Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Ishning bajarish tartibi: 
 
1.Gidraning tashqi tuzilishini о‘rganish uchun tirik gidralar soat yoki buyum 
oynasiga bir necha tomchi suv qо‘yiladi. Agar buyum shishasida bо‘lsa, uning 
ustini “oyoqchali” qoplag‘ich shishacha bilan yopish kerak. Preparatni 
mikroskopning kichik obyektivi orqali, binokulyar yordamida kuzatiladi va gidra 
tanasining umumiy tasviri chiziladi. 
2. Gidraning oziqlanishini kuzatish uchun soat oynasidagi gidralarga dafniya yoki 
sikloplar suv bilan tomiziladi. Bu qisqichbaqasimonlarni gidralar qanday qilib 
ushlash va yutishini kuzating.
3. Gidra tanasining bо‘yiga va kо‘ndalangiga kesmasi mikropreparatlarini 
mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzatib, ektoderma va 
endoderma hujayralarini farqlang va ular orasidagi tayanch plastinka – 
mezogliyani toping. Bо‘yiga va kо‘ndalang kesimlarini rasmini chizing.
4. Gidra tuban tuzilgan kо‘p hujayrali hayvon ekanligini kо‘rish uchun uning 
tanasini tashkil qiluvchi hujayralarini ajratish kerak. Buning uchun tirik gidrani 
buyum oynasidagi suv tomchisiga о‘tkazib, unga yashil metillning sirka 
kislotasidagi eritmasi yoki 30

li spirtdan 1 – 2 tomchi aralashtiriladi. Biroz vaqt 
о‘tgandan keyin preparatga ustki qolag‘ich oynasi yopiladi va mikroskopda 
kuzatiladi. Bunda bir-birdan ajralgan ektoderma, endoderma va otiluvchi 
hujayralarni kо‘rish mumkin. Otuvchi hujayralarning rasmini chizing. 
Dеngiz gidroid poliplari turkumining vakili - obеliyaning tuzilishini mustaqil 
o’rganing. 
 
Mavzuni mustahkamlash ucun savollar 
1. Kovokichlilarning tuzilishidagi uziga xos belgilari. 
2. Gidrozoylarning gistologik tuzilishini tushuntirib bering. 
3. Gidrozoylarning tuzilishi xususiyatlari, hayot tarzi va ahamiyati. 
4. Gidrozoylarning oziqlanishining о‘ziga xosligi. 
5. Gidrazoylarning kо‘payishining asosiy belgilari. 
 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə