Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə11/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Islandiya va Irlandiya

Birinchi jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya biti-miga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shimoliy Irlandiyadagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 yil Irlandiya Resggublikasi va Shimoliy Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shimoliy Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 yilda imzolangan bitimga binoan, Shimoliy Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya-1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami-17 mart-Avliyo Patrik kuni. 1991 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenite-tini tan olgan.


2.2. AHOLISI VA MEHNAT RESURESLARI

Davlat tuzumi. Irlandiya-respublika. 1937 yil 29 dekabrda qabul qilingan hamda 1972 va 1999 yillarda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi-prezident (1997 yildan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga binoan prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə