Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə10/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Islandiya va Irlandiya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 3 -rasm

Tabiati Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, janubiy qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Janubi-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiyadagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.

Iqlimi-moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5-8°, iyulniki 14-16°. Yillik yogʻin 700–2000 mm. Irlandiyada daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi-Shannon.

3
-rasm


Irlandiyaning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari.

Aholisi Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili-ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.

Tarixi Irlandiya hududida inson milloddan avvalgi 6ming yillikdan buyon yashaydi. Mil. av. 4-asrda kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-asrda xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795-1014), ingliznormand qoʻshinlari (1169-1171) bir necha bor hujum qildi. 14-17-asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvarda "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə