Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə9/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Islandiya va Irlandiya

Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoʻq. Keyingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega boʻlgan Arktikaga katta eʼtibor berilmoqda. Islandiya mazkur mintaqada atrof-muhitni muhofaza qilish, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga koʻmaklashuvchi Arktika kengashiga aʼzo boʻldi.

Milliy tarkibi deyarli bir xil – aholining toʻqson besh foizini islandlar tashkil etadi. Ular qadimgi skandinav tillaridan kelib chiqqan island tilida soʻzlashadi. Shuningdek, bu yerda dan, norveg, olmon va boshqa xalqlar vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi bir kvadrat kilometrga uch kishidan toʻgʻri keladi. Oltmish foizga yaqin odam mamlakatning janubi-gʻarbida, poytaxt Reykyavik va uning atroflarida qoʻnim topgan. Toʻqson bir foiz aholi shaharlarda yashaydi.

Dindor aholining 92,2 foizi protestanlikning lyuteran yoʻnalishiga mansub. Musulmonlar kam. 2008 yilgi hisob-kitoblarga koʻra, Islandiyada 402 kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Ularning oʻttiz nafari yangi musulmonlar. Islomni asosan musulmon oilalari vakillari va chetdan kelganlar qabul qilgan. Biroq keyingi yillarda musulmonlar soni ortib bormoqda.

1997 yili Islandiya musulmonlari assosiatsiyasiga asos solingan. 2002 yili ana shu tashkilot qoshida masjid ochilgan. Reykyavikdagi ushbu masjidda har kuni oʻrtacha oʻttiz kishi kunduzgi-kechki ibodatlarni ado etadi.















II BOB. IRLANDIYA MAMLAKATINING XO’JALIGIGA QIYOSIY IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
2.1. GEOGRAFIK O`RNI, TABIIY SHAROITI VA FOYDALI QAZILMA BOYLIKLARI.
Irlandiya (irlandcha: Eire, inglizcha: lreland) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya orolda joylashgan davlat. Maydon 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2021). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti-Dublin shahri.
2-rasm

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə