi
transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.
149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati
yakunida:
“A” toifasi uchun — 16 yoshga;
“B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga;
“BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga;
“D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
150. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni
o‘rgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va o‘rgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning
qo‘shimcha tepkilari, orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu hamda ushbu transport vositalarining harakat
yo‘nalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari ushbu Qoidalarning 
183-bandiga
 muvofiq DYHXX bilan
kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə